Xalqaro Nordik universiteti Iqtisodiyot yo’nalishi raqamli texnologiyalar fanidan 1-Mek guruhi 1-kurs talabasining tayyorlagan



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə1/7
tarix11.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#147293
  1   2   3   4   5   6   7
Raqamli inqilob

Xalqaro Nordik universiteti Iqtisodiyot yo’nalishi RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR fanidan 1-Mek guruhi 1-kurs talabasining tayyorlagan

Bajardi: Qo’rg’onbaeva Nilufar

Qabul qildi:_______________________


TAQDIMOTI
Mavzu:
    • Raqamli inqilob

KIRISH
    • Xalqaro hamjamiyatda raqamli iqtisodiyotning bugungi holati: muammo va yechimlar
    • Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribadan foydalanish va innovatsiya
    • Raqamli iqtisodiyotning inqilobiy o‘zgarishi va uning zamonaviy oqibatlari

Xulosa va takliflar
Adabiyotlar ro’yxati:
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:
    • Raqamli inqilob bizning hayotimiz va jamiyatlarimizni misli ko‘rilmagan darajada o‘zgartirib, 25 yil ichida ulkan imkoniyatlar bilan bir qatorda ayrim muammolarni keltirib chiqardi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya kabi yetakchi mamlakatlar uchun ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
    • So‘nggi yillarda biznes va ijtimoiy soha faoliyatida rivojlanishning yangi to‘lqini raqamli texnologiyalarning yangi avlodi, ya’ni sun’iy ong, robototexnika, simsiz aloqa texnologiyalari yordamida ro‘y bermoqda. Yangi texnologiyalar Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga katta hissa qo‘shishi mumkin, ammo biz kutilgan ijobiy natijalarni ololmasligimiz mumkin. Agar biz raqamli texnologiyalarning to‘liq ijtimoiy va iqtisodiy potensialiga erishmoqchi bo‘lsak, kutilmagan oqibatlarga yo‘l qo‘ymagan holda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni zudlik bilan rivojlantirish zarur. Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2030-yilgacha “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini amalga oshirishni taklif etdi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Raqamli iqtisodiyot tushunchasi ilk bor 1990-yillarda Yaponiya inqirozi davrida yapon professori tomonidan qo‘llanilgan. 1995-yil Yevropada Don Tapskotning “Цифровая экономика: oбeщaние и oпaснoсть в эпоху сeтeвoй рaзвeдки” asari va 1995-yil Nikolas Negroponte (Masachusets, AQSh) ning tadqiqot ishida qo‘llanilgan.
Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, raqamli iqtisodiyot o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo‘lib, uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir https://en.wikipedia.org/wiki/Digital_economy

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə