Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Fanning rivojlanish tarixi



Yüklə 71,94 Kb.
səhifə4/7
tarix04.03.2023
ölçüsü71,94 Kb.
#101899
1   2   3   4   5   6   7
2-O‘simlik jamosi fitosenoz belgilari

O'simliklaming hayotiy shakllari

Tayanch so'zlar: gorizontal, vertikal, mozayiklik, o'simlik jamoasi, fitosenoz, struktura, sinmorfologiya, sinuziya.
O'simlik jamoasi (fitotsenoz) ning belgilari. O'simlik jamoasi strukturasi (sinmorfologiya). Vertikal struktura. Gorizontal struktura. Sinuziyalar. O'simliklar jamoasi deganda muayyan bir yerda bir guruho'simliklaming birgalikda yashashi va ma'lum bir manzara hosil qilishi tushuniladi. Yer yuzida bunday guruhlar turli xil o'simliklar (o'rmon, o'tloqzor, botqoqlik, dasht, cho'l o'simliklari) tipini tashkil qiladi. O'simlik jamoasi o'rganilayotganda turlarni o'zaro va bir- biriga nisbatan past-baland bo'lib joylanishi ham o'rganiladi. Bunga yaruslik yoki qavatlik deyiladi.
Sinuziya deganda jamoani tashkil etishda qatnashayotgan turlaming hayot formalai bo'yicha xilma-xilligi tushuniladi. Masalan: pastki yaruslami tashkil etishda gulli o'simliklaming o'tsimon vakillaridan tashqari sporali o'simliklardan plaunlar, qirqbo'g'bimlar va qirqquloqlar hamayni shu yarusni tashkil qilishi mumkin.
O'simliklar jamoasi o'rganiladigan konkret kichik bir maydondagi o'simliklar guruhi-assotsiatsiya nomi bilan ma'lum bo'lib. Bu nom 1910 yilda Bryusselda o'tkazilgan Xalqaro botaniklar kongressida qabul qilingan. O'zaro o'xshash assotsiyalaming bir nechtasi assotsiya gruppasini, bir necha assotsiatsiya gruppalari esa birlashib o'simlik formatsiyasini tashkil qiladi. Bir necha formatsiya birlashib formatsiya gruppasini. Formatsiya gruppalari formatsiya sinfini va nihoyat formatsiya sinflari eng yirik geobotanik birlik o'simlik tiplarini tashkil qiladi.
Geobotanik birliklar sxemasi:
O'simlik tipi - cho'l, dasht, o'rmon, tundra va boshqa hudud o'simliklari.
Formatsiya sinfi - psammofil, galofil, gipsofil kabi o'simliklar
Formatsiya gruppasi - daraxt-butali psammofillar, yarim butali psammofitlar, o'tsimon efemer psammofitlar va boshqalar.
Formatsiya - Oq saksovulli, aralash saksovulli. Qandimli, juzg'unli, cherkezli, quyon suyakli, shuvoqli va boshqa formatsiyalar.
Assotsiatsiya gruppasi - Barxanli qumlarda o'suvchi butali oq saksovullar, butali-iloqli oq saksovullar va boshqalar.
Assotsiatsiya - Butali oq saksovullar.
Yer sharida uchraydigan barcha o'simlik turlari hech vaqt yakka (boshqa tirik organizmlardan ajralgan) holda hayot kechira olmadi. Muayyan bir yeming o'zida bir necha o'simlik turlari birgalikda o'zayotganligini ko'rish mumkin. Bu o'simliklar tuban va yuksak o'simlik vakillaridan tashkil topgan bo'ladi. Haqiqatan ham barcha gulli o'simliklar bilan birga tuproqda ba’zi suvo'tlami, bakteriyalami va zamburug'lami uchratish mumkin. O'simliklar jamoasi (guruhi) deganda muayyan bir erda bir guruho'simliklaming birgalikda yashashi va ma'lum bir manzara hosil qilishi tushuniladi. Yer yuzida bunday guruhlar turli xil o'simliklar (o'rmon, o'tloqzor, botqoqlik, dasht, cho'l o'simliklari va hokazo) tipini tashkil qiladi.
Hayot jarayonlarida har bir o'simlik turi va umuman, jamoasi xilma-xil tashqi taassurotlarga duch keladi va shu taassurotlarga javob qaytarilgan holda o'z hayotini boshqradi. Akademik V.N.Sukachyev ta’biri (1957) bilan aytganda, "fitotsenoz- bu bir laboratoriya bo'lib, unda doimo moddalar va energiyaning hosil bo'lishi, o'zgarishi va akkumulyatsiyalanishi sodir bo'lib turadi".
O'simliklar jamoalari o'zaro bir-biri bilan tashqi muhit bilan ma'lum munosabatda bo'ladi. Bunda jamoalarning tarkib topishi, o'zgarishi, rivojlanishi (yoki shunga o'xshash boshqa hollar) ulaming tarixiy taraqqiyotiga va tashqi muhitning kompleks ta'siriga bog'liq ravishda o'tadi. Bu ta'sir natijasida jamoaning sharoitiga moslanishi yoki o'zgarishi Chatto yo'qolib ketishi) mumkin.
Har bir o'simlik jamoasining rivojlanishi, ulardagi qarama- qarshilik turlararo yoki bir tur ichida sodir bo'lishi mumkin.
A.A.Korchagin (1956) taklifiga ko'ra, o'simliklar jamoasidayuz beradigan o'zaro munosabatlar quyidagi kategoriyalarga bo'lib o'rganiladi:
1.To'g'ridan-to'g'ri yoki bevosita ta'sir ko'rsatuvchi munosabatlar. Bunga parazitlik, epifitlik, simbiozlik, fiziologik, biokimyoviy va mexanik munosabatlar kiradi.
2.Vositali munosabat.
Bunga muhit hosil qiluvchi va raqobat (konkurent) lik qiluvchi munosabatlar kiradi.
Bir fitotsenozni ikkinchisidan farqqilish uchun har bir jamoaning turlar tarkibi, turlar o'rtasidagi son va sifat munosabatlari, qatma-qatligi, davriyligi, yashash joyi va shunga o'xshash bir necha xususiyatlari e'tiborga olinadi.
Turlar. (floristik) tarkibi o'rganilganda har bir turning va hukmron (dominant) turning yer yuzasini qoplash darajasiga alohida e'tibor beriladi. Bunda ko'p uchraydigan (yoki kam uchraydigan) turga qarab shu joyning xarakteri haqidagi xulosa chiqarish mumkin. Masalan, o'tloqzorda g'ozpanja o'simligi juda siyrak bo'lishi shu joyning tuproqi unumsiz ekanligidan dalolat beradi. L.G.Ramenskiy bunday o'simliklami determinant (begilovchi, aniqlovchi) o'simliklar deb atagan.
Turlar tarkibi fitotsenozning tarixi taraqqiyotini ham aniqlashga yordam beradi. Masalan, qarag'ayzorlarda vetrenitsa o'simligining uchrashi bu yerlarda o'tmishda emanzorlar mavjud bo'lganligidan darak beradi.
Odatda, ma'lum bir kattalikdagi (1,10 yoki 100 m2) maydonda uchraydigan o'simliklar o'rganilayotganda, awalo, ular ro'yxatga olinadi va turlar soni aniqlanadi. Uchragan turlaming soni (raqam) yoki ballarda ifodalanadi. Bunda muayyan kvadrat metr maydondagi har bir turning soni va barcha turga mansub o'simlikningog'irligi aniqlanadi. Shunda dominant tur aniqlanadi. Dominantlik aniqlanganda doim uning soni asos bo'lavermasligi mumkin. Xususan, o'rmonlarda qoplam va manzara hosil qilishda boshqalarga nisbatan ustun turgan bir, ikki (ba'zan bir necha) tur dominant va subdominant turlar bo'lishi mumkin.
O'simlik jamoasi o'rganilayotganda turlami o'zaro va bir-biriga nisbatan past-baland bo'lib joylanishi ham o'rganiladi. Bunga yaruslik yoki qavatlik deyiladi. Jamoani tashkil qiluvchi bir necha turlar turli joylarda turli sondagi yaruslami tashkil qilishi mumkin. Masalan, o'rmonlarda o'suvchi o'simliklar 3-5 yarusdan iborat bo'lishi mum n. Bunda eng pastki yarusni o't o'simliklar (yoki tuban o'simliklardan bo'lgan lishayniklar, zamburug'lar) tashkil etishi mumkin.
O'simliklami bir-biriga nisbatan past-baland bo'lib joylanishini o'rganganda faqat yeming ustki qismi (tanasi) e'tiborga olinmasdan, balki uning ostki qismi (ildiz sistemasining bir-biriga nisbatan turli chuquriikda joylanishi) ham hisobga olinadi. Muayyan bir maydonda turlar tarkibi, turlar soni, yarusligi, tashqi ko'rinishi bilan bir-biridan ma'lum darajada ajraladigan bir necha jamoalarni ko'rish mumkin.
Bunday hollarda jamoa mikroguppa (yoki mikrofitotsenoz) lari haqida gap boradi. Masalan, o'rmon zonasidagi qalin o'rmonzorlarda bir xil mikrofitotsenoz mavjud bo'lsa, siyrakroq o'rmonlarda ikkinchi xil mikrofitotsenozni ko'rish mumkin. Bunday mikrogruppaga daraxtlardan tortib (agar ular mavjud bo'lsa) barcha buta, o't o'simliklar, yo'sinlar, lishayniklar, tuproq suv o'tlari, zamburug'lar, bakteriyalar kiritiladi.
Har bir o'simlik jamoasi tashqi ko'rinishiga ko'ra bir-biridan farqlanadi. Aleksandr Gumbold (1805) o'simliklami tashqi qiyofasiga ko'ra 19 ta gruppaga (boshoqli, qirqquloqsimon, kaktussimon, banansimon, lavrsimon va hokazo) bo'lgan.
O'simlik jamoasi o'rganilayotganda yuqorida ko'rsatilgan xususiyatlardan tashqari shu jamoani tashkil qilishda ishtirok etadigan o'simliklaming hayot formalari (bir yillik va ko'p yillik o'dar, butalar, daraxtlar) ham e'tiborga olinadi.
Yil davomida o'simlik jamoasining qiyofasi o'zgarib turishi mumkin. Bunday hollarda davriylik va aspekt (mavsumiylik) haqida gapiriladi. Aspektlaming yil davomida o'zgarib turishiga jamoa strukturasi ham ta’sir ko'rsatadi.
Fitotsenozning gorizontal tuzilishi (mozaikligi). Fitotsenozda o'simliklaming gorizontal joylanishini mozaikJik deyiladi. Mozaiklik har qanday fitotsenozga xos bo'lib uni olimlar turli terminlar bilan atashadi. E.A.Lavrenko (1959) mikrogruppa deb, P.D.Yaroshenko (1961) mikrogruppirovka deb atagan. Masalan, Janubiy-G'arbiy qizilqum yaylovlarida oq saksovul, shuvoq bilan birga tortula yo'sini o'sayotgan mikrogruppalami uchratish mumkin.
Fitotsenozga kiradigan turlar yig'indisi flora yoki floristik tarkib deyiladi. Uning tarkibiga yuksak o'simliklardan tashqari, bakteriyalar, suvo'tlari, zamburug'lar va lishayniklar ham kiradi. Fitotsenozdagi alohida turlaming har xil holatdagi individlar yig'indisi senopopulyatsiya deb ataladi. Ularga bir turga mansub bo'lgan tuproqda yoki .yer yuzida hayotchanligini yo'qotmagan urug'lar,' nihollar va har xil yoshdagi individlar kiradi. Demak, fitotsenozning turlar tarkibi senopopulyatsiyalar yig'indisidan iboratdir. Turlaming o'zi esa populyatsiyalar tizimidan iborat. Senozdagi har bir tur senopopulyatsiyasi soni va yoshining nisbati bilan farqlanishi mumkin.
T.A.Rabotnov o'simliklar populyatsiyalarining hayotini yoshi .. bo'yicha quyidagi asosiy davrlarga bo'ladi: latent, virginil, generativ, senil.
Jamoadagi populyatsiya tarkibida o'simliklaming har xil yoshdagi individlari mavjud bo'lib, bu turning jamoada turg'un saqlanib qolish holatini belgilab, uning normal hayot kechirayotganligidan dalolat beradi.
T.A.Rabotnov ma’lumoti bo'yicha, inazion, normal va regressiv tipdagi populyatsiyalar farqqilinadi.
Invazion tipdagi populyatsiyajamoaga yangi kirib kelayotgan populyatsiya tushuniladi. Bu yerda nihol, yosh, voyaga etgan holatdagi o'simliklami uchratish mumkin. Urug'lari fitotsenozga tashqaridan kelib, jamoada muhim o'rinni egallashi yoki aksincha yashay olmasligi ham kuzatiladi.
Regressiv tipdagi populyatsiya - ular asosan qari yoki generativ vakillardan iborat bo'lib, ya’ni generativ ko'payish xususiyatini yo'qotgan populyatsiyalardir. Ular gullamaydi, gullasa ham urug'lari unuvchanlik xususiyatiga ega emas. Bu esa populyatsiyani fitotsenozdan nobud bo'lish chegarasida bo'ladi.
Normal tipdagi populyatsiya - bunda spora yoki urug'lardan boshlab to voyaga etgan o'simliklami ko'rish mumkin. O'simliklar rivojlanish davrining barcha bosqichlarini bosib o'tadi. Demak, katta hayotiy shakli normal boradi.
Fitotsenozning turlarga qanchalik to'yinganligini ma'lum bir maydon birligida (lm2, 100 m2) uchraydigan turlar soni ifodalaydi. Bunirig uchun bir necha namuna maydonchalarini ajratib olib, shu yerdagi mavjud barcha o'simliklaming to'liq ro'yxati beriladi. Bizning sharoitimizda turlarga boy hudud tog'hududi hisoblanib, mingdan ortiqo'simlik turlari mavjud. Fitotsenozning turlarga boyligi- to'yinganligi bir qancha omillarga bog'liq bo'ladi, ya’ni kuzatilayotgan joy florasining ko'pligi, mikroiqlimi, tuprog'i, fitotsenozning muhitga ko'rsatayotgan ta'siri, uning yoshi, holati hamda antropogen, texnik omillarga va hakozo.
Turlaming miqdor ko'rsatkichi bu mo'llikdir. Mo'llik o'simliklar soni bilan ifodalanadi. Fitotsenozlar turlar mo'lligi jihatdan bir-birlaridan farqlanadilar. Masalan, tog' hududidagi fitotsenozlar turlarga boy bo'lgan o'simliklar jamoasi hisoblanadi.
Fitotsenozdagi populyatsiyalaming sifat jihatdan roli ham bir xil bo'lmaydi. Jamoada edifikator, subedifikator, dominantlar, subdominantlar, assektatorlar, antropofitlami ajratish qabul qilingan. Shu bilan birgalikda jamoaning tashqi ko'rinishiga-aspektiga ham e'tibor berish kerak. Jamoalarning tashqi ko’rinishi vegetatsiya davomida o'zgarib turadi, chunki jamoadagi mavjud bo'lgan turli o'simliklar rivojlanish fazalariga turli vaqtlarda o'tishi mumkin. O'simliklaming ma'lum bir vegetatsiya davridagi jamoaning tashqi ko'rinishiga uning aspekti deyiladi. Vegetatsiya davomida jamoaning xarakteriga bog'liq holda bir qancha aspektlar almashinuvini kuzatish mumkin, bu odatda o'simliklaming mavsumiy rivojlanish fazalari bilan bog'qdir.
Fitotsenozni tashkil etgan turlaming tuproq yo'zasida-tekislikda gorizontal o'mashuvi senozda turlaming joylashuvi deyiladi. Joylashuv fitotsenoz shakllanishining turli bosqichlarida turlicha bo'ladi.
Quyidagicha joylashuv tiplari mavjud:
1. Alohida joylashuv;
2. Alohida-guruhlar xolida joylashuv;
3. Tig'iz (tikis) -guruhlar xolida joylashuv;
4. Tig'iz-ditfuziyalangan holda joylashuv;
O'simlik turlarining alohida joylashuvi fitotsenoz shakllanishining dastlabki bosqichlarida bo'ladi. Individlar shunchalik siyrakki, ulaming bir-biriga ta’siri juda oz, sezilarli emas. Masalan, qum barxanlarida selin, saksovul va ba’zi boshqa turlaming joylashuvini kursatish mumkin. Shu individlaming har biri urug'i bilan va vegetativ ko'payib kichik to'dalami hosil qiladi, ammo to'dalararo masofaancha o'zoq. Bu holat alohida - guruhlar bo'lib joylashish deyiladi. Guruhlar orasida o'zaro ta’sir deyarli yo'q.
Kelgusida o'simliklaming turli intensivlikda ko'payganidan gumhlar kengayib, individlar ko'payib tig'izroq o'simliklar guruhlari shakllanadi, ammo alohida turlar individlaming to'dalari ajralib turadi. Buni - tig'iz - guruhlar hosil qilib joylashish deyiladi. Bu to'dalar orasida ayniqsa, yerosti qismlari o'rtasida o'zaro ta’sir sezilarli bo'ladi.
O'simliklar qoplami shakllanishi davom etadi, ko'payishi davom etadi tur individlari to'dalari kengayadi va qo'shni turlar individlari orasiga suqilib kira boshlaydi. Bunday tuzilishni fitosenozning diffuz tuzilishi deyiladi. Turlar va individlar orasida o'zaro ta’sir, raqobat seziladi. Ammo tolig'icha diffuz o'mashishni tabiatda uchratish qiyin. Bu jarayonning dastlabki uch bosqichi ko'proq uchraydi. Iqlim va tuproq sharoitinirig fitotser\oz • egallagari maydonning barcha qismlaridk bir xil bo'masligi to' liq diffuz joylashishga tusqinlik qiladi. Cho'l o'simliklari fitosenozlarida, Arktika va .gammadada fitotsenozda hech qachon tig'iz joylashish bo'lmaydi. Ammo ulaming yer osti qismlari ba’zi hollarda o'zaro ta’sir etadigan darajada tig'iz bo'lishi mumkin. Mikrorelef. ozgina notekis maydonlarda ham turlaming tarqalishi ancha farq qiladi. Bir maydonning o'zida suv kullaydigan va kullamaydigan joy o'simliklari ham o'zaro farq qiladi. Ularda fenologik bosqichlaming o'tish muddatlari, qoplanganlik, uchrovchanlik darajalari har xil bo'ladi.
Fitotsenozning barcha maydonlarida uning komponentlari ancha notekis tarqalayotganligini ko'rdik. Bu hoaisani o'rgangan daniyalik olim Raunkier fitotsenozda turlami uchrovchanlik darajasining shkalasini tuzib chiqdi va foiz bilan belgilashni taklif etdi. Turlaming uchrash foizni aniqlash uchun sanash maydonchalardan foydalaniladi. Raunkier maydonchalarida turlar soni aniqlanadi va umumiy o'rganilgan maydonchalarda u yoki bu turning uchrash foiz hisobga olinadi. R=... %.
Fitotsenozning turli maydonlarida o'simlik guruhlarining turli ayni mikrorelefda o'zigaxos bo'lib, shakllanishi mozaikalik deyiladi. Bunda sinuziyalar ham navbatlashib joylashadi. Muhiti turlicha bo'lganidan yashil qaragayzor o'rmonda tuproq yuzasi asosan yashil bilan qoplangan bo'lib, undagi boshqa turlaming holatiga ko'ra 3 xil maydonlamikurishmumkin:
1. qarag'aylar ancha tig'iz joylashgan, tuproq yuzasida yo'sin va lishayniklar deyarli yo'q;
2. qarag'ay siyrakroq, tuproq yo'zasi esa, lishayniklar va shreber yo'sini bilan qoplangan;
3. qarag'ay ancha siyrak joylashgan maydonlarda esa, tuproq yuzasi faqat qalin yashil lishaynigi bilan qoplangan.
Mozaikali fitotsenozlar fitotsenozlaming dominant yarusi bir xil turdan iborat bo'lgan fragmentlardan tashkil topadi. Keltirilgan misolda, fitotsenozning dominant turi oddiy qarag'aydir.
Ammo tabiatda turli fitosenozlaming komplekslari ham uchraydi. Ular fitosenozlar fragmentlarining navbatlashib almashinib ’ ... 210
joylashuvidan emas, balki alohida dominantlarga eea mu t yi fitotsenozlaming . makondaalmashinib joylashuvi ~ t'h shakllanadi, Fitosenozlaming bu xildagi joylashuvini fito'tsenozlar kompleksi deyiladi. Masalan, qumli barxanJardagi va botiqlarda shakllangan shurxok yerlardagi galofitlar fitosenozlarining gal'lanib uchrashini bunga misol qilib kursatish mumkin. Shunday qilib fitotsenozlaming makonda joylashuvi juda xilma-xildir.
1) nisbatan diffuz joylashuv, bunda turlaming uchrovchanligi ancha tekis;
2) sinuziya chegarasida maydaroq xususiy sinuziyalaming bo'lishi;
3) fitosenoz chegarasida senoelementlar, mikrogruppirovkalar- paydo bo'lishi; ,
Bu xildagi joylashuvlaming hosil bo'lishi har bir muayyan xolatda muhit sharoitining turlicha bo'lishi va ta’sir etishidan kelib chiqadi.
Mozaikalik fitotsenoz arealining turli maydonlarida mikrorelfning turli - tuman bo'lishi, suv rejimining har xil bo'lishi natijasida paydo bo'ladi. Mozaikalik fitotsenozda uni tashkil etgan har bir to'da bitta mikrogruppirovkadan, fitosenozlar komleksida esa, har bir to'da bir nechta mikrogruppirovkadan tashkil topadi.
Yil fasllarining almashinuviga bog'liq holda fitosenoz sinuziyalari ham almashinadi. Masalan: Cho'lda bahorda faqat efemer va efemeroidlar (Roemeria, Bromus, Aegilops, Ceratocerhalus, Gagea, Allium) avj oladi. Yozda ulaming o'miga yozda vegetasiya qiladigan ko'p yillik o'tlar o'sadi, kuzda esa, faqat qishda vegetasiya qiladigan ba’zi o't va butalar qoladi.
Keng bargli o'rmonlarda ham xuddi shunday sinuziyalar almashinuvi bo'ladi Shunday qilib turli yil fasllaridagi barcha ekologik muhit sharoitlaridan fitosenozlaming komponentlari to'liq foydalanishadi.
Geobotanikada fitosenozlaming tashqi ko'rinishi (fizionomiyasi)
— aspekti tushunchasi mavjud. Aspekt shu fitosenozm tashkil etishda qatnashib ko'p uchraydigan, ko'proq ko'zga tashlanadigan turlardan tashkil topadi, ba’zan fitotsenoz faqat aspektni tashkil etgan turlardangina iboratdek bo'lib ko'rinadi. Mavsumlar bo'yicha fitosenozning aspekti ham o'zgarib turadi.

Yüklə 71,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə