Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich



Yüklə 55,21 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü55,21 Kb.
#134282
Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich




Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich — Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, huquqshunos, bloger, Zakovat intellektual klubi bilimdonlaridan biri. Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan[1].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1989-yil 7-iyunda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tugʻilgan. Millati-oʻzbek.

  • 5 yoshligida Chiroqchi tumanidagi Habib Abdullayev nomidagi 3-oʻrta taʼlim maktabiga 1-sinfga oʻqishga borgan.

  • 2003-yilda Chiroqchi tumanidagi 2-ixtisoslashgan litseyning 9-sinfini tamomlab, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyda oʻqishni davom ettirgan.

  • 2006-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi boʻlgan. 2010-yilda Yuridik institutni imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

  • 2010-yili Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura boʻlimi „Jinoyat protsessi; kriminalistika va tezkor qidiruv huquqi; sud ekspertizasi“ yoʻnalishi magistranti boʻlgan. 2012-yilda Magistratura boʻlimini muvaffaqiyatli tamomlagan.

  • 2010-2013-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqituvchi.

  • 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi yuridik boʻlimi yuristkonsulti boʻlgan.

  • 2020-yil 28-yanvardan 1-iyulgacha Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida faoliyat olib bordi[2].

  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-dekabrdagi 1037-son qarori asosida Respublika oliy taʼlim kengashi aʼzosi etib tayinlangan[3].

  • 2020-yil 1-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 415-son qarori asosida Oʻzbekiston milliy axborot agentligi direktorining oʻrinbosari[4].

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari[1].

Blogerlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2012-yildan buyon „Xushnudbek.uz“ shaxsiy saytini yuritadi. Shuningdek, 2018-yil may oyida Telegram messenjerida kanal ochgan. Hozirda uning Telegram kanalini 587 mingdan ziyod obunachi kuzatib boradi(2023-yil sentyabr holatiga koʻra)[5]. 2018-yilgi blogerlar chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan.[6] 2019-yilda esa-yilning eng yaxshi blogeri deb topilgan.[7]
Zakovatdagi ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]
2004-yildan buyon Zakovat intellektual klubining aʼzosi va muntazam efir oʻyinlarida ishtirok etib keladi. Efir orqali ilk marta 2005-yil iyun oyida oʻyinlarda ishtirok etgan. Faoliyati davomida 9 marta Oliy liga finalida ishtirok etib, ulardan 4 tasida jamoasi bilan chempion boʻlgan. Zakovat intellektual oʻyinlarida erishgan yutuqlari: Toʻrt karra Zakovat oʻyinlari chempioni (2007, 2009, 2011, 2016-yillar); 2008, 2010, 2012, 2015 va 2018-yillarda Oliy liga oʻyinlari finalchisi; 2008 hamda 2012-yilgi Oliy liga final oʻyinidagi „Zakovat terma jamoasi“ aʼzosi; 2008-yilda „Yilning eng yaxshi yosh bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2011-yilda „Yilning eng faol bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2013-yilda „Tomoshabinlar mehrini qozongan bilimdon“ nominatsiyasi sohibi.
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Turmush oʻrtogʻi — Mehrinoz Nosirjon qizi Abbosova, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi markaziy kengashi direktorining maslahatchisi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi.

Yüklə 55,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə