Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar


O’zbekistonda din sohasidagi ilmiy asoslangan siyosat



Yüklə 69,25 Kb.
səhifə7/17
tarix11.12.2023
ölçüsü69,25 Kb.
#148319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar 39

O’zbekistonda din sohasidagi ilmiy asoslangan siyosat.


Ko`pgina rivojlangan davlatlarda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga muayyan darajada erishilgan bo`lsada, uni yanada takomillashtirish jarayoni davom etmoqda. Fuqarolik jamiyati tushunchasi asosida inson erkinligi, uning barcha ko`rinish va munosabatlarda namoyon bo`lishi g`oyasi yotadi.
Bugungi kunda ekstremizmning eng keng tarqalgan shakli bu diniy ekstremizmdir. Diniy tafakkurning siyosiylashuv jarayoni global miqyosda, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida ham dolzarb muammo bo`lib qolmoqda.
Konfessiyalararo munosabatlarda inson erkinligini ta`minlash uchun vijdon erkinligi va tolerantlik tamoyili hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fuqarolik jamiyatida har bir inson istagan diniga e`tiqod qilishi yoki hech bir dinga e`tiqod qilmasligi mumkin. Bu inson ruhiy erkinligining hal qilivchi tamoyili va ajralmas xususiyatidir. Shu sababli fuqarolik jamiyatini quruvchi barcha davlatlarda vijdon erkinligi tamoyili Konstitutsiya darajasida kafolatlangan. Mamlakatimizda fuqarolaning o`z diniy huquqlarini amalga oshirishlari uchun yaratilgan sharoitlarni diniy tashkilotlar misolida ham ko`rish mumkin.
Hozirda respubikamizda 2186 ta diniy tahkilot faoliyat yuritmoqda. Mustaqillik sharofati tufayli ularning faoliyati tom ma`noda tiklandi va rivoj topmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan, diniy va dunyoviy fanlar bo`yicha bilim beriladigan Toshkent islom universtitetining faoliyat ko`rsata boshlashi esa bu yo`nalishdagi muhim qadamlardan bo`ldi.
Bundan tashqari fuqarolarga islom dinining ezgu mohiyatini tushuntirish maqsadida O`zbekiston musulmonlari idorasining “Hidoyat” oylik jurnali va “Islom nuri” gazetalari muntazam chop etilmoqda. Respublika televidenitesi orqali “Ziyo” studiyasi va “Hidoyat sari” ko`rsatuvlari muntazam berib borilmoqda.
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda ko`plab qadimgi diniy-madaniy obidalar tiklandi, ta`mirlandi, qayta qurildi, yangi yodgorlik majmualari yaratildi. Buyuk mutafakkirlarimizning yubileylari mamlakatimiz va jahon miqyosida keng nishonlandi. Ro`za va qurbon hayitlari bayram kunlari deb e`lon qilindi. Davlat tomonidan haj safariga borish uchun keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi.

Fuqarolarda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish.


Tarix o`zgha hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollari uzluksiz takomillashib borganini ko`rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik qurolgacha, zambaraklardan tortib yer yuzining har qanday nuqtasigacha bexato yetib boradigan qit`alararo ballistik raketalargacha bo`lgan uzoq takomil yo`lini bosib o`tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo`lgan hududlar aholisini jismonan yo`q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o`zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini mavh etish shart emas. Zero, ongi va shurii zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari “ma`qul” yo`nalishga o`zgartirilgan yerlik aholisi ko`magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin bo`lib qolmoqda.
Mamlakatimiz ichida o'zlarining g'ayriinsoniy va g'ayriislomiy g'oyalarini tarqatishga harakat qilayotgan diniy ekstremistlar ham ana shunday g`araziy maqsadlarni, ya'ni yoshlarni chalg'itish, ular yordamida mamlakatni o'z taraqqiyot yq'lidan chetlatib yuborishga intiladilar.
“Bugungi kunda,- deb yozadi Yurtboshimiz - insoniyat qo`lida mavjud bo`lgan qurol-yarog`lar yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta havf-insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo`layotgan kurashlar ko`p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim.”
Shunday sharoitda mohiyatan g`ayriinsoniy, shu jumladan diniy ekstremistik g`oyalarga qarshi tura olish uchun kishilarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirish markaziy masalalardan biriga aylanmoqda. Immunitet deganda tibbiyotda organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlash, o`zini turli, shu jumladan zararli ta`sirlardan himoya qilishga qodir bo`lgan hususiyatlari majmui tushuniladi. Immunitet kishi vujudining turli infeksion kasalliklarga berilmaslik xususiyatini ham ifodalaydi.
Insonning tug`ma bo`lgan ana shu umumiy immunitet tizimidan farqli ravishda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur. U daxlsizlikni ta`minlashga xizmat qiladi.
Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri bu bilimdir. Ammo bilimlar ko`p. Diniy ekstremizm va terrorizm tarafdorlari ham muayyan bilimlarga tayanadilar va uni omma ongiga singdirishga harakat qiladilar. Demak, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob`yektiv bo`lishi, voqeylikni to`g`ri va to`liq aks ettirishi, inson ma`naviyatining boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Bu bir tomondan. Ikkinchi tomondan, bu bilimlar o`z mohiyat e`tiboriga ko`ra, Vatan, millat, insoniyat manfaatlari bilan uzviy bog`liq bo`lmog`i kerak. Fuqarolarimizning asl islom haqida xolis va yetarli bilimga ega bo`lishlari diniy ekstremizmga qarshi immunitetni shakllantirishning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi.
Mafkuraviy immunitetning ikkinchi asosiy unsuri ana shunday bilimlar zamirida shakllandigan baholar, qadriyatlar tizimidir. Bilimlar qanchalik xolis va chuqur bo`lsa, uning zamirida yuzaga kelgan baholar, qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va mafkuraviy infeksiyalar yo`lida mustahkam qalqon bo`lib xizmat qiladi.
Asl islom haqida muayan bilimlarga ega bo`lish, uning bayrog`i ostida taqdim etilayotgan g`oyalar, qarashlar va harakatlarni to`g`ri baholash, ularning mohiyatan islomiy qadriyatlarga butunlay zid ekanini anglab yetishga xizmat qiladi, degan xulosani chiqarish imkonini beradi. Bilimlar va qadriyatlar tizimi ham mafkuraviy immunitetning mohiyatini to`liq ifoda eta olmaydi. Zero, mafkuraviy immunitetning uchinchi muhim unsuri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma`rifiy sohalardagi mo`ljal va maqsadlar tizimi bilan bo`gliq. Ana shunday aniq tizim bo`lmas ekan, hoh alohida inson, hoh millat yoki jamiyat bo`lsin, goh oshkora, goh pinxona ko`rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amri maholdir.
Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda yot g`oyalar kirib kelishining oldini olish va ularni yo`qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o`z ichiga oladigan mafkuraviy profilaktikaning o`rni katta. U ijtimoiy institutlar tomonidan xilma-xil shakllarda amalga oshiriladigan g`oyaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy ishlar majmuini to`g`i tashkil etilgan butun tarbiya tizimini qamrab oladi.
Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, “Millat bor ekan, milliy davlat bor kan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an`ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o`z ta`siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o`z manfaati yo`lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy havf sifatida saqlanib qolishi muqarrar”.
Shunday ekan, voyaga yetayotgan har bir farzandimizni kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni ta`minlashimizning asosiy shartlaridn biri bo`lib qolaveradi.


Yüklə 69,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə