«Xalq ta'lmi»,»Boshlanğich ta'lim» jurnallaridan pedogagik mahoratga oid maqolalar tahlili



Yüklə 11,11 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü11,11 Kb.
#157029
«Xalq ta\'lmi»,»Boshlanğich ta\'lim» jurnallaridan pedogagik mahoratka


Mavzu: «Xalq ta'lmi»,»Boshlanğich ta'lim» jurnallaridan pedogagik mahoratga oid maqolalar tahlili.

Ma’rifat gazetasining 2022-yil 12-oktyabr, № 40 (9417) sonida Xalq ta’limi vazirligi Ma’naviyat boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Fozilov, T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori Xolboy Ibrohimovlarning » Axloq normalari qat’iy nazoratda» nomli maqolasi chop etilib, omma e’tiboriga havola etildi.Axloq normalari qat’iy nazoratda mavzusida Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarning bilim olishi bilan Birga tarbiyasi va axloqiga davlat siyosati darajasida e’tibor Qaratilmoqda. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari — mahallalarda profilaktika inspektorlari, ijodiy-madaniy Masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarning birgalikda olib Borayotgan tizimli ishlari ham shu masalaga qaratilgan.Yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va Axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish, yoshlarni axloqiy negizlarni Buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, Zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan Himoya qilish, o‘g‘il-qizlarning huquqiy Ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarziga intilishni Shakllantirish, shuningdek, o‘quvchilar ning Bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish Va sportni ommaviy rivojlantirish uchun Shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Farzand tarbiyani, avvalo, tug‘ilib O‘sgan oilasida oladi. Xalqimizda ko‘p Yillardan buyon yashab kelayotgan naqlni yodga olaylik: “O‘g‘il otadan, qiz Onadan andoza oladi”. Afsuski, bugungi kunda ko‘pchilik ota-onalar ish bilan Band, farzand tarbiyasini ta’lim bilan birga negadir maktabning zimmasiga yuklab Qo‘yishmoq da. Sharq xalqlarida, shu jumladan ta’lim muassasalarida ham ta’lim-tarbiya bilan parallel tarzda olib boriladi. Sinf Rahbar lariga o‘quvchilarning oilaviy sharoiti, fe’l-atvori, xulqini o‘rganish vazifa qilib Topshirilgan O‘smirlarning vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, ularni kasb-hunar va sportga keng jalb etish maqsadida “Besh tashabbus” doirasida turli yo‘nalishlarda maktab to‘garaklari ishlab turibdi. O‘g‘il-qizlar ning kitobxonlik, adabiyot, madaniyat va san’atga bo‘lgan iqtidori va qiziqishini shakllantirish, rivojlantirish maqsadida “Juma – ma’naviyat kunlari” doirasida turli adabiy-badiiy, intellektual, musiqiy tadbirlar doimiy tarzda tashkil etilmoqda. Bu tadbirlar bevosita Respublika Ma’naviAxloq normalari qat’iy nazoratdayat va ma’rifat markazi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘iga asosan “Ichki tartib va odob-axloq qoidalarini Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etish”ning istiqbolli rejasi ishlab chiqildi. Rejaga asosan, Xalq ta’limi vazirligi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”ni ishlab chiqish uchun ko‘rsatma berdi. Mazkur topshiriqqa asosan maktab ta’lim muassasalari ichki odob-axloq qoidalari quyidagicha tartibga solinmoqda:


— o‘quvchilarning maktabga maktab formasida kelishi, jumladan, o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, ochiq, tor va tanani shaffof ko‘rsatuvchi kiyimda kelishi hamda bo‘yni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
— o‘zaro munosabatlarda inson shaxsiyati va qadr-qimmatini kamsitish, haqorat qilish va behayo so‘zlarni ishlatish man etiladi;
qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki ta’lim muassasasining ichki munosabatlariga tegishli, shuningdek, ta’lim muassasasi va o‘qituvchi obro‘sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishi;
— dars jarayonida quloqchinlar orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali suratga olishi;— ta’lim muassasasi kompyuterlarida ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlar, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lmagan turlivideomateriallar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, pornografi k xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlash, saqlash, foydalanish va targ‘ib etish taqiqlanadi;— ta’lim muassasasi hududida har bir o‘quvchi o‘z uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yishi, pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o‘z uyali aloqa vositalari qurilmalarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (“ovozsiz” holatga o‘tkazishi) shart.Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (safl a nish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari) boshlanishidan oldin ta’lim oluv chilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda telefonini sumkasiga solib qo‘yishi shart (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil, 21-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom). Mazkur qoidalardan ko‘zda tutilgan maqsad, yoshlarni axloq norma lariga maktab yoshidan o‘rgatish, ayniqsa, o‘smir yigit-qizlarning ruhiyatini yaqindan o‘r ganish va ular bilan yuzaga keladigan muammolarning oldini olishga qaratiladi. Bugun internet atalmish ma’lumotlar bazasi shiddat bilan ilgarilab borayotir. Bu ta’limga ham, tarbiyaga ham, yashash tarzimiz-u odatlarimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Mazkur tarmoqdan to‘g‘ri foydalanib, ilm-hunar egallash mumkin. Ammo noto‘g‘ri foydalanilsa-chi? Qanday oqibatlarga olib keladi? Shu haqda o‘ylab ko‘rish har bir mas’ulning (ustoz, pedagog, maktab rahbari, ota-onaning) vazifasidir. Vaqtini Bekorchi o‘yinlarga, axloq va tarbiyamizga mos kelmaydigan “TikTok”, “Vine”, “Chellenjlarga” sarfl aydigan yoshlarimizni ham qat’iy nazoratga olishimiz zarur. “Ommaviy madaniyat”ning ildizi, negizida milliy qad riyatlarni unutishga olib keladigan illatlar yotadi. Kattaga hurmat, ota-ona, ustoz va o‘qituvchiga nisbatan munosabatlarda izzat va ikrom bilan munosabatda bo‘lish sharq ruhiyati, qon-qoniga singib ketgan an’ana hisoblanadi. O‘quvchilarga axloqiy bilimlar, avvalo, oilada, unga qo‘shimcha tarzda maktabdagi “Tarbiya darslari”da o‘rgatiladi. Bu bilim va ko‘nikmalar yillar davomida shakllantirib boriladi.Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining yangi ishlab chiqilgan ichki tartib va odob-axloq qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profi laktikasi to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilganligini e’tirof etish mumkin.Xulosa qilib aytganda, xalq ta’limi sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan har bir islohot zamirida, avvalo, ta’lim va tarbiyaning chambarchas olib borilishiga katta e’tibor qaratiladi.
Yüklə 11,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə