|
![](/i/favi32.png) Xalqaro birliklar tizimi – siXalqaro birliklar tizimi – SI
|
səhifə | 113/125 | tarix | 22.05.2023 | ölçüsü | 5,01 Mb. | | #112127 |
| 6. Xalqaro birliklar tizimi SIXalqaro birliklar tizimi – SI
130
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
28.12.1993 yil.
№ 1004-XII.
METROLOGIYA TO‘G‘RISIDA.
Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan: O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni,
O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni.
I bo‘lim. Umumiy qoidalar (1-4-1-moddalar);
II bo‘lim. Fizik o‘lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo‘llash (5-8-moddalar); III bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasining metrologiya xizmatlari (9-11-moddalar);
IV bo‘lim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati (12-19-moddalar); V bo‘lim. Metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlash (20-21-moddalar).
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR.
- modda. Asosiy tushunchalar.
- modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. 3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar.
4-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish.
4-1-modda. O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid normativ hujjatlar.
1-modda. Asosiy tushunchalar.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
«metrologiya» - o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan;
«yagona o‘lchov birligi» - o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati;
«o‘lchov vositasi» - o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;
«birlik etaloni» - fizik o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi;
«davlat etaloni» - vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;
«metrologik xizmati» - davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
«davlat metrologiya nazorati» - metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;
«o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish» - o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |
|
|