Xix asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik va ularning maorif hamda matbuot sohasidagi faoliyati



Yüklə 479,72 Kb.
səhifə1/3
tarix22.05.2023
ölçüsü479,72 Kb.
#112037
  1   2   3
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik va ularning maorif hamda matbuot sohasidagi faoliyati

XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik va ularning maorif hamda matbuot sohasidagi faoliyati

Jadidlar harakati

  • "Jadid" arabcha so’z bo’lib, "yangi" degan ma'noni bildiradi. Ismoilbek g'oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari "jadidlar", uning g'oyalari esa jadidchilik nomini oldi. Ismoilbek Gaspirali darslik yaratdi, o’zining "Tarjimon" (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida targ'ib qildi. Bu gazeta Turkiston olkasi shaharlarida, shuningdek Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham tarqala boshladi.

Jadidchilik harakatining boshlanishi

  • 1892 yilda Ismoil Gaspirali Turkistonga tashrifi ham jadidchilik g'oyalarining keyingi rivojiga ta'sir ko’rsatdi. U chor ma'murlari xukmdorlari va Buxoro amiri Abdulaxadxon qabulida bo’ldi. U Buxoro amirini qiyinchilik bilan amirlik poytaxtida yangi usul maktabi ochishga kondirishga erishdi. Bu maktabga "Muzaffariya" nomi berildi. 1899 yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901 yilda Qo’qonda Salohiddin domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo’lib jadid maktablari ochdilar.

Yangi usul maktablarining ochilishi

  • 1903 yilga kelib birgina Turkiston o’lkasida 100 dan ziyod boshlang'ich jadid usuli maktablari ochilgan edi. Turkiston jadidlariga Maxmudxqja Bexbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa o’nlab milliy ziyolilar rahnomolik qildilar. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar ham yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning "Usto’zi avval" (1903), Munavvarqorining "Adibi avval" (1907), Abdulla Avloniyning "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim" (1912) darsliklari alohida e'tiborga molikdir. Jadidlar yoshlarni chet ellarga o’qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg'or vakillari jadidlarning bu harakatini ma'qullab tegishli mablag' bilan komaklashdilar. Ko’pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga o’qishga yuborildi. 1910 yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy va boshqalar "Bolalar tarbiyasi" xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911 yilda 15 ta, 1912 yilda 30 ta talabani Turkiyaga o’qishga jo’natdi

Yüklə 479,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə