Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki(xttb)



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə5/8
tarix03.03.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#101880
1   2   3   4   5   6   7   8
4 mavzu Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning

QO’SHMA KORXONA

  • Ikki yoki undan ortiq mahalliy va xorijiy mamlakat subʼektlari ishtirokida tovar ishlab chiqarish va xizmatlar koʼrsatish, foyda olish maqsadida yuridik shaxs sifatida tashkil etiladigan, mamlakatning qonunchilik talablari asosida tuzilgan xoʼjalik yurituvchi subʼektga qoʼshma korxona deyiladi.
  • XIIK davlat roʼyxatiga olingan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs huquqiga ega boʼladi. XIIKlar tashkil etish va ularni davlat roʼyxatiga olish tartibi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
  • Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir. O’zbekiston Respublikasida qo’shma korxona deganda,
  • nizom kapitalining kamida 15 %i xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan,
  • nizom kapitalining eng kam miqdori 400 mln. so’mga teng bo’lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi.

UNCTAD - BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING SAVDO VA RIVOJLANISH BO'YICHA KONFERENTSIYASI

  • BMTning savdo va rivojlanish boʼyicha boʼlinmasi — BMT Bosh Аssambleyasi organi.
  •  1964 yilda tashkil topgan.
  • YuNKTАD shtab-kvartirasi Jenevada joylashgan. 
  • 1991 yildan beri dunyo boʼylab investitsiyalar harakati boʼyicha hisobotni eʼlon qilib keladi.
  • Ma‘lumki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Xorijlik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
  • 1. O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish. Bunga misol qilib XIIKlarni (ustav kapitalining kamida 30 foizi xorijlik investorga tegishli bo‘lishi kerak) keltirish mumkin, ya‘ni qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish eng ommabop shakl hisoblanadi.
  • 2. Xorijlik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish, ya‘ni sof xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Bunda jami (100 %) ustav kapitali xorijlik investorga tegishli bo‘ladi.
  • 3. Mol-mulk, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
  • 4. Intellektual mulkka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
  • 5. Kontsessiyalar, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan kontsessiyalar olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
  • 6. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari obyektlariga, turar-joy binolariga ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek, erga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali xorij sarmoyasini jalb qilish.
  • 7. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
  • 8. Xalqaro lizing amaliyotini rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə