Xix asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik va ularning maorif hamda matbuot sohasidagi faoliyati


Jadidchilikning asosiy maqsad va vazifalari



Yüklə 479,72 Kb.
səhifə2/3
tarix22.05.2023
ölçüsü479,72 Kb.
#112037
1   2   3
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik va ularning maorif hamda matbuot sohasidagi faoliyati

Jadidchilikning asosiy maqsad va vazifalari

  • Jadidchilik Turkistonda madaniy-ma'rifiy harakat sifatida rivojlandi va asosiy maqsadi milliy hayotni zamonaviylashtirishga qaratildi. Bu jumladan quyidagilarni anglatar edi;
  • -xalq ta'limini isloh qilish;

    -adabiyotni rivojlantirish;

    -zamonaviy matbuotni yaratish;

    -islom aqidaparastligi va mutaassiblikni rad etish;

    -zamonaviy teatr va dramaturgiyani yaratish;

    -tarix fanini rivojlantirish va o’zbek xalqining yangi tarixini yo’zish.

Jadidlarning xalqparvarligi

  • Jadidlar etiqodli, izchil va chinakam musulmonlar bo’lib, hech mahal Turkistonda islom dini arkonlarini taftish qilishni istamaganlar. Jadidlar islomni bar xil soxtaliklardan tozalab, xaqiqiy dinni qaror toptirish va dunyoviy bilimlami egallash yo’li bilan jamiyatda uning ta'sirini mustahkamlashga erishmoqchi edilar.
  • Jadidlarga mutaassib ruxoniylar qarshilik ko’rsatdilar. Ular jadidlarni padarkushlar, maktablari haqida esa «bu xil maktabda O’quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o’qiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarni taxtdan ag'darib turmaga tiqib qo’yishadi», -der edilar.

Jadidlarning xalqaro aloqalar

  • Jadidlarning xalqaro aloqalari keng qamrovli bo’lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi Jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo’lganlar. Shu bilan birga, Jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munavvar qori rahnamoligida 1913 yilda musulmon drama san'ati havaskorlari jamiyati-«Turon» truppasi tuzildi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatr binosida O’zbek milliy teatrining 1-rasmiy ochilish marosimi bo’ldi. O’sha kuni sahnada M.Behbudiyning «Padarkush» pesasi namoyish etildi. Milliy teatr san’ati odamlarga millatda mavjud bo’lgan qusurlar va ijobiy tomonlarning tushuntiruvchi oyna bo’lib xizmat qildi.

Gazeta va jurnallarning ommaga taqdim etilishi

  • Abduqodir Shukuriy, Maxmudxo’ja Bexbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori va boshqalar kuch-g'ayratlarini o’z islohotchilik g'oyalarini aholi orasida targ'ib etishga qaratishdi. Qattiq qo’l senzuraga qaramasdan, ular o’z gazeta va jurnallarini nashr eta boshlashdi. Turkistonda 1906-1908 yillarda Jadidlarning «Taraqqiy», «Shuxrat», «Xurshid», 1913-1917 yillarda «Sadoi Turkiston», «Samarqand», «Oyina», «Turon», «Buxoroi Sharif», «Sadoi Farg'ona» va boshqa gazetalari bosmadan chiqa boshladi.

Yüklə 479,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə