Xalqaro birliklar tizimi – si



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə2/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Asosiy qism


Xalqaro birliklar tizimi – SI
5
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Xalqaro birliklar tizimi – SI
6
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Xalqaro birliklar tizimi – SI
7
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
——————————————————————————
O‘Ichov va Tarozilar Xalqaro qo‘mitasi.
Bureau International des Poids et Mesures.
Xalqaro Birliklar Tizimi. (SI)
The International System of Units. (SI)
8-chi nashr. 2006 yil.
——————————————————
Hukumatlararo Metr Konvensiyasi Tashkiloti.
Organisation Intergouvernementale de la Convention du Mètre.
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Xalqaro birliklar tizimi – SI
8
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
O‘lchov va tarozilar xalqaro qo‘mitasi hamda, Metr Konvensiyasi.
O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi (O‘TXQ) 1875 yilning 20 may kunida, 17 davlat delegatlari ishtirokidagi Metr diplomatik Konferensiyasining yakuniy qaroriga ko‘ra Metr Konvensiyasiga binoan ta’sis etilgan. Konvensiyaga 1921 yilda o‘zgartirish va tuzatishlar kiritilgan. O‘TXQ, farang hukumati tomonidan ajratib berilgan, Parij yaqinidagi Pavillon de Breteuil (Parc de Saint-Cloud) dagi 43 520 m2 maydonda joylashgan shtab – kvartirasida faoliyat yuritadi va Metr Konvensiyasining
a’zo davlatlari tomonidan moliyalashtiriladi.
O‘TXQning asosiy vazifasi ‒ butun jahon bo‘yicha o‘lchovlarning yagona, unifikatsiyalashgan tizimini ta’minlash; bu borada:
fundamental
  • Asosiy fizik kattaliklar uchun o‘lchov birliklarining standartlarini o‘rnatish hamda, xalqaro etalonlarni saqlash;
  • Milliy va Xalqaro standartlarni muvofiqlashtirish;
  • O‘lchov texnikalarini tegishli tartibda muvofiqlashtirish;
  • Fundamental fizik konstantalarning miqdoriy qiymatlarini va o‘lchamlarini yuqori aniqlik darajasida ishlab chiqish va muvofiqlashtirsh;

  • O‘TXQ, O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi ta’sis etgan O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi (O‘TXI) ning qat’iy nazorati ostida ish olib boradi va bajarilgan ishlar yuzasidan mazkur Idoraga hisobot beradi. Metr Konvensiyasining a’zo davlatlarning delegatlari har to‘rt yilda
    Bosh Konferensiyada yig‘iladilar. Bu yig‘ilishlarning asosiy vazifasi:
  • Metr tizimining zamonaviysi bo‘lgan Xalqaro Birliklar Tizimi (SI)ni

  • takomillashtirishga taalluqli zaruriy chora–tadbirlarni muhokama qilish hamda ma’lumot almashinish; ma’lumotlarni ishtirokchilar e’tiboriga yetkazish;
  • Yangi fundamental metrologik o‘lchamlar natijalari va turli ilmiy rezolyutsiyalarni Xalqaro miqyosda tasdiqlash;
  • O‘TXQ ning rivojlantirish va tashkilotni moliyalashtirishga taalluqli asosiy iqtisodiy masalalarni ko‘rib chiqish

O‘TXI turli mamlakatlardan saylangan, va har yili yig‘iladigan 8 ta a’zo
ishtirokchidan iborat; Idora mahsul xodimlari har yili, Metr Konvensiyasining a’zo davlatlari hukumatlariga O‘TXQning yillik ma’muriy va iqtisodiy faoliyatiga oid hisobotni taqdim qiladilar. O‘TXIning asosiy printspial vazifasi butun jahon bo‘yicha o‘lchov birliklarining bir xilligini ta’minlashdir. Idora bu vazifani bajarishni to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki, O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasining ishlab chiqqan dasturlariga binoan olib boradi.
O‘z faoliyatini masofa va vazn o‘lchov birliklari hamda, ular bilan bog‘liq metrologik tadqiqotlar sohasi bilan cheklangan doirada boshlagan O‘TXQ, keyinchalik, elektr (1927), fotometriya va radiometriya (1937), ionlanuvchi nurlanishlar (1960), vaqt shkalalari (1988) va kimyo (2000) sohalari uchun ham o‘lchov standartlarini joriy etish yo‘nalishlarida faoliyat doirasini
kengaytirdi. Bu maqsadlarda 1876 – 1878 yillarda dastlabki laboratoriyalar qurilgan va ular 1929 yilda kengaytirilgan;
1 Hozirda (21.07.2014) Argentina, Kolumbiya, Xorvatiya, Iroq, Qozog‘iston, Keniya, Saudiya Arabistoni, Tunis, davlatlari ham a’zo davlatlar safiga rasman qo‘shilishgan. Shuningdek, Albaniya, Bangladesh, Boliviya, Bosniya va Gersogovina, Botsvana, Chernogoriya, Makedoniya, Gruziya, Gana, Lyuksemburg, Mavrikiy, Mo‘g‘uliston, Moldova, Namibiya, Omon (Ummon), Paragvay, Peru, Seyshell, Shri Lanka, Sudan, Suriya, Zambiya, hamda, Zimbabve davlatlari ham, O‘TXQ ning hamkorlari sanalishadi.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə