Xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi sattarova Adashoy Amonovna



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə14/19
tarix24.01.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#83101
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Adashoy

3-guruhga

Tarqatma №3

Eng yaqin rivojlanish sohasi nazariyasi

Bu nazariyani rossiyalik psixolog Vigotskiy Lev Semyonovich (1896-1934) ishlab chiqqan.

Bu nazariyaga ko‘ra ta’lim oldinda borishi va bolaning rivojlanishini o‘ziga ergashtirib borishi zarur.

Rivojlanish faqat bola yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirganida hosil bo‘ladi. Lekin uni real hayotdan ajralgan holda emas, o‘zida bor bo‘lgan bilimlar asosida o‘zlashtirishi shart. Bu “eng yaqin rivojlanish sohasi” deb nomlandi va pedagogika hamda psixologiya faniga kirdi.

Eng yaqin rivojlanish sohasi deb L.S.Vigotskiy “etilish jarayonidagi, ertaga yetiladigan, hozir paydo bo‘layotgan holatda bo‘lgan funktsiyalarni, ularni rivojlanish mevasi deb emas, rivojlanish kurtaklari, gullari, ya’ni endigina yetilib kelayotgan funktsiyalar”ni tushuntirgan edi.

O‘quvchi bilan muloqotda uning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda uning eng yaqin rivojlanish sohasi keng bo‘lgan belgilarni topish va asta-sekin yangi bilimlar bilan to‘ldirib borish orqali kutilgan natijaga erishiladi. Bunda bolalarga do‘stlik va o‘zaro hurmatda bo‘lish asosiy shart hisoblanadi.




Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə