Xalqaro menejment



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/67
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#133343
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

Tayanch iboralar: 
inson kapitali, qabul qiluvchi mamlakatning moliyaviy 
imkoniyatlari, moslashishning sub’ektiv va ob’ektiv omillari, litsenziar, litsenziat. 
Nazorat savollari: 
1.Xorijiy tadbirkorlikning qiziqtiruvchi sabablarini aytib bering. 
2.Xorijiy firmaning qabul qiluvchi mamlakatning sharoitlariga moslashishning 
ob’ektiv va sub’ektiv omillariga nima kiradi? 
3.Xorijiy texnologiya va uskunalarni samarali va o’z vaqtida o’zlashtirishning 
asosiy sharti nimadan iborat? 
4.Import qiluvchilar xarid qilinayotgan uskunalar va texnologiyalarga qanday 
talablar qo’yadi? 
5.Import qiluvchilar va eksport qiluvchilar o’rtasidagi ziddiyatlarning vujudga 
kelishiga asosan nima sabab bo’ladi? 
6.Nima uchun xorijiy tadbirkorlik yuqori tavakkalchiliklar bilan bog’liq? 
7. Xorijiy tadbirkorlik deganda nimani tushunasiz? 
8. Chet el texnologiyalarini mamlakatning sharoitlariga moslashtirish uchun 
qanday chora-tadbirlar o’tkazish zarur? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


26 
3-BOB. XALQARO VA TRANSMILLIY KOMPANIYALAR, ULARNI 
BOSHQARISH TIZIMI 
 
3.1. Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o’tish 
evolyutsiyasi 
 
Xalqaro kompaniyalar - bu milliy kapitalni boshqa davlatlarga tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish maqsadida olib chiquvchi tashkilotlardir. Zamonaviy 
xalqaro kompaniyalarning ko’pchilik qismi transmilliy korporatsiyalarni, tashkiliy 
shakli bo’yicha esa kontsernlarni ifoda etadi. Ular ilgarigi turli davlatlar kapitalining 
oddiy birlashuvi va ishtirokchilari o’z kapitallarining mulkdori bo’lib qolgan 
kartellar, sindikatlar, trestlardan ma’lum darajada farqlanadi. Ularga teskari holda XX 
asrning tipik kontserni - bu odatda turli tarmoqlar va hududlar bo’yicha 
diversifikatsiyalangan kapitalning 
yagona 
mulkdoridir. Zamonaviy 
xalqaro 
kompaniyalar transmilliy, ya’ni o’z millatiga ega bo’lgan yoki ko’pmillatli bo’lishi 
mumkin. Transmilliy korporatsiyalar bosh kompaniya (odatda u kompaniya millatini 
aniqlaydi) va uning xorijiy filiallarini o’z ichiga oluvchi sub’ektlar tizimini 
ifodalaydi. Bosh kompaniya boshqa davlatlardagi o’zining xorijiy filiallari aktivini 
nazorat qiladi va odatda ularning kapitalida o’z ulushiga ega bo’ladi. 
Ko’p millatli kompaniyalarda har xil millatlar kapitallarining birlashuvi 
vujudga keladi. Birinchi ko’p millatli kompaniya “Yunilever” 1929 yili “Margarin 
Yuni” (Daniya) va “Lever Brazerz” (Buyuk Britaniya) firmalarining birlashishi 
natijasida vujudga keldi. Shu davrdan boshlab u deyarli 60 ta davlatda 500dan ortiq 
xorijiy filiallari bo’lgan eng yirik xalqaro kompaniyalardan biri darajasigacha o’sib 
yetdi. “Yunilever” kompaniyasi ikkita shtab-kvartiraga ega - biri Londonda, 
ikkinchisi - Rotterdamda joylashgan. 
Milliy 
kompaniyalarning 
xalqaro 
kompaniyalar 
darajasiga 
o’tishni 
rag’batlantiruvchi uchta asosiy omilni ajratib ko’rsatish mumkin: 
1.Tovar ayirboshlashning va shu bilan birga daromadning o’sishi. Bunda 
kompaniya ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish va masshtab samarasini 
ishlatish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari u qaltislikni kamaytirish uchun xorijiy 
hamkorlar bilan bo’lgan aloqalardan foydalanishi mumkin. 
2.Qabul qilayotgan davlatda xomashyo va ishchi kuchining nisbatan arzonligi 
hisobiga ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini kamayishi. Bundan tashqari, mahalliy 
firmalar bilan qo’shma korxonalar tuzish yo’li bilan savdo-sotiq bozorini va yangi 
samarali texnologiyalarga erishish imkoniyatlarini kengaytirish. 
3.Qabul qilayotgan mamlakatning sanoati, moliya-kredit tizimi, savdo kanallari 
va infrastrukturasidan foydalanish. 
Ko’pchilik xalqaro kompaniyalar uchun milliy firmalardan transmilliy 
korporatsiyalarga o’tish yo’lida ularning tashqi iqtisodiy faoliyatining muayyan 
ketma-ketligi odatiy hol bo’lib qoladi (4-rasm).
Birinchi bosqich – bir martalik eksport-import bitimlarida aks etuvchi, turli 
davlatlardan bo’lgan hamkorlar orasidagi shartnoma munosabatlari. Bu bosqichda 
hamkorlar hali yetarli darajada bir-birlarining moliyaviy imkoniyatlari, ilmiy-sanoat 
potensiali va ishbilarmonlik uslubini bilmaydilar. 


27 
Ikkinchi bosqich – bunda har xil davlatlardan bo’lgan hamkorlar orasidagi 
munosabatlarning navbatdagi kengayishi va takomillashuvi ko’rsatkichi bo’lib ikki 
yil va undan ortiq muddatga mo’ljallangan uzoq muddatli shartnomalar xizmat qilishi 
mumkin. Bir qator hollarda bunday shartnomalar kapitalning kredit shaklida olib 
chiqilishi, asbob-uskunalarni yetkazib berilishi, texnologiyalarni o’tkazilishi, 
shuningdek ilmiy-texnikaviy hamkorlikni ko’zda tutadi. 
Uzoq muddatli shartnomalar sifati sotib oluvchiga ayon bo’lgan tovarlar va 
xizmatlarning savdo bozorlari barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan eksporter 
uchun jalb etuvchanligidir. Bundan tashqari eksporterlar transport kompaniyalari 
bilan uzoq muddatli doimiy kelishuvlar tuzish yo’li bilan transport xarajatlarini 
qisqartirish hisobiga o’z mablag’larini tejaydilar. Bularning hammasi reklama, 
xaridorlarni qidirish, ko’p sonli bir martalik shartnomalarni tayyorlash xarajatlarisiz 
tijorat xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi. 
Import qiluvchilar uchun uzoq muddatli shartnomalar yaxshi ma’lum bo’lgan 
va o’zini yaxshi tomondan tavsiya qilgan tovarlar va xizmatlar yetkazib berilishining 
barqarorligini ta’minlaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan xomashyo tovarlari 
Transmilliy kompaniya 
Qo’shma korxonalar 
Bevosita xorijiy 
investitsiyalar 
Кonsortsiumlar 
Litsenzion 
bitimlar 
Bitim 
Bitim 
Bitim 
IV bosqich 
III bosqich 
II bosqich 
I bosqich 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə