Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə6/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
12
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
8-nashrga muqaddima
Biz umumiy qilib «SI Risolasi» deb ataladigan va Xalqaro Birliklar Tiziminining (Ingliz tilida International System of Units deb yuritiladigan) asosiy tushuncha va tamoyillarini bayon qilib berdaigan ushbu risolaning 8-chi nashrini e’lon qilinayotganligidan behad xursandimiz.
Mazkur risola nashriy manba sifatida chop etildi va uning elektron nusxalari quyidagi manzilda doimiy mavjud: www.bipm.org/en/si/si_brochure/.
1970 yildan buyon O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi ushbu risolaning 7 ta nashrini chop etdi. Bundan eng asosiy maqsad, 1948 yilda 9-O‘lchov va Tarozilar Bosh Konferensiyasining qarori bilan tasdiqlangan
vaqtdan boshlab, Butun jahonda ilm-fan va texnikaning o‘ziga xos muhim axborot almashinish tili sifatida foydalanilayotgan SI birliklar tizimining asosiy tushuncha va tamoyillarini mufassal bayon etish hamda uning ommabopligini yanada orttirish hisoblanadi.
SI – albatta, tobora rivojlanib va takomillashib borayotgan, amaldagi eng ilg‘or o‘lchov amaliyotini o‘zida aks ettiruvchi tizimdir. Shu tufayli ham ushbu, 8-nashr o‘zidan avvalgisidan bir oz farq qiladi.
Xuddi avvalgidek, ushbu risola, Xalqaro Birliklar Tizimining barcha asosiy birliklarining aniq ta’riflarini hamda, O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasining Xalqaro birliklarga taalluqli barcha Rezolyutsiya va Tavsiyalarini beradi. O‘lchov va tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi hamda, O‘lchov va Tarozilar Bosh Konferensiyasining qarorlariga oid rasmiy ma’lumotlarni O‘TXQ ning rasmiy hisobotlari - Comptes Rendus CGPM
(CR)ning tegishli nashrlaridan topish mumkin, shuningdek ular bo‘yicha
tegishli axborotlar Metrologia oynoma jurnalida ham e’lon qilib boriladi. Tizimdan amaliy foydalanishni soddalashtirish maqsadida, mazkur risolada ushbu qarorlarning soddalashtirilgan holdagi tushuntirishlari va tafsilotlari keltiriladi. Xususan, birinchi bob, barcha birliklarning amaliy keltirib chiqarish usullarini batafsil bayon etadi. Bu risolada ilk marotaba biologik miqdorlar bilan bog‘liq birliklarning qisqacha sharhi keltirildi.
Birinchi ilova 1889 yildan boshlab chiqarilgan O‘TXQ va O‘TXK ning o‘lchov birliklari hamda Xalqaro Birliklar Tizimiga oid barcha qarorlarini xronoligik tartibda bayon etadi.
Ikkinchi ilova faqat elektron ko‘rinishda bo‘lib, u bilan
www.bipm.org/en/si/si_brochure/appendix2/ internet–manzilida tanishishingiz mumkin. Bu ilova ba’zi muhim birliklarning asosiy matnda (ushbu risolada) umumiy tarzda keltirilgan ta’rif va amaliy keltirib chiqarish usullarini,
metrologik laboratoriyalardagi amaliy keltirib chiqarish usullari, yuqori aniqlikdagi asbob uskunalarni kalibrovka qilish, va ularning moddiy standartlari (etalonlarini) keltirib chiqarish borasida so‘z yuritadi. Bu ilova doimiy yangilanib turadi va birliklarni aniqlashning eksperimental usullarining takomillashuvi jarayonlarini o‘zida namoyon qiladi.
Uchinchi ilova biologik materiallarning aktinik effektini o‘lchashda foydalaniladigan birliklarni bayon qiladi.
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə