Xloroplastlar faqat oʻsimliklar va fotosintez qiluvchi suv oʻtlarida uchraydi. (Odamlar va boshqa hayvonlarda xloroplastlar mavjud emas.) Xloroplastning vazifasi fotosintez deb nomlanuvchi jarayonni amalga oshirishdir. Fotosintez



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə2/25
tarix23.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#157892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
xlorofil

Mitoxondriya


Mitoxondriya odatda hujayraning energiya “zavodlari” yoki quvvat manbai deb ataladi. Ularning bosh vazifasi hujayraning asosiy energiya tashuvchisi boʻlgan molekula ATF (adenozin trifosfat)ni sintez qilishdir. ATFning sintez boʻlish jarayoni hujayraning nafas olishi orqali amalga oshadi va bu reaksiyalarning koʻpchiligi mitoxondriyaning ichida kechadi.
Mitoxondriya ham xuddi xloroplast kabi ikki qavat membranadan tashkil topib, gelsimon sitozolning ichida joylashgan boʻladi. Ovalsimon shaklda boʻlgan mitoxondriyaning tashqi qobigʻi organella atrofini butunlay oʻrab turadi, ichki tarafi esa kristalar deb ataladigan koʻplab boʻrtmalardan tashkil topgan va ular ichki yuzaning oshishiga sabab boʻladi.

Mitoxondriyaning matriks, kristalar, tashqi va ichki qobigʻi koʻrsatilgan elektron mikrosurat.
_Manba: yuqoridagi rasm OpenStax Biology (CC BY 3.0)ʼning Eukaryotic cells: Figure 7” (Eukariot hujayralar) nomli grafik materali Metyu Britton tomonidan oʻzgartirilgan. Oʻlchov maʼlumoti Mett Rassel tomonidan kiritilgan. Pastdagi rasm: Kelvin Maʼning “Mitoxondrion mini” (Mitoxondriya) nomli grafik materiali oʻzgartirib olindi (public domain)._
Kristalar bir vaqtlar keng va toʻlqinli burmalar sifatida tasavvur qilinar edi, lekin Sal oʻzining mitoxondriya videosida ularni uzun kovaklar sifatida tushuntiradi. Mana bu yerda mitoxondriya kesmasining 3D koʻrinishi tasvirlangan.

Manba: “MitoxondriyaCAM / Carmann (public domen).\[^2\]
Membranalar orasidagi boʻshliq intermembrana boʻshligʻi, ichki membrana bilan oʻralgan qism esa mitoxondriya matriksi deb ataladi. Matriksning ichida mitoxondriyaning DNK va ribosomalari mavjud. Biz mitoxondriya va xloroplastlarning nega oʻz DNK va ribosomalari borligi haqida keyinroq toʻxtalib oʻtamiz.
Mitoxondriyaning koʻp qismli tuzilishi biz uchun murakkab tuyulishi mumkin. Lekin shunday murakkab tuzilish mitoxondriyaning turli xil qismlarida moddalar konsentratsiyasi farqlanishiga olib keladi va bu hujayraning nafas olishi amalga oshishini osonlashtiradi. 
Bu qanday amalga oshadi?
Mitoxondriya insonning koʻp hujayralarida (hayvonlarda ham) topilgan boʻlsa-da, uning soni hujayra turiga qarab farqlanadi. Misol uchun, muskul hujayralarida juda koʻp miqdorda mitoxondriya bor. Lekin asosiy vazifasi kislorod tashish boʻlgan qizil qon tanachalarida mitoxondriya mavjud emas.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə