|
Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markaziTarkibiy va navigatsion strukturaPISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasiTarkibiy va navigatsion struktura
Raqamli vositalar bilan ishlaganda ekran o‘lchamlari sezilarli darajada bir-biridan
farq qiladi. Ular an’anaviy hisob varaqasidan uncha katta bo‘lmagan mobil telefoni
erkanidan to ayni bir vaqtda bir necha ma’lumotlarni ko‘rsata oladigan katta, bir
necha ekrandan iborat displeylargacha bo‘lishi mumkin. Mazkur qamrov doirasini
yaratish jarayonida odatdagi kompyuter (laptop va oddiy kompyuterlarning 15
yoki 17 dyumli ekranlari kabi) ekrani 1024x768 pikselli tasvirlarni aks ettiradi.
Qisqa matnli ma’lumotlar bilan ishlaganda A4 formatdagi yarim sahifali matnni
aks ettirish uchun odatdagi shrift o‘lchami kifoya qiladi. Tasvirli matnlar bilan
ishlaganda o‘quvchilar ma’lum sahifani qidirib topishlari uchun raqamli matnlarning
kerakli qismini ko‘rsatishda qator uskunalar panelidan foydalaniladi. Bularga (word
prosessorlari va elektron jadvallar kabi qator boshqa dasturiy ilovalarda bo‘lganidek)
tasvirlarni o‘tkazib ko‘rish imkonini beruvchi elektron tugmacha va qo‘shimcha
elektron sahifacha kabi umumiy uskunalar paneli va ekrandagi matn o‘lchamini
kattalashtiradigan yoki boshqa joyga suradigan uskunalardan to menyular,
mundarija jadvallari va matn qismlari o‘rtasida siljitiladigan giperssilkalar kabi
muayyan uskunalar kiradi. Raqamli matnlar bilan ishlash o‘quvchilardan ma’lum
bilim va ko‘nikmalarni talab etishi o‘z isbotini topmoqda (OECD, 2011[25]; Rouet,
Voros va Pley, 2012[82]). Shuning uchun, o‘quvchilarning uskunalar panelidan va
elektron ilovalardan foydalanib, matnlar bilan ishlash qobiliyatini baholash talab
etiladi. Soddalashtirish maqsadida PISA 2018 qamrov doirasida ancha murakkab,
chiziqli bo‘lmagan, ma’lum zichlikka ega bo‘lgan va navigatsion qurilamardan iborat
“faol” matnlardan ko‘ra oson boshqariladigan (odatda bir yoki bir necha safihadan
iborat) sodda navigatsion qurilmali “statik” matnlarni beriladi. “Zichlik” deganda
faol matnlar statik matnlarga qaraganda hajman katta bo‘lmasligi kerakligiga e’tibor
qaratish lozim.
Faoliyat sohasini keng qamrab olish va avvalgi qamrov doiralari bilan
muvofiqligini ta’minlash maqsadida 2018-yildagi qamrov doirasida ham matnlarni
tasniflashning avvalgi ikki mezonlari saqlab qolingan bo‘lib, bular matnning
“formati” va “turi” dir.
|
|
|