Xborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot


Vaqt davri Axborotdan foydalanish konsepsiyasi



Yüklə 352,2 Kb.
səhifə3/31
tarix24.06.2022
ölçüsü352,2 Kb.
#90051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Xborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot

Vaqt davri

Axborotdan foydalanish konsepsiyasi

Axborot tizimlari turlari

Foydalanish maqsadi

1950- 1960 yy.

Hisob-kitob hujjatlarining qog‘ozdagi oqimi

Elektromexanika- buxgalteriya mashinalarida hisob-kitob hujjatlariga ishlov berish axborot tizimlari



Hujjatlarga ishlov berish tezligini oshirish.
Hisoblarga ishlov berish va ish haqini hisoblash protseduralarini soddalashtirish

1960-1970 yy.

Hisobotlarni tayyorlashda asosiy yordam

Ishlab chiqarish axboroti uchun boshqaruv axborot tizimlari

Hisobotlarni tayyorlash jarayonini tezlashtirish

1970-1980 yy.

Sotishning boshqaruv nazorati



Qarorlar qabul qilishni qо‘llab-quvvatlash tizimi.
Yuqori boshqaruv bо‘g‘ini uchun tizimlar

Eng oqilona yechimni tanlab olish

1980-2005 yy.

Axborot – raqobatli ustunlikni ta’minlovchi strategik resurs

Strategik axborot tizimlari.
Avtomatlashtirilgan ofislar

Firmaning omon qolishi va gullab-yashnashi

2000 –2010 yy.

Axborot – bu jamiyat rivojlanishining asosiy resurslaridan biridir

Taqsimlangan axborot tizimlari.
Intellektual axborot tizimlari.

Jamiyatni axborotlashtirish

2010-x.v.

Foydalanuvchilarning davlat (interaktiv) xizmatlarini tez va qulay olishning sifatli yangi darajasi

Davlat axborot tizimlari (Elektron xukumat)

Davlat organlarining ochiqliligi

Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo bо‘ldi. Bu yillarda ular hisoblarga ishlov berish va ish haqini hisoblashga mо‘ljallangan bо‘lib, elektromexanik-buxgalterlik mashinalarida amalga oshirilar edi. Bu hujjatlarni qog‘ozda tayyorlashga sarflanadigan vaqt va xarajatlarni birmuncha qisqartirishga olib keldi.


60-yillar axborot tizimlariga munosabat о‘zgargan yillar bо‘ldi. Ulardan olingan axborot kо‘plab parametrlar bо‘yicha davriy hisobotlar uchun qо‘llanila boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ilgari bо‘lganidek, faqat hisob raqamlarigaxizmat kо‘rsatadigan va ish haqini hisoblaydigan emas, balki keng maqsadlarga mо‘ljallangan, kо‘plab funksiyalarga xizmat kо‘rsata oladigan kompyuter uskunalari talab etilardi.
70-yillarning boshi 80-yillarda axborot tizimlaridan qarorlar qabul qilish jarayonini qо‘llab-quvvatlash va tezlashtirish, boshqaruv nazorat vositasi sifatida keng foydalanila boshlandi.
80-yillarning oxiriga kelib axborot tizimlaridan foydalanish konsepsiyasi yana о‘zgaradi. Ular axborotning strategik manbai bо‘lib qoldi va istalgan yо‘nalishdagi tashkilotning barcha darajadalarida foydalanildi. Bu davrning axborot tizimlari о‘z vaqtida zarur axborotni taqdim etib, tashkilotga о‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish, yangi tovarlar yaratish va xizmatlar kо‘rsatish, mahsulotni sotish uchun yangi bozorlar topish, о‘ziga mos sheriklarni ta’minlash, past narxlarda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va kо‘plab boshqa sohalarda yordam beradi.

Yüklə 352,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə