«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi


Auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin, biroq moliyaviy hisobot e’lon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan hodisalar



Yüklə 416,46 Kb.
səhifə39/55
tarix30.12.2023
ölçüsü416,46 Kb.
#167167
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi-fayllar.org

Auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin, biroq moliyaviy hisobot e’lon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan hodisalar

Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyin, biroq auditorlik xulosasi imzolangunga qadar yoxud auditorlik xulosasi imzolangandan keyin, biroq tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti e’lon qilinadigan sanagacha yuz bergan hodisa va dalillar, shuningdek moliyaviy hisobot e’lon qilingandan so’ng yuz bergan hodisalar uning mazmuni va to’g’riligiga ta’sir ko’rsatgan taqdirda auditorlik tashkilotining harakatlarini aniqlash muhim hisoblanadi.


«Kelgusi davr moliyaviy ma’lumotlarini o’rganish» nomli 560-son XASda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

    1. moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar (keyingi hodisalar)

- hisobot davri tugagan paytdan boshlab auditorlik xulosasi imzolanadigan sanaga qadar yuz bergan, shuningdek auditorlik xulosasi imzolangandan keyin aniqlangan, tekshirilayotgan hisobot davriga taalluqli bo’lgan va moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishni yoki unda axborotni oshkor etishni talab etadigan hodisalar;




      1. moliyaviy hisobot tuziladigan sana - hisobot davridagi oxirgi kalendar kuni;

v) auditorlik xulosasi imzolanadigan sana - auditorlik xulosasida uni imzolash chog’ida qo’yilgan sana, undan keyin, odatda, auditorlik tekshiruvi bilan bog’liq axboriy materiallarga oid barcha tekshiruvlar to’xtatiladi, bu muddat tugagach, auditorlik xulosasiga birorta ham tuzatish kiritilmaydi.


Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini moliyaviy hisobot tuziladigan sanadan ilgari imzolay olmaydi;
g) moliyaviy hisobot taqdim etiladigan sana - xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini amalda undan foydalanuvchilarga beriladigan yoki bu hisobot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e’lon qilinadigan sana.
Auditorlik xulosasini imzolash chog’ida auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolanadigan sanaga qadar moliyaviy hisobotda aks ettirilishi lozim bo’lgan, moliyaviy hisobotga tuzatish yoki qo’shimchalar kiritishni talab etadigan barcha
hodisalar u tomonidan lozim ravishda aniqlangani, baholangani va tekshirilganiga amin bo’lishi kerak.
Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolanadigan sanaga yaqin qolganda moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishni yoki unda axborotni oshkor etishni talab etadigan hodisalarni aniqlash uchun mo’ljallangan taomillarni bajaradi. Bunday taomillar, odatda, quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati tomonidan belgilangan, keyingi hodisalarni aniqlash imkoniyatini yaratuvchi taomillar sharhi;


  2. hisobot davri tugaganidan keyin o’tkaziladigan aktsiyadorlar yig’ilishi, direktorlar kengashi majlislari va ijroiya organining bayonnomalari bilan tanishib chiqish hamda bayonnomalari hali tayyorlanmagan yig’ilishlarda muhokama qilingan masalalarni oydinlashtirish;


v) pul mablag’lari smetalari, harakat prognozlari va rahbariyatning boshqa tegishli hisobotlari bilan tanishib chiqish;


g) tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt yuridik xizmatining sud muhokamalariga (agar ular o’rinli bo’lsa) taalluqli bo’lgan faoliyati bilan tanishib chiqish;

  1. tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan keyingi hodisalarga taalluqli savollar. Bunday savollar quyidagilarni o’z ichiga oladi:


dastlabki yoki tugallanmagan ma’lumotlar asosida hisobga olingan moddalarning joriy holati;


yangi majburiyatlar qabul qilinganmi, yangi zayomlar olingan yoki ajratilganmi, kafillik shartnomalari tuzilganmi;
aktivlarni sotish amalga oshirilganmi yoki rejalashtirilmoqdami;
yangi aktsiyalar yoki qarz majburiyatlari chiqarilganmi, sub’ektni qo’shib yuborish yoki tugatish to’g’risidagi bitimlar tuzilganmi yoki rejalashtirilmoqdami;
aktivlarni davlat daromadiga qaratish yoki ularning, masalan, yong’in yoki toshqin natijasida nobud bo’lishi holatlari yuz berganmi;
mavjud xatarlar yoki shartli hodisalar bilan bog’liq qandaydir o’zgarishlar yuz berganmi;
onda-sonda qo’llaniladigan qandaydir buxgalteriya tuzatishlari kiritilganmi yoki ko’rib chiqilyaptimi;
moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun foydalaniladigan hisob siyosatining o’rinliligiga shubha tug’diradigan biror-bir hodisalar yuz berganmi yoki yuz berishi mumkinmi.
Agar bo’linmani boshqa auditor auditorlik tekshiruvidan o’tkazayotgan bo’lsa, asosiy auditor boshqa auditor tomonidan bajariladigan keyingi hodisalarga taalluqli bo’lgan taomillarni baholashi, shuningdek boshqa auditorni rejalashtirilayotgan auditorlik xulosasini imzolash sanasi haqida xabardor qilishi lozim.
Agar auditor moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatuvchi hodisalar to’g’risida xabar topsa, u mazkur hodisalarning moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirilishini tekshirishi lozim.
Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik xulosalari imzolangan sanadan keyin yuz bergan hodisalar uchun javobgar bo’lmaydi. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin, biroq moliyaviy hisobot e’lon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatuvchi hodisalar haqida auditorlik tashkilotiga xabar berilishi uchun javobgar bo’ladi.
Agar auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyingi davrda, biroq moliyaviy hisobot e’lon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan hodisalar haqida xabar topsa, u moliyaviy hisobot va auditorlik xulosasiga tuzatish kiritish kerakligini aniqlashi, yuzaga kelgan muammolarni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan muhokama qilishi hamda bunday hodisalar moliyaviy hisobotga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan holatlarda mazkur hisobotga tegishli o’zgartirishlar kiritishni talab qilishi lozim.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati moliyaviy hisobotga o’zgartirish kiritgan bo’lsa, ilgari tayyorlangan auditorlik xulosasiga havolani o’z ichiga olgan
yangi auditorlik xulosasini tayyorlash lozim. Bunda yangi xulosaga o’zgartirilgan moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan oldingi sana qo’yilmasligi kerak.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati auditorlik tashkiloti talab qilayotgan va jiddiy tusdagi tuzatishlar kiritilishini zarur deb topmasa, auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektni mazkur dalil haqida yozma ravishda xabardor qilishi, o’zgartirishlar kiritilmagan taqdirdagi oqibatlar uchun javobgarlikni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yuklashi hamda salbiy auditorlik xulosasi tuzishi kerak.
Agar auditorlik xulosasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt (buyurtmachi)ga berilgan bo’lsa, auditorlik tashkiloti buyurtmachini va (yoki) xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatini sub’ekt moliyaviy hisobotni va unga doir auditorlik xulosasini uchinchi shaxslarga taqdim etmasligi haqida yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Agar moliyaviy hisobot uchinchi shaxslarga berilgan bo’lsa, auditor mazkur uchinchi shaxslar auditorlik xulosasiga tayanmasligi uchun chora ko’rishi kerak.
Moliyaviy hisobot e’lon qilinganidan keyin auditorlik tashkiloti mazkur moliyaviy hisobotga tegishli so’rovlar yo’nalishiga taalluqli hech qanday majburiyatga ega bo’lmaydi.
Agar moliyaviy hisobot e’lon qilinganidan keyin auditorlik tashkiloti tekshirilayotgan hisobot davriga tegishli bo’lgan hamda moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishni va unda axborotlarni oshkor qilishni talab etadigan hodisalar haqida xabar topsa, auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni qayta ko’rib chiqish zarurligi masalasini ko’rib chiqishi, uni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan muhokama qilishi va mazkur holatlarda maqsadga muvofiq bo’lgan chora-tadbirlar ko’rishi lozim.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati moliyaviy hisobotni qayta ko’rib chiqayotgan bo’lsa, auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan birgalikda ilgari taqdim etilgan moliyaviy hisobot bilan auditorlik xulosasini olgan barcha kishilarni yuzaga kelgan vaziyat haqida xabardor qilishga doir tadbirlarni bajarishi hamda qayta ko’rib chiqilgan moliyaviy hisobot bo’yicha yangi auditorlik xulosasini taqdim etishi kerak.
Bunda yangi auditorlik xulosasi ilgari tayyorlangan auditorlik xulosasiga havolani o’z ichiga olishi va qayta ko’rib chiqilgan moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan oldingi sana qo’yilmasligi lozim.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ilgari taqdim etilgan moliyaviy hisobot va auditorlik xulosasini olgan barcha kishilarni yuzaga kelgan vaziyat haqida xabardor qilish uchun zarur chora-tadbirlarni ko’rmayotgan va moliyaviy hisobotni qayta ko’rib chiqmayotgan bo’lsa, auditor uni qayta ko’rib chiqishni zarur deb hisoblagan holda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatini uchinchi shaxslar auditorlik xulosasiga tayanmasliklari uchun auditor chora-tadbirlar ko’rishi to’g’risida xabardor qilishi lozim.
Kelgusi davr uchun moliyaviy hisobotni e’lon qilish sanasi yaqinlashayotgan bo’lsa, yangi hisobotda tegishli axborot oshkor qilinishi sharti bilan, moliyaviy hisobotni qayta ko’rib chiqish va yangi auditorlik xulosasi berishga zarurat tug’ilmasligi mumkin.
Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyin yuz bergan hodisa va dalillarga doir auditorlik tashkilotining barcha harakat va qarorlari majburiy tartibda auditorning ish hujjatlarida aks ettirilishi kerak.


    1. Yüklə 416,46 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə