Xalqaro jurnalistika fakulteti



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#111995
  1   2   3
jurnalistikada ocherk janri



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS 
TA`LIM VAZIRLIGI 
O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI 
XALQARO JURNALISTIKA FAKULTETI 
 
 
Mavzu: JURNALISTIKADA OCHERK JANRI
 
 
 
Bajardi: 
Dilnavoz Aslonova 
 
 
 
 
TOSHKENT-2013 


Reja. 
1.
Ocherk janrining umumiy tasnifi. 
2.
Ocherk turlari. Portet ocherk. 
3.
Yo`l ocherki. 
4.
Muammoli ocherk. 
5.
Sud ocherki. 


Ocherk ommabop janrlar sirasiga kiradi. Bunday asarga muharrir tomonidan 
qo`yiladigan talablar uning janriy til-uslubiy jihatdan o`ziga xosligiga asoslanadi.
Ocherkda asosiy ko`zda tutiladigan uch asosiy xususiyat mavjud. Bular: 
ommaboplik, hujjatlilik va badiiylikdir. Ocherk publististikadan uning vazifasi va 
mohiyatni oladi. Shunga ko`ra muharrirlik tahlili va tahrirda ayni mana shu 
ommaboplik badiiy nasr boshqa janrlaridan farq qiluvchi sifati bilan ajralib turadi.
Ocherkning tavsifi va ommabopligini baholash quyidagi asosiy jihatlarni o`z 
ichiga oladi. 
Avvalo, uning zamonaviyligi. Bu mezon u dolzarb va muallif ko`tarayotgan 
masala ahamiyatiga molik, milliy mafkura, davlat siyosati bilan bog`liq 
bo`lishligini belgilab beriladi.
Aniq qaratilgan va maqsadli yo`naltirilganligi ocherkni ommabop janr 
ekanligini ko`rsatadi. Muallif buni e’tiborga olgan holda keng o`quvchilar ommasi 
uchun birdek tushunarli, sodda, tili va uslubi ommabop bo`lishi uchun ommaning 
hayotiy tajribasi hamda oqilona fikr yuritishini o`zi uchun qoida qilib oladi. Lekin 
bu degani muallif ocherkni haddan tashqari soddalashtirishi, ta’bir joiz bo`lsa, 
odmi ong darajasiga moslashishi kerak degani emas. Publitsist hayotda idrok 
etganlarini ancha chuqur va ob’ektiv ifoda etishga qodir bo`lishi kerak. 
Ocherkda bir emas bir necha muammolar ko`tarilgan bo`lsa muharrir ularni 
chuqur tahlil etishi, muallifning ularni bir doira ichiga jamlashi to`g`ri yoki bunday 
birlashtirish yuzami mulohaza natijasida yohud tasodifiy, sun’iy ekanligini 
aniqlashga to`g`I keladi. 
Qadimda ommaviy ta’sir etishning usuli og`zaki nutq bo`lgan. Voizlik 
(notiqlik) san’atidan bugungi kunda ham auditoriyaga ta’sir etishda keng 
foydalaniladi. Ocherk ijodchilari notiqlik san’atiga xos ta’sirchan usullardan 
foydalanishlari tabiiy, chunki u ommabop chiqishi uchun ta’sirchanlikka ega 
bo`lishi ham kerak. 
Muharrir matn tahlilida umuman ocherk barcha xususiyatlarini nazarda 
tutgani holda, xususan, notiqlik usulidan o`quvchiga murojaat, ritorik so`roq, 
“tashqi mulohaza”, xitob, ilmiy mushohada, xulosalardan foydalanganligiga ham 
alohida e’tibor berish kerak. 
Ocherkda birinchi shaxs tilidan bayon usulidan foydalanilgan bo`lishi 
mumkin. Bu hikoya qilinayotganning ishonchliligini, muallif faolligini, material 
ommabopligini ko`rsatadi. Agar asrda ommaboplik qiziqarli usullardan 
foydalanilgan bo`lsa-yu, lekin faktik materiallar bilan bog`liq bo`lmasa, unda 


bayon quruq bo`lib qoladi.shuning uchun muharrir qo`lidagi asarda ko`tarilga 
muammo hamda faktlar bir-biri bilan bog`langan yoki bog`lanmaganligini aniqlash 
kerak. Agar muallifning kasbiy mahorati tajribasi yetarli bo`lmasa “fikt va dalil” 
mutanosibligi yuzaga keladi. Muharrirning matnga adabiy ishlov berishi o`z 
samarasi va foydasini beradi. Bundan tashqari muharrir muallifga to`plagan 
ma’lumotlari, kuzatishlarida ijtimoiy muhim fikr, nuqtai nazarlarni birlashtiruvchi 
eng asosiy g’oyani topishgs ko’maklashishi mumkin. 
Ocherk faktik materiallari ustida ishlash ancha murakkab va serqirra ish. 
Bunda birinchi bajarilgan vazifa muallif to’plagan ma’lumotlarning ishonarligini 
aniqlash tekshirish va qayta tekshirishdir. 
Tayin hayotdan olingan ma’terial janrning o’quvchilar ongiga ta’sir etish 
“siri” hisoblanadi. Shunga ko`ra u aniq ifodalanishni talab etadi.
Publitsist ochekchi o’z asarida sitatistika, jamiyatshunoslik, geografiya, tarix 
va boshqa bilim sohalariga oid ma’lumotlardan foydalanadi. Garchi bular ikkinchi 
darajali hisoblansada go`yo yo`l-yo`lakay tilga olinsada maxsus adabiyotlardan 
foydalanib ularni diqqat bilan tekshirish lozim. Lekin ocherkdagi barcha 
ma’lumotlarni ensiklopediyalar, monografiyalar, darsliklar yordamida tekshirish 
hamisha ham mumkin bo`lavermaydi, muharrir duch keldiga ko`plab faktlarni 
muallif o`zi kuzatuvi, eshitganlari, guvohlarning so`zlaridan oladi. Masalan, 
muallif o`z ocherkini shunday boshlaydi: ushbu maktabga birinchi g`isht 
qo`yganlar orasida biz sizga hikoya qilmoqchi bo`lgan inson ham bor edilar.
Faktik material va ommaviylik masalalari ocherkda bir-biri bilan jips 
bog`liq. Faktlar muallifning fikri, xulosalarini tasdiqlaydi, ocherkchining 
mulohazasi esa o`z navbatida faktlarni umumlashtiradi, ular mohiyatini ochib 
beradi.
Agar faktik materiallar asarda publististik mulohaza dalili sifatida berilgan 
bo`lsa, uni muharrirlik nuqtai nazaridan baholashda tahriri mantiqi qonunlari 
mezon hisoblanadi. Shu bilan birga ocherkda badiiy adabiyot janri sifatida ruhiy, 
emotsional ta’sir qonunioyatlari ham o`z ahamiyatiga ega.
Faktlarning ko`p va xilma-xil bo`lishi, ocherkchida ular butun tizimdan 
foydalanishini talab etmaydi chunki faqat ilmiy asarlardagina ularning ko`pligi 
nazariy fikrlar isboti hisoblanadi. Muharrirning vazifasi oz sonly bo`lsada faktlar 
to`g`ri berilgan bo`lishi av hodisa ijtimoiy muammolar haqida bir tomonlama 
tasavvur bermasligini ta’minlashdir. 


Muharrirning faktik materialni baholashi, faktni tasvirlash shakli to`g`ri 
tanlanganligi bilan bog`liqdir. U matnda “adabiy mavjud” bo`lishi kerak.
Ocherkda faktik materiallar uch ko`rinishda bo`lishi mumkin: bayonga 
bevosita kiritilgan hujjat, information xabar, badiiy tasvir. 
Ocherkka faktik materialni kiritishning har bir shakli alohida-alohida 
baholash mezonlari qo`llanishini talab etadi hamda tahrir jarayonida muayyan 
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Xususan hujjatlilik shakli, avvalo matnni manbai 
bilan to`liq solishtirishni shuningdek iqtibos olish barcha qoidalariga qat’iy rioya 
bqilishni taqozo qiladi. Muharrir ozgina bo`lsada xatoga noaniqlikka yo`l 
qo`ymaslik uchun bu borada muharrirga ko`maklashishi kerak, u hujjatlar matnga 
turli shaklda, aniq maqsad bilan kiritilishiga erishmog`i lozim. Ocherk badiiy 
publististik asr bo`lgani uchun qat’iy hujjatlilikdan chekinishga yo`l qo`yiladi lekin 
ishonchlilik mezoni to`liq saqlanishi shart.
Muharrir oldida yana bir alohida o`ziga xos vazifa bo`lib, badiiylashtirish 
turadi.
Materialni badiiy shaklda berish o`quvchiga borliqni obrazli tasavvur etish 
imkonini beradi. Chunki hech qanday hujjat insonga xos xislatlarni uning jonli 
nutqini berolmaydi, uning orzulari, o`ylari, kechinmalarini aytmasa ham bo`ladi. 
Ocherkda to`qima mutlaqo o`zgacha maqsad va ma’noga egadir. Agar 
roman povest, hikoyada muallif mavjud hodisalardan badiiy to`qima sifatida 
foydalansa, ocherk muallifi esa to`qimadan mavjud faktning ichki mohiyatini 
mazmunini va ijtimoiy siyosiy ahamiyatini ochib berish uchun foydalanadi. 
Mazkur jihat muharrirning ushbu masalaga yondoshishi tamoyilini belgilaydi. 
Avvalo, uning vazifasi, badiiylik hayotdan olingan materialni o`zlashtirib 
soxtalashtirib yuborishga yo`l qo`ymaslik, qolaversa, badiiiy to`qima hodisa, inson 
tabiatini yanada chuqurroq ochib berishga xizmat qilishi kerak. Kitobxonni 
diqqatini tortish uchungina foydalanmaslik lozim. 
Badiiylashtirish omiliga yana aniqlikni baholash mezonini ham qo`llash 
mumkin. Bunday holatda aytish mumkinki, murakkablik yuzaga keladi. 
Ishonchlilik bilan bir qatorda badiiy aniqlik ishonarlillik, haqqoniylik, voqelikni 
obrazli yaratish turadi. 
Portret tasviri, shaxs, uning gavda tuzilishi, kiyimlar, hayotda mavjud 
insonning xulq-atvori, o`zining tutishi, muharrirning diqqat markazida bo`lishi 
lozim. 


U muallifdan o`z qahramonini “ko`ra bilish”ni uni o`quvchilarga ko`rsata 
bilishni talab qilishga haqlidir. 
Xulosa qilib aytganda, borliqni tadqiq etish va tasvirlashning uch usuli – 
ommaboplik, hujjatlilik, badiiylik – bir-biridan ayri-ayri mavjud bo`la olmaydi, har 
holda tom ma’nodagi ocherkda. Yuqoridagi uch unsur quyma bo`lishi, bir 
butunlikka ega bo`lishi lozim. 
Ocherkning bir necha turlari mavjud: 

Portret ocherk. 

Yo`l ocherki. 

Muammoli ocherk. 

Sud ocherki. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə