|
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning chet el tajribasi
|
səhifə | 2/6 | tarix | 30.12.2023 | ölçüsü | 16,8 Kb. | | #167426 |
| O\'zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish masalasiBugungi kunda xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq miqiyosda jalb qilish, xorijiy investorlarni o`z mablag`larini mamlakat iqtisodiyoti uchun sarflashga qiziqtirish maqsadida qonun asosida ular uchun imtiyozli moliyaviy sharoitlar yaratilgan, jumladan: - xorijiy investorlar kapitalini saqlanishi uchun kafolatlar;
- ko`rilgan zararlarni qoplanishi uchun kafolatlar;
- soliqqa tortish tizimida ularga oid belgilangan imtiyozlar;
- foyda va daromadlarni xorijga olib chiqib ketishning erkinligi;
- milliy so`mda va chet el valyutasida olingan foydalarni o`tkazish va olib chiqib ketish imkoniyati;
- bojxona imtiyozlarining mavjudligi;
- xorijiy investorlarning mulklari va ularning o`zlarini xavf-xatarlardan sug`urtaviy muhofaza qilish tizimini yaratilganligi.
O`zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati. SHu jihatdan O`zbekiston Davlati o`z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda. Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib topib, ular o`zaro bog`liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui.
Davlatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab, bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos iqtisodiy rivojlanish yo`lidan bormoqda. Bu yo`lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. CHunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta`mirlash ishlarini amalga oshirishni rag`batlantiradi.
Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste`mol tovarlari, ish joylarga bo`lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori darajada ta`minlashga erishish yo`lida quyidagi vazifalarga amal qilmoqda: Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste`mol tovarlari, ish joylarga bo`lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori darajada ta`minlashga erishish yo`lida quyidagi vazifalarga amal qilmoqda:
-Eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash;
-Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash;
-To`lov qobiliyatiga ega bo`lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish;
-Ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada foydalanishni ta`minlash;
Mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash va uni kuchaytirish. Samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat ko`rsatish soxasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyg`unlashtirish;
Tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib borishda muhim strategiyalar ishlab chiqarilgan bo`lib, ularning mohiyati kichik iqtisodiy sub`ektlar rivojlanishini qo`llab-quvvatlashdan iborat. Mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash va uni kuchaytirish;
Tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib borishda muhim strategiyalar ishlab chiqarilgan bo`lib, ularning mohiyati kichik iqtisodiy sub`ektlar rivojlanishini qo`llab-quvvatlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |
|
|