Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə125/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI

Qisqartmalar.

143

ASLI

O‘ZBEKCHA

MA’NOSI

w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .

CIPM

O‘TXQ

O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi.

CGPM

O‘TXK

O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi.

BIPM

O‘TXI

O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi.

CR

RA

Comptes Rendus – O‘TXQning Rasmiy Axborotnomasi

IUPAP

XANFI

Xalqaro Amaliy va Nazariy Fizika Ittifoqi

IUPAC

XANKI

Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo Ittifoqi

ISO

XST

Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti

STKQ*

CCDS*

Soniyani Aniqlash Tashkiliy Qo‘mitasi

WHT

JSST

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti

OIML

XQMT

Xalqaro Qonunchilik Metrologiyasi Tashkiloti

BAAS

BIFTA

Britaniya Ilm-Fan Taqraqqiyoti Asotsiatsiyasi

IEC

XETH

Xalqaro Elektrotexnika Hay’ati

IUA

XAI

Xalqaro Astronomiya Ittifoqi

IETC*

XETK*

Xalqaro Elektrotexnika Kongressi

CCE

EKQ

Elektr Konsultativ Qo‘mitasi

CIE

YoXQ

Yoritish bo‘yicha Xalqaro Qo‘mita

TAI

XAV

Xalqaro Atom Vaqti

CCDS*

SAKQ*

Soniyani Aniqlash Konsultativ Qo‘mitasi

ITS-90

XHSh-90

Xalqaro Harorat Shkalasi 1990

CODATA

FTMQ

Fan va Texnika uchun Ma’lumotlar Qo‘mitasi

* Yulduzcha bilan belgilangan qo‘mita, idora yoki tashkilotlar, hozirda amalda mavjud emas, yoki, boshqa nom bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Muallifldan:


Xalqaro birliklar tizimi – SI
144
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
Hisoblash va o‘lchash ishlariga qiziqish menda maktab yoshidan boshlangan. Metrni kim o‘ylab topgani, kilogrammni kim va nima uchun shunday atagani, nimaga bir kilogramm og‘irlik aynan shuncha tosh bosishi haqidagi savollar, bir paytlar meni ko‘p bora kutubxonalarni tintib chiqishimga sabab bo‘lgan.
O‘rta maktab yoshiga yetganimda esa, Jyul Vernning «Suv ostida 80000 lye», «Kapitan Grant bolalari», «15 yoshli kapitan asarlarini» maroq bilan qayta-qayta o‘qib chiqqan edim. «Hazinalar oroli» (E.Stivenson), «Yulduzli tunlar» (Pirimqul Qodirov), asarlari ham undan kam taasurot
qoldirmagan. O‘sha asarlarning qiziqarli va yuksak adabiy did bilan yozilgan va ona tilimizga tarjima qilingan badiiy mazmuni bilan birga, ularda uchragan g‘alati, men uchun tushunarsiz o‘lchov birliklari qiziqishimni yana ham chuqurlashtirar edi. Masalan, «Nautilus» suv osti kemasi nima uchun tezligini km/soatda emas, lyeda o‘lchaydi? Yoki, kapitan Grantni izlab yo‘lga chiqqan kemadagilar hammasi funt, fut, dyum kabi birliklarni ishlatadi. «Yulduzli tunlar»da Mirzo Boburga Fors shohi Ismoil Safaviydan harbiy yordam tariqasida kelgan Eron qo‘shini jangchisi, Samarqand bozorida savdo qilayotib, adras matoni falon gaz miqdorda o‘lchab berishini talab qiladi? Shu va shu kabi ko‘plab misollar meni o‘lchovlar va birliklarning katta ummoniga olib kirgan edi. Qiziqishlarim samarasi o‘laroq, yon daftarchamga, bunday (men uchun «begona») birliklar haqida, ularning bizga odatiy tushunarli birliklarga o‘girgandagi qiymatlari, nomining kelib chiqish tarixi va ho kazo ma’lumotlarini yozib borardim. Maktabda fizika kursi boshlangach, ilk darslarning biridayoq o‘qituvchimiz, barcha sinfdoshlarim qatorida meni ham SI Xalqaro Birliklar Tizimi bilan tanishtirgan edi. SI Xalqaro Birliklar Tizimi, uning paydo bo‘lish tarixi va amaliy ahamiyati haqida o‘shanda ilk bor tasavvurga ega bo‘lgan edim. Keyinchalik, aniqrog‘i 2005 yilda, oliygohdagi talabalik chog‘imda, maxsus fan – metrologiya kursi bilan tanishdim. O‘shanda, SI Xalqaro Birliklar Tizimi haqidagi maxsus kitoblardan birini o‘qib chiqqan edim. Mazkur kitob, 1983 yilda nashr etilgan bo‘lib, undagi ba’zi asosiy ta’riflar va qoidalar, zamonga to‘g‘ri kelmas, ya'ni, mohiyatan eskirgan edi. 20 yildan ziyodroq o‘tgan vaqt davomida, ilm- fan, xususan o‘lchov texnikasi bir qancha ilg‘or qadamlarni tashlagan bo‘lib, aniq fanlarga bag‘ishlangan darslik va qo‘llanmalarda ularga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa-da, SI ning so‘nggi talqindagi to‘liq matni bilan berilgan, muayyan tugal holadagi manbani topish qiyin edi.
SI – doimiy takomillashib, o‘zgarib turadigan tizim bo‘lgani uchun, uning qoidalari va ta’riflari, ilm-fan ravnaqi yo‘nalishida, xalqaro rasmiy matnida ham tez-tez yangilanib turadi. Shuning uchun ham, uning o‘zbek tilidagi talqini va sharhining mavjud bo‘lishi, hamda, uning xalqaro rasmiy talqiniga muvofiq yangilanib borishi, ayniqsa, o‘quvchi va talaba yoshlar uchun, qolaversa barcha sohalardagi muhandis-mutaxassislar uchun g‘oyat muhimdir. Ayniqsa, ilmiy-texnikaviy soha mutaxassislari bu borada hammadan ham ko‘proq aniqlikka ehtiyoj sezadilar.
Shularni inobatga olib, o‘zbek tilida, lotin alifbosida, Xalqaro Birliklar Tizimi – SI haqida, uning yangi xalqaro rasmiy talqinlariga asoslangan tarzda ma’lumot beruvchi, shuningdek, uning asosiy
birliklarining kelib chiqish tarixi, qoidalari va kelajakda kutilayotgan mukammallashtirish rejalari haqida qiziqarli, ilmiy-ommabop ravishda hikoya qiluvchi kichik risola tayyorlash rejasi paydo bo‘ldi. O‘sha reajaning amaliy natijasi sifatida, mazkur risola yozildi. O‘ylaymizki, ushbu sai-harakatlarimiz, kitobxonlar qo‘lida munosib baholanadi va ularga shunchaki mutolaa manbasi bo‘libgina qolmay, balki, amaliy naf ham keltiradi. Kitobni yanada mukammallashtirish borasidagi, fikr, mulohaza va takliflaringiz, biz uchun g‘oyat qiziq bo‘lar edi. Undagi imloviy va uslubiy hatolar borasida esa oldindan uzr so‘ragan holda, tanqidiy nuqtai nazardan beradigan mulohazalaringizni ham mamnuniyat bilan qarshi olishga tayyormiz. Sizning fikrlaringiz, risolaning keyingi nashrlarini tayyorlashda albatta inobatga olinadi. Buning uchun Muzaffar.Qosimov@gmail.com elektron manziliga maktub yo‘llasangiz kifoya.
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Xalqaro birliklar tizimi – SI
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
145
So‘ngso‘z o‘rnida, barcha o‘qish, mehnat va ilmiy-ijodiy faoliyatingizga baraka, o‘zingizga tan-sihatlik, hotirjamlik yor bo‘lishini tilayman. O‘lchovli hayotda, barcha o‘lchovlaringiz doimo to‘g‘ri va aniq bo‘lsin.
Hurmat bilan:
Muzaffar Qosimov, muhandis, tarjimon, www.Orbita.Uz sayti muharriri.
Marg’ilon, 2014 yil.
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə