Xalqaro baholash dasturlari



Yüklə 106,21 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü106,21 Kb.
#136998
Xalqaro baholash dasturlari-fayllar.org



XALQARO BAHOLASH DASTURLARI.
Reja:
1.Xalqaro baholash dasturlarini va ularning ahamiyati.
2. PISA, PIRLS, TIMSS vа TALIS xalqaro dasturlari haqida ma’lumot.
Tayanch tushunchalar: Xalqaro baholash , xalqaro dastur,ta’lim sifatini baholash, PISA, birlik, 
klaster, testlet va buklet, xalqaro monitoring
Mamlakatimiz innovastion taraqqiyot yo’lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda 
kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarni ijodiy g’oyalari va ijodkorligini har tomonlama 
qo’llab-quvvatlash, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida 
shakllantirish hamda ilg’or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini 
takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli farmoni bilan 
tasdiqlangan “2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” doirasida O’zbekistonda ta’lim sifatini baholashda 
yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga 
asoslangan tizim shakllantirilmoqda.
Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tajribalarni o’rganish, mavjud tizimni har tomonlama 
qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-
tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro 
loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini 
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq 
ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspekstiyasi qoshida “Ta’lim sifatini baholash 
bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” tashkil etildi.
O’z navbatida, “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy 
markazi”ga ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishidagi fanlardan savodxonlik 
darajasini rivojlantirishning innovastion metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga 
yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish, ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni 
o’rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish kabi vazifalar yuklatildi.
Shu bilan bir qatorda, Milliy markaz direktori – Xalqaro tadqiqotlarning milliy loyiha menejeri 
hisoblanib, xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O’zbekiston 
Respublikasining vakili sifatida ishtirok etishi belgilab qo’yildi.
Mazkur vazifalarning amaliy ifodasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspekstiyasi bilan Xalqaro hamkorlik va 
taraqqiyot tashkiloti o’rtasida o’quvchilar savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro dasturda 
(Agreement for participation programme for international student assessment - PISA 2021) 
ishtirok etish to’g’risidagi kelishuvga erishildi.
PISA (Programme for International Student Assessment) – o’quvchilarning savodxonligini 
baholash bo’yicha xalqaro tadqiqot dasturi bo’lib, dasturning asosiy maqsadi 15 yoshli o’quvchi 
yoshlarning o’qish, (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik 
darajalarini hamda ijodiy fikrlash ko’nikmalarini turli xil testlar yordamida baholashdan 
iboratdir. Ushbu loyihalar o’quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, egallagan bilimlarini 
hayotda qo’llay olish layoqatiga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni shakllantirishga 
xizmat qiladi.
Har uch yilda amalga oshiriladigan PISA dasturi mamlakatlarga ta’lim tizimining yutuq va 


kamchiliklari yuzasidan o’z vaqtida axborot berish, tegishli dasturlarning ta’sirini tahlil qilish 
imkoniyatini yaratib, ta’lim siyosati sohasida qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlaydi.
Ta’lim sifatini baholashga yo’naltirilgan PISA kabi xalqaro tadqiqotlar O’zbekiston ta’lim 
tizimida ilk marta o’tkazilayotganligi sababli ularni to’g’ri, samarali va ob’ektiv o’tkazish 
muhim ahamiyat kasb etadi.
PISA–o’quvchilarning o’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan bilim 
darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo’lib, o’quvchilarning maktab 
davrida orttirgan bilim va ko’nikmalarini aniqlashga mo’ljallangan.
PISA xalqaro baholash dasturi shuningdek, o’quvchilar munosabati va motivastiyasi haqida 
qimmatli ma’lumotlar to’playdi, o’quvchilarda muammoni hal qila olish kabi ko’nikmalarni ham 
baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o’quvchi-yoshlarning fikr- 
mulohazalari, ular bergan taklif va echimlarni baholaydi.
PISA–xalqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari o’quv dasturlarida 
mavjud bo’lgan talablar doirasida o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarni qo’llash, fikrlash va 
muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi.
PISA hech qanday o’quv dasturini belgilamaydi yoki targ’ib qilmaydi yoki umumiy e’tirof 
etishni taqozo etmaydi.
Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, o’quvchilarda tabiiy fanlardan 
o’zlashtirilgan bilim va ko’nikma darajalari shakllanishi, mustahkamlanishi davlatlarning 
kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e’tirof etadi.
PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur, PISA (inglizcha - 
Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning 
savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash 
qobiliyatini baholovchi dastur. PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki 
mahsulot (YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi.
PISA-ni so’ngi yillardagi vazifalarining asosiy jihati nimalardan iborat?
Bu proektda test sinovlari o’quvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi, bunda o’quvchining bilimlari 
asosiy o’rin tutmaydi, faqatgina bolaning ongini ishlatishni talab qiladi.
PISA- ning interaktiv vazifalari nimadan iborat:
2012 yilda birinchi marotoba ommaviy test sinovlari ishtirokchilariga maxsus turdagi vazifalar, 
ya’ni interaktiv turdagi vazifalar kiritilishi taklif qilingan. Interaktiv - o’quvchidan yangi qiyin 
sistemani oldindan xususiyatini bilmay turib mustaqil tadqiqot qilishni talab qiladi, tizim bilan 
bevosita amaliy hamkorlik orqali gipotezalarni (xayoliy) o’rtaga tashlaydi, ularni eksprimental 
tarzda sinab, ob’ektni tekshirihsga harakat qiladi.
PISA –bu eng katta Xalqaro o'quvchilar bilimining tadqiqot qilish programmasi .
PISA- natijalari butun dunyo yoshlarining qanday bilim va ko'nikmalarga ega ekanligini 
ko'rsatadi.
Umumta'lim fanlari bo'yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o'quv topshiriqlarini 
ishlab chiqishda xalqaro tajribadan foydalanish,
Timss (Trends in Mathematics and Science Study) – matematik va tabiiy-ilmiy ta'lim sifatini 
tadqiqot etadigan xalqaro monitoringdan iborat. Unda 4-, 8-, 11- sinf o'quvchilari ishtirok 
etadilar. 1995 y., 1999 y., 2003 y., 2007 y., 2008., 2011 y., 2015 yillarda o'tkazilgan. 2008 yilda 
Timss Advanced monitoring tadqiqotlari matematika va fizikani chuqur o'rganadigan 
maktablarning o'quvchilari o'rtasida o'tkazgan. Bu ikki predmet o'sib kelayotgan avlodning yangi 
texnologiyalardan foydalanish va takomillashtirish qobiliyatlarini hamda mamlakatning 
intellektual potensialini baholashda ustuvor soha hisoblanadi.
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) - matnni o'qish va tushunish sifatini 
o'rganish deb nomlangan xalqaro loyiha bo'lib, unda 4-sinf o'quvchilari ishtirok etadi. 2001 y., 
2006 y., 2011 y., 2016 yillarda o'tkazilgan.
-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini 
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2018 yil 8 
dekabrdagi 997-son qarori talablaridan kelib chiqadigan vazifalarimiz, PISA tadqiqotlarini 


amalga oshirish bo’yicha texnik talablar, unga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish tartibi haqida 
ma’lumot berib o’tamiz
-PISA 1990 yillar oxirida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan 
muntazam ravishda xalqaro qiyosiy tadqiqotlar olib borish maqsadida ishlab chiqilgan bo’lib, u 
IHTTga a’zo mamlakatlarda 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy fanlar 
bo’yicha savodxonlik darajasini baholashning yuqori sifatli indikatorlarini yaratish uchun 
mo’ljallangan loyihadir.
-PISA, IHTTga a’zolik maqomiga ega bo’lgan davlatlar, ya’ni IHTTga a’zo, hamkor va 
ishtirokchi davlatlar bilan birgalikda hamda Parij shahrida joylashgan kotibiyat orqali 
boshqariladi
PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko’rish, amalga oshirish muddati 5 yilga mo’ljallangan bo’lib, 
xalqaro pudratchilar tomonidan
2018 yilda sinov materiallari ishlab chiqildi, 2019 yil sinov materiallarini moslashtirish ishlari 
olib boriladi, unga tayyorgarlik holatini tahlil qilish maqsadida milliy darajada baholashlar, 2020 
yil PISA sinov baholashlari va 2021 yilda asosiy baholash tadqiqotlari bo’lib o’tishi belgilangan. 
Mazkur yillardagi olingan tahlillar natijalari 2022 yilda yakunlanadi va xalqaro hisobotlar 
tayyorlanadi.
-Umumiy o’rta ta’lim maktablari xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik darajasini o’rganish va 
amaliy tavsiyalar berish maqsadida, (Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni 
amalga oshirish milliy markazi) Milliy markaz va xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorligida 2019 
yil davomida xalqaro tadqiqotlarga mos, o’quvchilarning ijodiy fikrlash salohiyatlarini 
aniqlashga qaratilgan sinov materiallari bazasini shakllantirish va Respublikamiz hududlaridagi 
maktablarda tayyorgarlik sinovlarini o’tkazish rejalashtirilmoqda. Mazkur sinovlar 
kamchiliklarimizni tahlil qilish va ularni yaxshilash bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish 
imkonini beradi.
PISA tadqiqoti - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti IHTT(OECD – Organisation for 
Economic Co-operation and Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi.
Tadqiqot ilk bor 2000 yilda o’tkazilgan bo’lib, har uch yilda bir marotaba o’tkazib boriladi. 
Navbatdagi tadqiqotlar 2021 yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan.
PISA tadqiqoti o’ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:
ta’lim sohasidagi eng yirik, keng ko’lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi;
tadqiqotda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 15 yoshli o’quvchilar ishtirok 
etadi;
tadqiqotda o’quvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, ya’ni ularning maktabda egallagan 
bilim va ko’nikmalarini hayot qo’llay olish layoqati baholanadi;
tadqiqotda o’quvchilarning matematika, o’qish (matnni tushunish), tabiiy yo’nalishdagi fanlar va 
global muammolarni hal etish sohasidagi funkstional savodxonligi baholanadi;
tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o’ziga xosligi bo’yicha ma’lumot olish 
imkonini beradigan kontekst axborot to’planadi.
O’zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi uchun quyidagilar muhim ahamiyatga ega:
O’zbekistonda umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim olishni davom ettirishga qay 
darajada tayyorligini aniqlash;
mamlakatdagi umumiy o’rta ta’limni takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash;
o’quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari 
haqidagi qiyosiy ma’lumotlarni olish.
PISA tadqiqoti haqida qo’shimcha ma’lumotlarni O’zbekistonda mazkur tadqiqotni o’tkazishga 
mas’ul hisoblangan Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish 
milliy markazining rasmiy veb-sayti (markaz.tdi.uz)va IHTT www.oecd.org/pisa)dan olish 
mumkin.


Nima uchun PISA tadqiqotlari har uch yilda bir marotaba o’tkaziladi va nega aynan 15 yoshli 
o’quvchilarning bilim darajalari aniqlanadi?
PISAning asosiy vazifasi – mamlakatlarni ta’lim siyosatiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash va 
qarorlar qabul qilishda ularni qo’llab- quvvatlashdan iborat.
Tadqiqotning har uch yilda o’tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlarni va tegishli 
dasturlarning ta’sirini hisobga olish uchun ma’lumot va tahlillarni o’z ichiga olgan holda, o’z 
vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratib beradi.
Agar tadqiqotni o’tkazish davriyligi qisqa muddatda amalga oshirilsa, o’zgarishlar va 
yangilanishlar uchun etarli vaqt hamda kerakli ma’lumotlarni to’play olmaslik muammosini 
vujudga keltiradi.
Tadqiqot doirasi 15 yoshli o’quvchi yoshlar orasida o’tkazilishiga asosiy sabab aksariyat 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) a’zo davlatlarda ushbu yosh majburiy 
ta’lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi.
PISA dasturining o’ziga xosligi. PISA xalqaro baholash dasturi butun dunyoda keng qamrovli va 
muntazam ravishda o’tkazib kelinayotgan dastur sifatida o’ziga xos ahamiyatga ega.
PISA xalqaro baholash dasturida qariyib 80dan ortiq davlatlar ishtirok etishgan. Tadqiqotni har 
uch yilda bir marotaba o’tkazilishi esa, davlatlarga o’z ta’lim tizimida kelajakda erishish ko’zda 
tutilgan asosiy maqsadlarni aniqlab olish imkoniyatini yaratib beradi.
Shuningdek, dastur 15 yoshdagi o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash bo’yicha 
yagona xalqaro baholash loyihasi hisoblanadi.
Dasturda quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
Davlat siyosati masalalari:“Maktablar o’quvchi yoshlarni katta hayot yo’liga o’tishiga munosib 
ravishda tayyorlay olishyaptimi?, “Ayrim turdagi o’quv dasturlari boshqalariga nisbatan 
samaraliroqmi?”,“Maktablar muhojirlar yoki og’ir ijtimoiy sharoitga ega o’quvchilar kelajagini 
yaxshilanishiga yordam beradimi?”kabi ba’zi bir savollarga javob topishdan iboratdir.
Savodxonlik: PISA muayyan maktab o’quv dasturlarining ustunligini o’rganish o’rniga, 
o’quvchilarning asosiy mavzularda bilim va ko’nikmalarini qo’llay olish qobiliyati, 
muammolarni tahlil qilish, sharhlash va samarali hal qilish, fikrlash, muloqot qilish 
imkoniyatlarini ko’rib chiqadi.
Hayot davomida o’rganish: O’quvchilar maktabda o’rganishi lozim bo’lgan hamma narsani 
to’liq o’zlashtira olmaydi. Samarali o’rganuvchi bo’lish uchun nafaqat bilim va ko’nikmalarni, 
balki ular qanday hamda nima uchun o’rganilishi haqida xabardor bo’lishi lozim. PISA 
o’quvchilarning o’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan 
savodxonligini oshirish bilan bir qatorda o’quvchilarning ta’lim olishga qiziqishi, o’zlari haqida 
ma’lumotlar hamda ta’lim strategiyasi haqida fikrlarini so’raydi.
PISA va TIMSS o’rtasidagi asosiy farq. PISA va TIMSS dasturlarining asosiy farqi eng avvalo 
ularning turli xil yosh va sinflar toifasida o’tkazilishidan iboratdir. Masalan, PISA 15 yoshli 
o’quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo’lsa, TIMSS esa muayyan yoshdagi 
o’quvchilarning emas, balki to’rtinchi va sakkizinchi sinf o’quvchilarining bilim va 
ko’nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga, TIMSS baholashlari o’quv dasturlariga asoslangan 
bo’lsa, PISA esa, o’quvchilar egallagan bilim va ko’nikmalarini real muammolarni hal qila 
olishlarini baholashga qaratiladi. TIMSS aynan maktab bilimlarni o’zlashtirish darajalarini 
baholasa, PISA bilim va ko’nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo’llay olish 
darajalariga alohida e’tibor qaratadi.
PISAni boshqarish
PISA boshqaruvi. PISA dasturining faoliyati PISA boshqaruv kengashi qarori asosida, loyihada 
ishtirok etayotgan davlatlarning ta’lim sohasidagi boshqaruv organlari mas’ulligida ishlab 
chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan dastur asosida tashkil etiladi.
Kengash tarkibiga barcha IHTTga a’zo davlatlar, shuningdek sherikchilik maqomidagi hamkor 
davlatlar kiradilar. Bugungi kunda sherikchilik maqomga faqatgina Braziliya sazovordir. 
Davlatlar Kengashga o’zlarining ta’lim siyosati va amaliyoti hamda o’quvchilarni baholash 
borasida yuqori ilmga ega bo’lganlarni vakillikka tavsiya etadi. Kengash tarkibi hukumatning 


rasmiylari va ilmiy-pedagog, tadqiqot xodimlari hamda akademik institutlardan tashkil topgan.
Kengash PISA uchun siyosatning ustuvor yo’nalishlarini belgilaydi va amalga oshirish 
jarayonida ushbu ustuvorliklarga rioya etilishini nazorat qiladi.
Bu faoliyat ma’lumotlar tayyorlash, tahlil qilish va hisobot berishning ustuvor yo’nalishlari, 
standartlarini belgilash, shuningdek, PISAni amalga oshirish uchun asos bo’ladigan ish hajmini 
aniqlashni o’z ichiga oladi.
PISAning texnik to’g’riligini ta’minlash maqsadida o’zida namunalashtirish, so’rovnomalar 
tuzish, o’lchash va tahlil qilish kabi PISA tadqiqot usullarini qo’llab-quvvatlaydigan dunyoga 
mashhur ekspert va mutaxassislar jalb qilingan. Bu texnik maslahat guruhi(TMG) Iqtisodiy 
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan tayinlangan. Texnik maslahat guruhi muntazam 
ravishda PISA ma’lumotlarda o’zga mamlakatlarning natijalari va PISA usullariga 
ma’lumotlarning ishonchliligi va xalqaro miqyosda taqqoslanishiga oid qarorlar qabul qilinishida 
ishtirok etadi.
PISA boshqaruvi kengashi. Boshqaruv kengashi IHTT va PISA a’zolari vakillaridan iborat. 
PISAda rasmiy ishtirokchi maqomiga ega bo’lmagan, lekin qatnashadigan mamlakatlar PISA 
yig’ilishlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin. Kengashdagi mamlakatlar vakillari 
ularning ta’lim vazirliklari tomonidan, kengash raisi esa PISA boshqaruvi kengashi tomonidan 
tanlab olinadi. IHTTning ta’lim maqsadlari asosida boshqaruv kengashi PISA uchun ustuvor 
yo’nalishlarni belgilaydi hamda ularning har birlari PISA tadqiqotlarini amalga oshirish 
davomida o’zaro hurmat ruhida va vijdonan yondashuvlariga e’tibor qaratadi.
IHTT kotibiyati. IHTTkotibiyati PISA tadqiqotini amalga oshirilishi hamda uzluksiz boshqaruv 
jarayonini tashkil etish uchun mas’ul hisoblanadi. Bunda PISA jamoasi so’rovnomalarni amalga 
oshirilishini nazorat qiladi, PISA boshqaruv kengashinomidan ma’muriy jarayonlarni 
boshqaradi, mamlakatlar o’rtasida xalqaro kelishuvlar o’rnatadi va PISA boshqaruvi kengashi 
hamda PISA konsorstiumi o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradi.
PISA Milliy loyiha boshqaruvi menejerlari. IHTT kotibiyati, PISA boshqaruv kengashi va 
xalqaro pudratchilar hamda Milliy loyiha menejerlari bilan ish faoliyatlarini olib boradi. PISA 
milliy loyiha menejerlari mamlakatlarning o’z hukumatlari tomonidan tayinlanadi.
Xalqaro tashkilotchilar (“PISA konsorstiumi”): Har bir PISA so’roviga ko’ra, xalqaro 
tashkilotchilar (odatda sinov va baholash organlaridan iborat) test-so’rovlarni loyihalashtirish va 
amalga oshirish uchun javob beradi.
Tashkilotchilar PISA boshqaruv kengashi tomonidan xalqaro tender tanlovi orqali tanlanadi. 
Pudratchi odatda PISA Konsorstiumi (tadbirkorlarning yirik operastiyalarini birgalikda amalga 
oshirish maqsadida birlashishi) deb nomlanadi.
Ta’lim organlari. PISA xalqaro baholash dasturini amalga oshirish ishtirokchi davlatlar va ta’lim 
vazirliklari ko’magisiz va ularning qo’llab- quvvatlashisiz amalga oshirishning imkoni yo’q.
PISA fanlar bo’yicha ekspert guruhlari. PISA mavzuga oid masalalar bo’yicha ekspert 
guruhlariga ega bo’lib, ular sinovlarning uchta asosiy yo’nalishlari - o’qish, matematika va tabiiy 
fanlar savodxonligi, shuningdek, zarur bo’lgan hollarda boshqa fan masalalari bo’yicha 
vakolatlarga ega. Ushbu guruhlar har bir soha bo’yicha malakali ekspertlardan tashkil topgan. 
Ular har bir PISA test-so’rovining nazariy asoslarini yaratadi.
PISA so’rovnomasi bo’yicha ekspertlar guruhi. Test-so’rovi bo’yicha ekspertlar guruhi PISA 
kontekstiga oid so’rovnomalar tuzishda etakchilik qilishi va metodik yordam berishi nazarda 
tutilgan. Test-so’rovi bo’yicha mutaxassislar guruhining a’zolari PISA boshqaruv kengashi 
tomonidan tanlanadi.
PISA tadqiqotlarini amalga oshirishning moliyaviy manbai. PISA unda ishtirok etayotgan 
davlatlarning badallari hisobidan moliyalashtiriladi.
Tadqiqotni o’tkazish jarayoni
Barcha o’quvchilar uchun bir xil test savollari berilmaydi. PISA tadqiqotlarida qo’llaniladigan 
test savollari odatda mamlakat ta’lim tizimi samaradorligini baholash uchun ishlab chiqiladi. 
Tadqiqot savollari o’quvchilarni individual baholash uchun mo’ljallanmagan. Shu sababli, har 
bir o’quvchiga bir xil namunadagi savollar to’plami tarqatilishi talab etilmaydi. Shunday qilib, 


PISA test materiallari to’plami testda qatnashgan o’quvchilar orasida tasodifiy tanlov tarzida 
taqsimlanadi.
PISA - 2015 tadqiqoti kompyuter tizimidan foydalangan holda o’tkazildi. Buning o’ziga xos 
ahamiyati: Kompyuter va kompyuter texnologiyalari kundalik hayotimizning bir qismiga aylanib 
ulgurgan. PISA xalqaro baholash dasturini kompyuterda o’tkazish an’anasi ham ijobiy ma’noda 
yaxshi yo’lga qo’yilgan.
2015 yilda PISA xalqaro baholash dasturida qatnashish istagini bildirgan ko’plab davlatlarda ilk 
marta kompyuter yordamida test jarayonlari o’tkazilgan. Faqat kompyuterda o’tkazishga tayyor 
bo’lmagan ayrim davlatlardagina test sinovlari qog’oz ko’rinishida o’tkazilgan.
Mamlakatlarda PISA tadqiqotlarida ishtirok etish uchun maktablar qanday tanlab olinadi? PISA 
tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablarni tanlab olish uchun qat’iy texnik standartlarni qo’llaydi. 
Maktablarni tanlab olish jarayoni sifati ta’minlanadi va erishilgan namunalar va tegishli javob 
stavkalari belgilangan normalarga rioya qilganligini tasdiqlaydigan qaror qabul qilish jarayoniga 
bog’liq.
Agar biron-bir davlatning javob darajasi belgilangan chegaradan pastga tushsa, bu xabar qilinadi. 
IHTT ma’lumotlar anomaliyasiga qanday e’tibor beradi? Quyida ba’zi bir davlatlarning PISA 
tadqiqotlari konsorstiumi texnik talablariga javob bermagan yoki to’g’ri kelmagan vaziyatlarda 
IHTT tashkiloti ba’zi bir davlatlarning milliy ma’lumotlar hisobotlarini hisobga olishmaganini 
ko’rishimiz mumkin:
Avstriya. PISA-2000 Texnik Ma’ruza (IHTT, 2002)da ta’kidlanganidek, PISA-2000 baholash 
texnik standartlari talablariga muvofiq qo’shma maktab va kasbiy dasturlarga kiritilgan 
o’quvchilar etarlicha ta’minlamadi. Shunday qilib, Avstriya uchun chop etilgan PISA-2000 
hisobotlari noto’g’ri ma’lumotlar bazasi deya ta’riflandi (IHTT 2001). Faqatgina, ushbu 
xatolikni PISA-2003 tadqiqotida to’g’rilashga erishildi.
Niderlandiya. PISA-2000 Texnik Xabarnomasi (IHTT, 2002)da ta’kidlanganidek, Niderlandiya 
maktablarning javob darajasi PISA-2000 ma’lumotlar bazasiga kiritilishi uchun etarli emas deb 
topilgan. Shuning uchun, Niderlandiya PISA-2000 bilan bog’liq tadqiqotlardan chetlashtirildi.
Lyuksemburg. PISA-2000 va PISA-2003 o’rtasidagi test topshiriqlari sharoitida Iqtisodiy 
standartlarga muvofiqlikni takomillashtirish va maktab tizimining milliy xususiyatlarini 
yaxshiroq aks ettirish maqsadida tashkiliy va lingvistik jihatlar bo’yicha o’zgarishlar amalga 
oshirildi.
PISA-2000 yilda Lyuksemburg o’quvchilarigabaholash kitobi har bir o’quvchi tanlagan sinov 
tillarida baholashdan bir hafta oldin berildi.
Biroq, amalda baholash tili bilan tanishish Lyuksemburgdagi PISA- 2000da o’quvchilarining 
sezilarli qismi uchun muhim to’siq bo’ldi. PISA-2003 va PISA-2006da shuning uchun 
o’quvchilarga ikki tillik baholash varaqchasi berildi. O’quvchilar baholashdan oldin o’zlari 
uchun maqbul til tanlash imkoniyatiga ega bo’lishdi.
Bu faqatgina bir tilda o’qitiladigan davlatlar bilan ko’proq taqqoslanishiga hamda natijada 
o’qish, matematika, tabiiy fanlar va muammoni hal qilishda o’quvchilarning ko’rsatkichini 
adolatliroq baholashga olib keldi. Jarayonlardagi bu o’zgarish natijasida PISA-2000 va PISA-
2003 o’rtasidagi Lyuksemburg uchun baholash jarayonlari hamda baholash natijalarini taqqoslab 
bo’lmaydi. PISA-2003 va PISA-2006 o’rtasidagi baholash holatlari o’zgartirilmaganligi sababli 
taqqoslansa bo’ladi.
Amerika Qo’shma Shtatlari. PISA-2006 tadqiqot doirasida AQShda PISA tadqiqoti savollarini 
nashr etishda xatolik mavjud bo’lib, natijada sahifalar raqamlari o’zgarishiga va o’qish 
savodxonligi bo’yicha ham qo’llanmalarni noto’g’ri talqin etilishi holatlari kuzatilgan hamda 
o’quvchilarda test savollariga javob berishda noqulayliklarni keltirib chiqargan.
Tadqiqot natijalari
PISA tadqiqoti natijalari ochiq ma’lumot hisoblanadimi? PISA tadqiqotlari natijalari onlayn 
tarzda mavjud. Avvalgi davrlarda olingan natijalarni veb-saytning “Asosiy natijalar” ruknidan va 
natijalar bo’yicha barcha ma’lumotlarni “Ma’lumotlar” ruknidan topish mumkin.
Sinov natijalari ballari nimani anglatadi? PISA ballari PISA tomonidan sinovdan o’tkazilgan 


umumiy vakolatlarni ko’rsatish uchun mo’ljallangan har bir fan doirasida ishlab chiqilgan 
ma’lum miqyoslarda joylashtirilishi mumkin.
Bu o’lchovlar PISA test savollarini guruhlarda ifodalovchi ikki darajaga bo’linadi: 1-daraja 
bosqichida faqatgina asosiy ko’nikmalardan murakkabgacha va har bir bosqichda qiyinchilik 
darajasiga qarab o’sib boradi. Testda o’quvchilarning natijasi tekshirilganda uning o’qish 
(matnni tushunish),
matematika va tabiiy fanlar bo’yicha olgan natijasi mos o’lchovga joylashadi. Misol uchun, 
PISA testida eng oddiy savollarni to’g’ri to’ldirish uchun zarur bo’lgan mahoratga ega 
bo’lmagan talaba 1-darajali sinfga kiradi, biroq o’quvchilarning ushbu ko’nikmalari yuqori 
darajada bo’lishi kerak. Har bir fan bo’yicha testda ishtirok etayotgan mamlakatning bali o’sha 
mamlakatdagi barcha o’quvchilarning o’rtacha ballaridan iborat bo’ladi.
Har bir fan testida davlatlardan qatnashayotgan o’quvchini baholash o’sha davlatning barcha 
o’quvchilar balining o’rtachasini bildiradi. Mamlakatlarning o’rtacha bali 500 ballni tashkil etadi 
va standart og’ish esa 100 ballni tashkil etadi. IHTT davlatlari o’quvchilarining taxminan uchdan 
ikki qismi 400 dan 600 gacha ball to’plagan.
Ishtirokchi mamlakatlar PISA reytingida qanday baholanadi?
PISAo’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlar bo’yicha natijalarga ko’ra 
ishtirokchi mamlakatlarni baholaydi. PISA barcha fanlarga umumiy ball bermaydi, aksincha, u 
har bir fan sohasi uchun baho beradi va har bir hudud uchun o’rtacha ball darajasini belgilaydi. 
Biroq, har bir mamlakatga har bir fan bo’yicha aniq bir daraja berish mumkin emas.
PISA testlari va natijalarining ishonchliligini ta’minlash uchun qanday qadamlar qo’yiladi? 
PISAning shaffofliligiga ishonish, faqat vaqt o’tishi bilan rivojlanib, bundan keyin ham davom 
etadigan statistik model haqida emas, balki, tadqiqotni loyihalashtirish, amalga oshirish va tahlil 
qilishning barcha texnik jihatlariga tatbiq etiladigan qat’iylik asosida amalga oshiriladi. Xususan, 
testlarni ishlab chiqishda, baholashning ishonchliligi ularni ishlab chiqish, tanqid qilish, tahlil 
qilish, ko’rib chiqish va tanlashda qo’llaniladigan tartiblarning qat’iyligi bilan bog’liq.
Ekspertlar uchun bu masala yuzasidan barcha jihatlarni hisobga olinganligini ta’minlash va 
ushbu jihatlarga etarlicha mos muvozanatda bo’lgan test materiallari to’plamini tanlab olishda 
ekspert fikrini berishdan iborat. PISAda bu ish xalqaro ekspertlardan tashkil topgan maslahat 
guruhlari bilan ishlaydigan baholash mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu 
materialni tanlash jarayonida ishtirok etuvchi mamlakatlar va iqtisodchilar ham muhim rol 
o’ynaydi.
O’quvchilar PISA dasturida yolg’on ishlatishlari mumkinmi? PISA- dunyodagi eng ilg’or 
xalqaro, yuqori sifatli va yuqori samarali ta’limni baholash dasturi hisoblanadi va shuning uchun 
PISA ma’lumotlarining 100% to’g’ri va haqiqiy ekanligi juda muhimdir.
Shu maqsadda, IHTT o’quvchining qobiliyatlarini, o’zi haqidagi ma’lumotlar va faoliyatini aniq 
aks ettirishi hamda har qanday aldov shakllarini ishlatmasligi uchun barcha darajalarda juda 
qattiq shartlarni qo’llaydi. Ushbu ishonch IHTT va har bir davlat o’rtasida ishtirok etish shartlari 
talablariga rozilik bilan mustahkamlanadi. Rozilik shartnomasining 4-moddasi davlatlardan 
sinov materiallari xavfsizligini nazorat qilish va baholashni xavfsiz boshqarish kabilarni o’z 
ichiga olgan PISA uchun keng qamrovli texnik standartlarni talab qiladi.
Ushbu talablar keyinchalik “PISA-Harakatlar qo’llanmasi”, “Maktab koordinatorlari 
qo’llanmasi” va “Test ma’muriyati qo’llanmasi” orqali takomillashtiriladi. Ushbu qo’llanmalar 
barcha test materiallarini xavfsiz tarzda qabul qilish, ularni saqlash hamda test o’tkazish 
jarayonini xavfsiz boshqarish uchun aniq ko’rsatmalarga ega. Tasdiqlangan loyiha xodimlaridan 
boshqa hech kim PISA xavfsizligiga oid ma’lumotlar va foydalanish ta’qiqlangan materiallardan 
foydalana olmaydi. Tasdiqlangan loyiha xodimlari uchun rasmiy konfidenstiallik qoidalari 
mavjud.
Nima uchun Xitoy Xalq Respublikasining barcha a’zolari PISAda ishtirok etmaydilar? So’nggi 
yillarda milliy vazirlik PISA dasturini Xitoyning bir necha viloyatlarida to’liqroq ishtirok etishga 
tayyorlash maqsadida sinovlarni o’tkazmoqda. Shanxay PISA-2009dan buyon ishtirok etib 
keladi. Pekin hamda Stzyansu va Guandun provinstiyalari esa PISA-2015 tadqiqotlarida ishtirok 


etdi.
PISA tadqiqoti darslari mamlakatlarning ta’lim tizimi rivoji uchun qanday yordam bergan? 
PISAda ishtirok etgan mamlakatlar bo’yicha IHTTning 2012 yilgi so’rovnomasida 
respondentlarning aksariyati yuqori darajadagi davlatlar yoki rivojlanayotgan tizimlarning ta’lim 
siyosati o’zlarining faoliyatini amalga oshirish jarayonlarida samarali ta’sir ko’rsatganini 
ta’kidladilar.
Yana ko’plab mamlakatlar PISA milliy yoki federal baholash strategiyasining yangi tarkibiy 
qismlarining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatganini aytib o’tishadi. Dasturlarni o’rnatish va 
standartlarga nisbatan ko’plab mamlakatlar PISA tizimining ta’sirini quyidagilarga qaratdi: 
milliy o’quv dasturlarini PISA me’yorlari va baholashlari bilan taqqoslash; milliy standartlarni 
shakllantirish; ularning ta’lim tizimiga ta’siri; PISAga o’xshash vakolatlarni o’quv dasturlariga 
kiritish; milliy talablarga javob beruvchi standartlarni belgilashga qaratilgan.
PISA-2015 tadqiqot doirasida o’quvchilar bilimini baholash inson resurslaridan foydalanmagan 
holda kompyuterga asoslangan baholash tizimi asosida amalga oshirildi. Bu esa o’z navbatida, 
o’quvchilarning qobiliyatlarini izchillik bilan aniqlash imkonini berdi. Xususan, o’quvchilarning 
turli guruhlar bilan hamkorlikda ishlashi ishonchli tarzda taqqoslanishi mumkin. 
http://fayllar.org 

Yüklə 106,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə