Xalqaro birliklar tizimi – si


dekabr, 2005 yil holatiga1 O‘TXQga quyidagi 51 ta davlat a’zo hisoblanadi



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə3/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

31 dekabr, 2005 yil holatiga1 O‘TXQga quyidagi 51 ta davlat a’zo hisoblanadi: Argentina, Avstraliya, Avstriya, AQSH, Belgiya, Braziliya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Chili, Chexiya, Chernogoriya, Daniya, Dominikana, Eron, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Irlandiya, Ispaniya, Isroil, Italiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Kamerun, Kanada, KXDR, Koreya (Resp.), Malayziya, Meksika, Misr, Niderlandiya, Norvegiya, Pokiston, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya, Serbiya, Singapur, Slovakiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Tailand, Turkiya, , Urugvay, Venesuela, Vengriya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Yunoniston, Xitoy.
Quyidagi 12 ta davlat va Iqtisodiy ittifoqlar O‘TXQ ning hamkorlari hisoblanadi:
Belarus, Karib dengizi havzasi iqtisodiy ittifoqi, Kosta-Rika, Kuba, Ekvador, Estoniya, Gonkong, Yamayka, Qozog‘iston, Keniya, Latviya, Litva, Malta, Panama, Filippin, Sloveniya, Ukraina, Vetnam, Xitoy Taypeyi, Xorvatiya.
Shunday qilib, 21.07.2014 holatiga O‘TXQ tarkibida 56 ta a’zo; va 41 ta hamkor davlat va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar mavjud.
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Xalqaro birliklar tizimi – SI
9
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
1963 – 1964 yillarda ionlanuvchi nurlanishlar laboratoriyalari uchun, 1984 yilda lazerlar bilan ishlash va 1988 yilda kutubxona, hamda, idoralar uchun yangi binolar qurilib, foydalanishga topshirilgan. 2001 yilda ustaxona, idora
va majlislar xonalari uchun yangi binolar ochildi.
O‘TXQ laboratoriyalarida 41 nafar turli sohadagi fizik va texnik mutaxassislar faoliyat olib boradilar. Ular asosan metrologik tadqiqotlar, xalqaro birliklarning standartlarni o‘zaro muvofiqlashtirsh va bir o‘lchamga keltirish ishlarini olib boradilar. Yillik hisobotda va O‘TXQ direktorining hisobotlarida ular olib borayotgan ish jarayonlarining tafsilotlari yoritib boriladi. 1927 yilda O‘TXI ning ish faoliyat sohalarining kengayishi natijasida O‘TXQ, asosiy vazifasi o‘z sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar va ulardagi kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborot berib borish bo‘lgan maxsus Konsultativ qo‘mitalar tashkil qildi. Ushbu konsultativ qomatlar, birliklar bo‘yicha olib borilayotgan xalqaro faoliyatni muvofiqlashtirib turish va ularga oid maxsus masalalarning, tegishli sohalarda bajarilishi nazorat qilib boruvchi, doimiy yoki muvaqqat ishchi guruhlarni tuzish va O‘TXI ga tavsiya qilish vazifalarini bajaradi.
Konsultativ qo‘mitalar umumiy me’yoriy hujjatlar asosida ish yuritadi.
Ular nodavriy muddatlarda o‘zaro uchrashib turadilar. Har bir konsultativ qo‘mitaning prezidenti O‘TXI tomonidan tayinlanadi va u odatda O‘TXI a’zolaridan biri bo‘ladi. Konsultativ qo‘mitalarining a’zolari O‘TXI tasdig‘idan o‘tgan metrologiya laboratoriyalari va maxsus institutlar bo‘lib, ular o‘z a’zolari orasidan Konsultativ qo‘mitasi doimiy ish faoliyatida ishtirok etish uchun delegatlar saylaydilar. Hozirda 10 ta shunday konsultativ qo‘mitalari mavjud:
1) 1927 yilda ta’sis etilgan Elektr va Magnetizm konsultativ qo‘mitasi (CCEM), 1997 yilda unga «Elektr konsultativ qo‘mitasi» (CCE) nomi berildi. (CCE);
2) 1933 yilda ta’sis etilgan Fotometriya va Radiometriya konsultativ qo‘mitasi – (CCPR). 1971 yilda «Fotometriya konsultativ qo‘mitasi» deb yangi nom berilgan. 1930 – 1933 yillarda Fotometriya bilan CCE shug‘ullangan.
3) Termometriya konsultativ qo‘mitasi – (CCT), 1937 yilda ta’sis etilgan.
4) Uzunlik konsultativ qo‘mitasi – (CCL) 1997 yildan buyon sobiq «Metrni aniqlash» (ССDM) konsultativ qo‘mitasi shunday nomlanadi.
5) Soniyani aniqlash konsultativ qo‘mitasi (CCDS) – 1956 yilda ta’sis etilgan. 1997 yildan e’tiboran, Vaqt va Chastota konsultativ qo‘mitasi (CCTF) deb ataladi.
6) Ionlanuvchi nurlanishlar konsultativ qo‘mitasi (CCRI) – 1997 yildan buyon, 1958 yilda ta’sis etilgan «Ionlanuvchi nurlanishlar standartlari bo‘yicha konsultativ qo‘mita» (CCEMRI) ning yangi nomi. Mazkur qo‘mita 1969 yilda to‘rt bo‘limga ajratilgan:
  • Rentgen va gamma nurlanishlari, elektronlar;
  • Radionuklidlarni o‘lchash;
  • Neytron o‘lchovlari;
  • α-Energiya satndartlari

1975 yilda α-Energiya standartlari bo‘limi tugatilib, uning vazifalari Radionuklidlarni o‘lchash bo‘limiga yuklatilgan;
7) Birliklar konsultativ qo‘mitasi – (CCU) – 1964 yilda ta’sis etilgan. Bu konsultativ qo‘mita 1954 yilda tashkillangan Birliklar bo‘yicha Xalqaro Komissiyaning o‘rnida faoliyat yuritadi;
Consultative Committee for Electricity.
Consultative Committee for Photometry and Radiometry (CCPR).
Consultative Committee for Thermometry.
The Consultative Committee for Length.
The Consultative
Committee for Time and
Frequency.
The Consultative Committee for Ionizing Radiation.
The Consultative Committee for Units
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə