«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi



Yüklə 416,46 Kb.
səhifə35/55
tarix30.12.2023
ölçüsü416,46 Kb.
#167167
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi-fayllar.org

AT=ABT*NT*AnT

Bu erda:


AT – auditorlik tavakkalchiligi;
ABT – ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik; NT – nazorat tavakkalchiligi;
AnT – aniqlanmaslik tavakkalchiligi.
Ushbu formula auditorlik tavakkalchiligi darajasini aniqlashga xizmat qiladi.
Misol. Auditor auditni rejalashtirish davrida ajratib bo’lmaydigan tavakkalchiligini 70%, ichki nazorat tavakkalchiligini 40%, aniqlanmaslik tavakkalchiligini 12% qilib belgiladi. Shunda auditorlik tavakkalchiligi 3,36% ga(0,7*0,4*0,12) teng ekanligi aniqlandi.
Ko’pgina xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, agarda tavakkalchilik 5%dan oshmasa, uni qabul qilsa bo’ladigan tavakkalchilik deb e’tirof etadilar. Ammo auditor tavakkalchilik darajasining me’yorini ko’pgina omillarni inobatga olgan holda mustaqil o’rnatadi.
    1. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash

Auditor ishi sifatining yaxshi bo’lishi, tekshiruv muddati va audit xarajatlarining kamayshi, avvalo, mijoz korxonaning buxgalteriya hisobi hamda ichki nazorat tizimining samarali ishlashiga bog’liq. Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishida, odatda, mijoz korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimiga baho beriladi. Korxonaning hisob tizimining samaradorligi unda buxgalteriya hisobi tamoyillarining qay darajada amal qilishiga bog’liqdir.


Buxgalteriya hisobi tizimi – dastlabki kuzatuvdan boshlanib, buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash va tuzishgacha bo’lgan jarayonlar bog’liqligidir.
Auditor buxgalteriya hisobi tizimini baholashda yuqorida ko’rsatilgan tamoyillarga korxona qanchalik darajada amal qilayotganligini sinchiklab tekshirishi lozim. Bevosita ana shu tamoyillarga qay darajada amal qilinayotganligini aniqlash orqali auditor korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimiga baho beradi. Bu orqali moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchligiga shubha tug’diruvchi xatolarning vujudga kelish ehtimolini aniqlashga yordam beradi. Bunday baholash orqali auditorlik tekshiruvining muddati, hajmi va ko’lami aniqlanadi.
Ma’lumki, muayyan korxonaning buxgalteriya bo’limining tuzilishi va ish hajmi ana shu korxonaning faoliyat turi, undagi alohida bo’linmalarning faoliyati hamda hisob ishlarining avtomatlashtirilganlik darajasiga bog’liq. Bunga bog’liq ravishda buxgalteriya xodimlari tarkibi va miqdori, buxgalteriya hisobining markazlashishi yoki markazlashmasligi belgilanadi. Har bir buxgalteriya xodimiga muayyan turdagi vazifalar yuklanadi. Buxgalteriya xodimlari o’rtasida mansablarning belgilab berilishi korxona mablag’larining o’g’irlanishi va boshqa har xil suiiste’mollik holatlari bo’lishini ham mumkin.
Auditor bunda, avvalo, buxgalteriya hisobining qay darajada tashkil etilganligini, buxgalteriya xizmatlarining qanday taqsimlanganligini hamda hisob tizimining korxona boshqaruvida qanday ahamiyat kasb etishini sinchiklab tekshirishi lozim.
Auditor buxgalteriya hisobi tizimi samaradorligini baholayotganda hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilayotganligi hamda ularning boshqaruv markazlariga o’z vaqtida taqdim qilinayotganligiga e’tibor qaratishi lozim. Bu jarayonda auditor buxgalteriya xodimlari hamda hujjatlarga imzo chekuvchi boshqa shaxslar (ombor mudiri, kassir va hokazo)ning hujjatlarni o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirayotganligini tekshiradi.
Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobining samaradorligi, avvalo, ularda boshlang’ich hisobning to’g’ri tashkil etilganligiga bog’liq. Boshlang’ich hisob korxonada sodir bo’layotgan muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirishni
hamda yig’ishni o’z ichiga oladi. Shu boisdan ham auditor korxonada birlamchi hujjatlar to’ldirilishida belgilangan talablarga rioya qilinayotganligini, tegishli rekvizitlar to’liq to’ldirilayotganligini tekshiradi. Ko’pincha korxonalarda hujjatlarni to’ldirishda belgilangan rekvizitlar to’lig’icha to’ldirilmaslik holatlari uchrab turadi. Shuningdek, hujjatlarni to’ldirishda xatoliklarga yo’l qo’yiladi. Shu boisdan har bir korxonada hujjatlarning nusxalari hamda ularni to’ldirish tartibi, shuningdek, buxgalterlar uchun me’yoriy va boshqa materiallar bo’lishi lozim.
Buxgalteriya hisobi tizimining samaradorligi hamda ma’lumotlarning o’z vaqtida olinishi hujjatlarning aylanish grafigiga ham bog’liq. Auditor bunday paytda hujjatlar aylanish grafigiga rioya qilinayotganligini tekshirish lozim. Hujjatlar aylanishi grafigi ish o’rinlariga a’lo darajada xizmat ko’rsatishni hamda buxgalteriya hisobi xodimlari ishi sifatini oshirishni ta’minlaydi.
Auditor korxonaning hisob tizimiga baho berayotganida nafaqat uning boshlang’ich hujjatlarining tuzilishiga, balki buxgalteriya hisobi registrlari hamda Bosh daftar yuritilishiga ham e’tibor qaratadi. Auditor buxgalteriya hisobi va Bosh daftarning yuritishiga baho bera turib, korxonada buxgalteriya hisobining qaysi shakli amal qilayotganligini aniqlaydi.
Korxonaning hisob tizimiga baho berishda ushbu korxonada hisobvaraqlar rejasining qay darajada amal qilayotganligiga baho beradi.
Mijozning buxgalteriya hisobi tizimini baholashda auditor korxonada hisob siyosatining to’g’ri tanlanganligiga hamda unga to’g’ri amal qilinayotganligiga alohida ahamiyat qaratadi.



Yüklə 416,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə