Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Fanning rivojlanish tarixi



Yüklə 71,94 Kb.
səhifə6/7
tarix04.03.2023
ölçüsü71,94 Kb.
#101899
1   2   3   4   5   6   7
2-O‘simlik jamosi fitosenoz belgilari

3. Senopopulyatsiyalar.
Senopopulyatsiyalarning o'simlik yoshiga ko'ra tarkibi. O'simliklar qoplami dinamikasining asosiy shakllari
Tayanch so'slar: allelopatiya, dinamika, jamoa, mexanik, raqobat, tsenopopulyatsiya, sindinamika, tur, turlararo, parazitlik, simbiozlik, epifitlik.
Ma'lumki, har xil jamoalami tashkil qiluvchi har xil turlar doimo o'zaro va muhit bilan murakkab munosabda bo'ladi. Bunday munosabatlarni tushunish uchun ushbu o'simliklar qoplamlariga tarixiy nuqtai-nazardan yondashishi zarur. Jamoani tashkil qiluvchi turlar bular tasodifan paydo bo'lgan yoki yig'ilib turgan turlar emas, balki ular ma'lum qonuniyatlar asosida jamoani tashkil qilishadi va birgalikda hayot kechirishadi. Ular minglab, millionlab yillar, ya'ni evolyutsiya jarayonida bir-biriariga va ular bilan muhitga moslashganlar.
Misol uchun qalin daraxtlardan ekologiya suktsessiya degan jarayon bor, qayski u tirik jamoalardan iborat o'rmon, cho’l sahro kabi sistemalami ma'lum vaqt ichida, hamda har xil sabablarga ko'ra, bir- birini almashtirib turilishi. Bunga ko'proq antropogen, texnogen sabalar hamda tabiiy kuchlar (ofatlar) tufayli ular o'zgarib turishga moyil va majburdirlar. Suktsessiya jarayoniga edafik (tuproq), fitogen (o'simlik) va zoogen (hayvonlar) ta'sirotlari sabab bo'lishi mumkin.
Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekistondagi tog'li hududlarda, ayniqsa bahorgi seryog'in paytlarda surilmalar (ko'chmalar) bo'lib turadi. Bu aslida suktsessiyani bir turi bo'lib, unga tabiiy ofat sabab bo'ladi. Bunday surilma paytlarida (bir-ikki yildan keyin) dastlabki pioner o'simliklar ko'ka, qirqbo'g'im, suv qalampir o'sib chiqa boshlaydi. Yana bir ikki yil o'tgach boshqa, o'sha atrofdagi o'simliklar qoplamlarini tashkil qiluvchi turlar paydo bo'ladi, 3-4 yillardan keyin esa butalar (na'mataklar, chiya va boshqalar) paydo bo'ladi. Eng oxirida esa daraxtlar paydo bo'ladi. Demak ushbu surilma bo'lib o'tgandan so'ng o'sha tabiiy o'simliklar qoplami 10-12 yillar chamasidan so'ng boshlanadi.
Demak, ushbu fitotsenozni (jamoani) tiklanishida, u albatta cheksiz, to'xtovsiz davom etsa ham, asosiy 3 davmi kuzatamiz.
1.Bir turdan iborat va siyrak guruhdagi qoplami;
2.Qalin qoplam, qaysiki o'tchil har xil o'simliklardan iborat qoplami paydo bo'lishi;
3.Aralash turlardan iborat ikki yarusli fitotsenoz.
Birinchi yarusda buta va ikkinchi yarusda o'tchil o'simliklar. Dastlabki jamoa siyrak holida o'simliklami bir-birlariga bo'lgan ta'siri juda kuchsiz bo'ladi. Turlami soni ko'payib, ular qalin bo'lib o'sa boshlagandan keyin ulami ta'siri bir-birlariga kuchli ravishda namoyon bo'la boshlaydi. Natijada mazkur ta'sirotlarga yaxshi bardosh bergan turgina saqlab qoladi va u muhitga yaxshi moslashadi.
Bu jarayonda tuproq qatlamida ham, sezilarli o'zgarishlar boshlanadi, o'simliklaming qoldig'i barg, novda kabilar tuproqqa tushib uni tarkibini, tuzilishini o'zgartira boshlaydi, natijada tuproqni yuqori qatlamida chirindi paydo bo'ladi. Tarkibi boyigan tuproq esa har xil turlami o'sib rivojlanishiga imkon yaratib beradi. Bunday chirindiga boy tuproqlarda sodda fauna vakillar, chuvalchanglar va boshqalar paydo bo'ladi. Chuvalchanglar esa yanada tuproqni ekologik qolatini yaxshilaydi, va yanada boshqa turlami o'sishiga omil bo'ladi.
Suvli ekosistemalarda ham tirik mavjudotlami, jumladan o'simliklami bir-birlariga doimiy va murakkab ta'sirotlami yaqqol namoyon bo'la boshlaydi.
Orol dengizini qurib qolishida ham har xil suktsession jarayonlami ko’ramiz. Suv qurib qolgandan keyin ma'lum vaqtgacha botqoqlik hukm suradi. So'ngra o'ta sho'r muhitda o'sa oladigan sarzasan, klimokoptera, sho'ra kabi o'simliklar paydo bo'ladi. Dengiz tubidagi sho'r tuproq atrof-muhitga ta’sir etmoqda, natijada dengizga yaqin joyiashgan hududlardagi tuproqlarni tarkibi buzilib, umumiy holatlari yomonlashmoqda.
O'tchil o'simliklami va daraxtlami orasida ham bir-birlari har xil ta’sirotlar mavjudki, ulami bir so'z bilan "Yashash uchun kurash" deb atash mumkin. O'simliklar yorug'likni talashib, quyosh tomon intiladi, bir-birlariga soya solib, ayrimlarini qopiashdan chiqarib ham yuborishadi.
Qoplamlardagi turlami bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini V.N.Sukachov (1956) va A.A.Korchiganlar (1956). Bunday o'zaro munosabatlar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi:
To'g'ridan-to'g'ri yoki bevosita bo'ladigan munosabatlar:
l.Parazitlik;
2.Simbiozlik;
3.Allelopatiya;
4.Bioximik;
5.Mexanik ta'sirot;
6.Epifitlik.
Bilvosita ta'sir etadigan munosabatlar:
1.Muhitni sodir etuvchi ta'sirotlar - harorat, yorug'lik, namlik, radiatsiya;
2.Raqobatlik (Konkurentlik). Bunday munosabatlar tabiatda ko'p uchrab turadi - Edifik, fitogen, zoogen.
O'simliklar jamoasidagi har qaysi tur ichidagi o'ziga kerakli suv, yorug'lik va mineral ozuqalami o'zlashtirib, qo'shni turga tegishli moddalaming kamayishiga olib keladi. Shuning uchun ham tuproqda barcha o'simlik jamoalari uchun ozuqa moddalar zaxirasi etishmaydi. Natijada ular o'rtasida yashash uchun raqobat paydo bo'ladi. Raqobat o'simliklar jamoasidagi barcha turlar faoliyati uchun zarur bo'lgan ozuqa (Klements, 1907) va boshqa sharoitlar etishmaslik alomatlaridir.
Turlararo va tur ichida raqobatlar doimo mavjud bo'lib, ular o'zlarini ichida o'zaro ta'siriga asoslangandir. Bu esa qishloq xo'jaligidagi o'simliklar jamoasida yaqqol ko'rish mumkin. Masalan: Qalin ekilgan bug'doy va boshqa ekinlar yoshligida bir-biriga kam ta'sir qiladi. Voyaga yetaverish bilan yorug'lik, mineral ozuqalar hisobiga raqobat kuchaya boradi. Bunda ildiz sistemasi kuchsiz bo'lgan o'simliklar halokatga uchraguncha boradi.
O'simliklami yer osti qismlarintng muhit hosil bo'lishida ham ahamiyati katta, chirigan ildizlar, tuganaklar atrofida govaklikm hosil qilib, tuproq bilan o'simlik aloqadorligini yaxshilaydl O'simliklar jamoasidagi lurlar doimo raqobatda bo'lib, ular doimiy yoki o'tkinchi bo'ladi. Turlarni uslunligi uning mustahkamligiga bog’liqbo'ladi. Agarda tur mustahkam bo'Isa muhit: orliqcha la’sir qilmasdi, tur raqobatda ham ustun bo'lib o'saveradi. Turning mustahkamligi uning ekologik va biologik xususiyatlariga bog’liqdir. Masalan: suli kasalliklarga chidamsiz, arpa esa chidamli. Agarda kasallik zamburug’lari yo'q joyda suli arpa bilan qo'shib ekilsa aibatta suti arpani o'sishiga salbiy ta'sir eladi.
Ekologik muhit o'simliklami o'sishiga ijobiy yoki salbiy ta'sir kursatishi mumkin. Agar lurlar uzoq davr birgalikda raqobatlikda o'stirilsa ular o'ltasidagi doimiy aloqadorlik shakllanadi, kuchlisi kuchsizini doimo qiynab keladi. Kuchli turlar ta'sirida qiynalgan turlar alohida o'stirilsa tczo’sadi va yo'qori hosil beradi.
Raqobatlar turlararo va tur ichida bo'ladi.
Tur ichida qalin ckilgan bug'doy va boshqa ektolar yoshligida bir-biriga kam tasir qiladi. Voyaga yetaverish bilan yorug'lik* mineral ozuqalar hisobiga raqobal kuchaya boradi.
Agar turlar uzoq davr birgalikda raqobatlikda o'stirilsa ular o'rtasidagi doimiy aloqadorlik shakllanib, kuchli tur kuchsiz tumi doimo qiynab keladi
Fitotsenozlarga turlarni xosligi yoki xos crnasligiga (tasodifiyligi) qarab Braun-Blanke turlarni quyidagi guruhlarga bo'ladi:Sodiq, bog'liq, erkin, tasodifiy
Sodiq turlarga (B.Blankc bo'yicha) turlar qaysiki ular faqatgina malum tipdagi fitotsenozga xos, lekin ular yakka-yakka holda boshqa jamoalarda ham uchrashi mumkin.
Bog'liq turlarga (B.Blanke bo'yicha) turlar qaysfki malum bir tipik fitotsenozni afzal ko'rsa ham, ayrim yoki yakka-yakka holida boshqa jamoalarda ham uchrayveradi.


Xulosa
Fitotsenologiya floristika bilan yaqindan alohada bo'lib, uning asosiy maqsadi biror geografik sharoitdagi o'simlik turlari majmuini tuzishdan iborat. Flora, lotincha flora - gul ya'ni tur va undan katta bo'lgan taksonomik birliklar to'g'risidagi ma'lumot. Floristika ma'lumotlari fitotsenologiyada va sistematikada keng qo'llaniladi.
O'simlik turlarini, uning kelib chiqishi va tuzilishini sistematika va morfologiya o'rgansa, o'simliklar jamoasini geobotanika fani yoki fitotsenologiya o'rganadi. Fitotsenologiyaning ob'ekti ham fitotsenoz- o'simliklar jamoasi hisoblanadi.
Tashqi muhit bilan hamda o'zaro aloqada va muayyan bir maydonda uchraydigan o'simliklar guruhi - fitotsenoz deb ataladi va bu atama V.N.Sukachyev tomonidan 1954 yili fanga kiritilgan. O'simlik qoplamining eng kichik maydonchasi fitotsenozdir. Fitotsenozlar tashqi muhit sharoiti har xilligi sababli ham xilma-xildir: tog'da bir jamoa paydo bo'lsa, cho'lda-boshqa, botqoqliklarda esa uchunchi xili va hokazolar paydo bo'ladi. .
Har bir fitotsenoz turlaming tarkibi, turlar o'rtasidagi o'zaro miqdor va sifat munosabatlari, yaruslik, fitotsenozning mozaikligi (gorizontal tuzilishi), tashqi qiyofasi, hayot formalari bo'yicha xilma- xilligi, yashash joyi va shunga o'xshash bir qancha xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
O'simliklar jamoasi dastlab muayyan bir kichik maydonda o'rganiladi. O'simliklar jamoasi lotin tilida fitotsenoz, hayvonlar jamoasi esa zootsenoz deb ataladi. Fitotsenoz bilan zootsenoz birgalikda umumbiologik tushunchani - biotsenozm tashkil qiladi, ya'ni tirik organizmlar jamoasi degan ma'noni anglatadi. Ma'lumki, yer sharida mavjud bo'lgan barcha tirik organizmlar o'zaro ma'lum munosabatda bo'lib qolmasdan, balki tashqi muhit va, ayniqsa, iqlim va tuproq muhiti bilan vositali yoki vositasiz munosabatda bo'ladi. Bunday munosabatlami o'rganuvchi soha biogeotsenologiya deyiladi. Biogeotsenologiya awalo tirik organizmlaming tuproqqa bo'lgan munosabatini o'rgangani uchun uning ob'ekti biogeotsenoz hisoblanadi. Biogeotsenoz haqidagi tushunchani birinchi bo'lib akademik V.N.Sukachyev 1944 yili fanga kiritgan. Bu tushuncha bilan u yer yuzining ma'lum bir bo'lagida o'zaro o'xshash sharoitlanting mavjudligi va shu sharoitda mikroorganizmlar, hayvon va o'simliklaming birgalikda yashashi natijasida bir-biriga nisbatan ta’sir ko'rsatishi, uni kuzatish hamda o'rganish kerakligini ta’kidlaydi. O'lik tabiat bilan tirik tabiat o'rtasidagi munosabatlami biogeotsenologiya o'rganadi.



Yüklə 71,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə