Xalqsevar shoir muhammad yusufni yod etib



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.12.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#97671
  1   2   3


JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
 
www.sciencebox.uz
SPECIAL ISSUE: Modern Tendencies of Innovative 
Learning and Teaching-2022
ISSN: 2181-2594
 
Journal of Innovations in Social Sciences
 
124 
 XALQSEVAR SHOIR MUHAMMAD YUSUFNI YOD ETIB 
 
Ibotov Qobiljon Nurilla o‘g‘li 
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti 
Umarov Aziz Akramovich 
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavsizligi universiteti ofitseri 
 
Anatatsiya: 
Mazkur maqolada o’zbek adabiyotini yuksak cho’qqiga ko’targan, yosh 
ijodkorlarimizni qalbida chuqur iz qoldirgan, jamoatchilik nazarini o’z tomoniga qarata olgan shoir 
Muhammad Yusuf ijodi hamda uning asarlarini chuqur o’rganib, shoirimizni xayot yo’llari xaqida 
qisqa hikoya qilingan. 
Kalit so’zlar:
 shoir, o’zbek she’riyati, millat, mustaqillik,ijod bog’i, vatan madhi, shoir yuragi. 
O`zbek adabiyoti shunday chamanzorki uning bo`stonida turfa xil gullarni va ranglarni uchratishimiz 
mumkin. Bu bo‘stonda bir-biriga o`xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi 
qayta-qayta bo`y cho`zaveradi.Ana shunday betakror shoirlardan biri, shubhasiz, O’zbekiston xalq 
shoiri, xalqimizning suyukli farzandi Muhammad Yusufdir.
Ana shunday betakror shoirlardan biri, shubhasiz, O`zbekiston xalq shoiri, xalqimizning suyukli 
farzandi Muhammad Yusufdir.Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining 
Marhamat (1898-yilda mashhur Dukchi eshon qo`zg`oloni bo`lib o`tgan Mingtepa) tumanidagi 
Qovunchi qishlog`ida oddiy oilada tavallud topdi. Mana shu qishloqda beg`ubor bolaligi, sho`x-
shodon o`smirligi o`tdi.U Yusuf ota va Enaxon ayalarning ikki o’g’il, uch qiz farzandlari ichida erka 
dilbandi bo’lib ulg’aygan. Noyob iste’dod sohibi bo’lmish Muhammad Yusuf bolalik chog’larida 
sho’x yigit bo’lib, ko’p narsalarga qiziqqan, yuragida muhabbat, tomirlarida oqayotgan qonning 
jo’shqinligi uning she’rlarida yaqqol namoyon bo’ladi. Muhammad Yusuf bolalikdan ziyrak, juda 
qiziquvchan bo’lganligi bois ko’p kitoblarni sevib o’qigan va savollarga javob izlagan. Shu bilan 
birgalikda Muhammad Yusuf ochiqko’ngil va hayolparast bola bo’lib, sheriyat va adabiyotga mehri 
juda baland bo’lgan. Bunday mehrni uning qalbida buvijonisi Tursunxon ena uyg’otgan edi. 
Muhammad Yusuf garchi oddiy dehqon oilasida dunyoga kelgan bo’lsada, o’qish va ishlarida katta 
muvaffaqiyatlarga erishadi. 1973-yili o’rta maktabni a’lo baholarga tugatib, Reshetov nomidagi Rus 
tili va adabiyoti Institutiga o’qishga kiradi. 1978-80 — yillar oralig’ida harbiy xizmatni o’taydi va bu 
davrlar shoir uchun mashaqqatli va murakkab tajribali davr bo’ladi, shoir ko’nglida ,,Ona vatan’’ 
tuyg’usi yanada alangalanadi. Shu tariqa shoirning keng qamrovli ijod faoliyati boshlanadi.
Nechun qulluq qilmay Andijonga men — 
Shu yurtda tug`ildim, shu yurtda o`sdim. 
Agar do`stim bo`lsa, bitta u do`stim — 
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!.. 
Yodimga o`t tushsin, etmasam yodlar — 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə