Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə4/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
10
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
8) Vazn va u bilan bog‘liq miqdorlar bo‘yicha konsultativ qo‘mita (CCM). 1980 yilda ta’sis etilgan.
9) Modda miqdori konsultativ qo‘mitasi: Kimyoviy metrologiya. (CCQM), 1993 yilda ta’sis etilgan.
10) Akustika, Ultratovush hamda Vibratsiya bo‘yicha konsultativ qo‘mita. (CCAUV) – 1999 yilda ta’sis etilgan.
O‘lchov va tarozilar Xalqaro Bosh Konfrensiyasining faoliyatiga doir dalolatnomalar O‘TXQ tomonida quyidagi seriyalarda nashr etilgan:
  • O‘lchov va Tarozilar Bosh Konferensiyasining yig‘ilishi haqidagi axborotnoma;
  • O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasining yig‘ilishi haqidagi axborotnoma.

  • O‘TXKning 2003 yildagi qaroriga ko‘ra, O‘TXQ faoliyatiga doir axborotnomalarni chop etish to‘xtatildi, lekin rasmiy veb – saytida joylashtirish davom ettirilmoqda.
    O‘TXQ shuningdek, metrologiyaning barcha maxsus sohalariga oid monografiyalar, hamda Xalqaro birliklar Tizimini qo‘llashga doir amaliy tavsiya va qoidalar jamlangan, davriy yangilanadigan «Xalqaro Birliklar Tizimi (SI)» nomali maxsus risolani nashr etib boradi.
    O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi ish faoliyatiga oid hisobot – nashrlar
    «Travaux et Mémoires du Bureau International des Poids et Mesures» 1881 yildan 1966 yilgacha 22 jildda nashr etilgan. O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi rasmiy hujjatlari to‘plami – «Recueil de Travaux du Bureau International des Poids et Mesures» 1966 yildan 1988 yilgacha 11 jildda chop etilgan. Ushbu nashrlar ham hozirda, O‘TXK qarorlariga binoan to‘xtatilgan.
    O‘TXQ ilmiy faoliyatiga taalluqli ilmiy ishlar, ochiq ilmiy adabiyotlar tarzida nashr etiladi va bir yillik nashrlar ro‘yxati O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi direktorining yillik hisobotida e’lon qilinadi.
    O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi ta’sischiligi ostida, 1965 yildan buyon chop etilayotgan Metrologia oynoma jurnalida ilmiy metrologiya, o‘lchash usullarini takomillashtirish, birliklar va standartlar bilan ishlash kabi yo‘nalishlarda turli xil maqolalar, shuningdek Metr Konvensiyasiga muvofiq tuzilgan turli Tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan hisobotlar, qaror hamda tavsiyalar chop etib boriladi.

The Consultative Committee for Mass and Related Quantities
The Consultative Committee for Amount of Substance.
The Consultative Committee for Acoustics, Ultrasound and Vibration
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə