Xo'jalik jarayonlari tufayli balansdagi o'zgarishlar Reja


Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida tushuncha



Yüklə 8,71 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü8,71 Kb.
#160357
1   2
7-mavzu

Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida tushuncha. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablaglari va ularning tashkil topish manbalarining harakati to‘g‘risida ma’lumotga ega bolish uchun har bir mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari alohida-alohida raqamlar bilan belgilanadi. Mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari uchun belgilangan raqamlar buxgalteriya schyotlari deb yuritiladi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki tomoni bo‘lib, bir tomoni «Debet», ikkinchi tomoni tomoni «Kredit» deb yuritiladi. Qadimiy savdo kitoblarida schyotning «Debet» tomonida kir- im, «Kredit» tomonida chiqim ko‘rsatilgan. Hozirda ham bu ma’no qisman saqlanib qolgan.Bu schyotlar xo‘jalik mablagiari, ularning tashkil topish manbalarining harakatini hisobga olish ishlarini va ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishda ham qo‘l keladi. Masalan, buxgalteriya hisobi tizimida «Xomashyo va ma- teriallar» sozi o‘rida - 1010, «Kassa» so‘zi o‘rnida -5010, «Asosiy ishlab chiqarish» so‘zi o‘rnida - 2010, «Tayyor mahsulot» so‘zi o‘rnida - 2810 kabi raqamlardan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi schyotlari raqami bir davlatda bir xil qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining bir xilligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining 21-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qollash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli standart qabul qilingan. Ushbu standartdagi schyotlar yig‘indisiga «Buxgalteriya hisobi schyotlar tizimi» deyiladi. Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini va ularning tashkil topish manbalarini, xo‘jalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o'zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.
Korxona faoliyatida yoppasiga, uzluksiz hisob qilib borilar ekan, korxona barcha mulkim o‘rganib, ulaming xususiyatlarini yaxshilab anglab yetmoq kerakdir. Korxona mulklari hisobi to‘liq yuritilar ekan, hisob ishlarini osonlashtirish, oqilona tashkil etish maqsadida schyotlar rejasi ishlab chiqilgan. Shum nazarda tutmoq kerakki, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining ishlab chiqili- shi vahayotgatatbiq etilishi zaruriy hoi bo‘lganidek, schyotlaming yangi rejasini ishlab chiqish ham zamr bolib qoldi va schyotlaming yangi rejasi korxonalar moliya xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobida qo‘llanilib kelmoqda.
Har Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko’plab xo’jalik operatsiyalarini sodir etadi. Barcha xilma-xil xo’jalik operatsiyalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. Bu xo’jalik operatsiyalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jaklik operatsiyalari balansga faqat to’rt xil yo’l bilan ta’sir etadi.
Birinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
HarHar bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko’plab xo’jalik operatsiyalarini sodir etadi. Barcha xilma-xil xo’jalik operatsiyalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. Bu xo’jalik operatsiyalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jaklik operatsiyalari balansga faqat to’rt xil yo’l bilan ta’sir etadi.
Birinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
Ikkinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
Uchinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi.
Тo’rtinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. Balansga ta’sir qiladigan bunday o’zgarishlarni misollarda keltiramiz.
Yüklə 8,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə