Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning hozirgi holati va tahlili


Qo’llanilgan materiallar va uslublar



Yüklə 23,48 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü23,48 Kb.
#184045
1   2   3
Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning hozirgi holati tahlili

Qo’llanilgan materiallar va uslublar. Maqolada statistik, qiyosiy, internet materiallari va mavjud loyihalarni tahlil qilish, kuzatish, qiyosiy tahlil qilish va umumlashtirish kabi usullardan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar: Xorazm viloyatda ko`plab tarixiy-me‘moriy obidalarning mavjudligiga qaramasdan, hanuzgacha ular to`g`risidagi axborotni o`z ichiga olgan
ma‘lumotnoma tuzilmagan. Qal‘ajik qal‘asi, Ulli hovli obidasi, Bog`ishamol yozgi bog`i,Chodira bog`lari va Eshonravot ko`llari bo`ylab yangi turistik yo`nalishlar ochish mumkin. Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini targ`ib qilish borasida ko`proq chet el tajribasini o`rganish, reklama va marketing ishlarini yangi asoslarda tashkil qilish, tarixiy obidalarga tegishli o`ziga xos afsonalarni yozib olish va tarqatish hamda yangi turistik yo`nalishlarni tashkil etish kerak bo`ladi. Turizm sohasining hozirgi holati tahlili viloyatga keluvchi sayyohlar sonining yildan-yilga o`sib borayotganligini ko`rsatmoqda.
Xorazm viloyatida turizm rivojlanishiga to`sqinlik qilayotgan sabablar sifatida vohaning asosiy turistik markazlardan uzoqda joylashganligi, targ`ibot ishlarining talab darajasida emasligi, viloyatda turizm xizmatlari sifatining jahon andozalariga javob bermasligi, qo`shimcha xizmatlar (transport, bank, sanitariya-epidemiologik va sug`urta xizmatlari) rivojlanish darajasi pastligini ko`rsatish mumkin. Natijada, vohada mavjud sayyohlik salohiyatining atigi 10-15 foizidan foydalanilmoqda. Shu o`rinda viloyatda turizmning rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillarni alohida tahlil qilish kerak. Mintaqada sayyohlik tashkilotlari soni 2012-yilda 36 tani tashkil etgan bo`lsa ,2016-yilda 5 ta, 2017-2018-yillarda 8 ta, 2019-yilda 11 ta va 2020-yilda 5 ta turistik firma vа tashkilotlar qolgan. 2016-yilda mehmonxonalar soni 52 tani tashkil etgan bo`lsa 2020-yilda 82 ta, 2022-yilda 78 tani tashkil etib 4 ta mehmonxona o`z faoliyatni tugatgan.Bugungi kunda chet el investitsiyasini jalb qilgan holda tashkil etilgan 5 ta mehmonxona faoliyat ko`rsatmoqda. Ular qatoriga -Xeyvak, Xiva malikasi, Xorazm malikasi, Arqonchi, Xayot INN mehmonxonalarini kiritish mumkin. Quyidagi diagramma orqali mintaqada mehmonxona faoliyati bilan bog`liq statistik ma`lumotni ko`rishingiz mumkin.







Yüklə 23,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə