Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligin to’g’risidagi qonun bandlarini o’rganish. Reja: Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari



Yüklə 21,13 Kb.
səhifə1/4
tarix14.02.2023
ölçüsü21,13 Kb.
#100788
  1   2   3   4
9-маъруза


Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligin to’g’risidagi qonun bandlarini o’rganish.
Reja:
1.Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari
2.Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish
3.sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini qayta ko‘rib chiqish

Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari


Qonun hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarining birinchi tipiga muvofiq bo‘lgan loyihalanayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligini majburiy deklaratsiyalashga tegishli bo‘ladi.
Boshqa xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot, shuningdek sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish yuzasidan akkreditatsiyaga ega bo‘lgan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyekti identifikatsiya qilingan taqdirda tashkilot rahbari ushbu obyekt to‘g‘risidagi ma`lumotlarni favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tegishli hududiy boshqarmaga va "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasining mintaqaviy organlariga, yuqori tashkilotga, vazirlik yoki idoraga (mavjud bo‘lganda) hamda xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etadi. Ma`lumotlar ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalar va
"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasining mintaqaviy organlari har yili o‘zlarining markaziy apparatlariga, xavfsizligi majburiy deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun umumlashtirilgan axborot taqdim etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va
"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasi o‘zlarining bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlarni hisobga olgan holda xavfsizligi majburiy deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari ro‘yxatini shakllantiradilar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.

Yüklə 21,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə