Xudoynazarov muxammadning iqtisodiyot nazariyasi birinchi prezintatsiyasi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə12/17
tarix31.12.2021
ölçüsü1,4 Mb.
#81136
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Birinchi Prezintatsiyam Matematika Nazariyasi

Ishlab chiqarish omillari bilan uning natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarish omillari Yer /E/, kapital /К/ va ishchi kuchi /V/dan olingan mahsulotni /M/ dan iborat deb olsak, ishlab chiqarish funksiyasi M=f (E. К. V) ko‘rinishni oladi.


4.Ishlab chiqarishning natijalarini.Ishlab chiqarish funksiyasi

Iqtisodiyotning barcha darajasida resurslardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulotni uch xil o‘lchamda aniqlash mumkin: umumiy mahsulot, o‘rtacha mahsulot va qo‘shilgan mahsulot.

Umumiy mahsulot jalb qilingan asosiy kapital, ishchi kuchi, xomashyo va materiallardan foydalanish evaziga olingan mahsu- lotning mutlaq hajmidir.

O‘rtacha mahsulot (O‘M) esa jalb qilingan ishchi kuchi (V) yoki kapitalning (К) bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulotga aytiladi. Bu esa umumiy mahsulot (M) miqdorini umumiy resurs (ishchi kuchi yoki kapital) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. O‘M=M/V. (yoki O‘M=M/K)

Har bir qo‘shilgan resurs evaziga olingan qo‘shilgan mahsulot esa qo‘shilgan resurs unumdorligi deb aytiladi.

Yuqorida aytganimizdek, alohida olingan resurs evaziga qo‘shilgan mahsulot ma’lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Mana shu qo‘shilgan resurs unumdorligining pasayib borishini hisobga olib, marjinalistlar unumdorlikning kamayib borish qonunini kashf qilishgan.

Ularning g‘oyasi bo‘yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki resurs oldingisiga qaraganda kamroq samara beradi va oqibatda uning hisobiga olingan o‘rtacha mahsulot ham pasayib boradi.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə