Xurshidaning Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning gender xususiyatlarining shakllanishi mavzusidagi kursi sh I



Yüklə 260 Kb.
səhifə8/9
tarix05.06.2022
ölçüsü260 Kb.
#88888
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xurshida

Xulosa va tavsiyalar
Bizga malumki, bolalarning shaxs sifatida shakllanishiga ва kelajakda jamiyatda o’z o’rnini topisihgа uning o’z-o’ziga beradigan bahosi kata ahamiyat kasb etadi. Biz olib brogan tadqiqotimiz natijalariga ko’ra quidagi xulosalatrni berish mumkin: O‘ziga- o‘zi baho berish- shaxsning o‘zi tomonidan o‘ziga, o‘z imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o‘rniga baho berilishidir.
Shaxs o‘ziga - o‘zi baho berish orqali o‘zining xulq- atvorini to‘g‘irlab tartibga solib boradi. U shaxsning yadrosiga taaluqli bo‘lib,xulq- atvorni muhim boshqaruvchisidir. Odamning atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlari, uning tanqiydiligi,o‘ziga talabchanligi, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikka munosabati uning o‘ziga- o‘zi beradigan bahosiga bog‘liqdir. Shu bilan u shaxsning faoliyati samaradorligiga va shaxsning keyingi taraqqiyotiga ta'sir etadi.
Shaxsning o‘z-o‘zini baxolashi, o‘zining xulq atvori, hatti-xarakati, fikr ma'sulligi hamda jamiyatdagi o‘rini aniq bilib borishi uning ayni paytdagi “men”ini belgilaydi. Shaxsning ya’ni o’smirning o‘y-fikrlari, muayyan maqsad yo‘lidagi kelajak orzu-intilishlari, tasavvurlari “men” obrazini tashkil etadi.
Shuning zaminida shaxs rejalari, kasb faoliyati jarayonidagi faol harakatlari va istaklarini ro‘yobga chiqa borishi esa “men” qobiliyatini vujudga keltiradi. Shaxs qobiliyatining rivojlanishi va ro‘yobga chiqishida ichki va tashqi omillarning ta'siri bor. Ichki omil deganda shaxs ruhiyati va fikriy sog‘lomligi, mantiqiy tafakkurining aniqligi, iroda va e'tiqodning butunligi tushuniladi.
Yuqoridagi xulosalarga ko’ra quidagi tavsiyalarni berish mumkin:
Kichik maktab yosh davridagi bolalarda o’z-o’ziga ishonchni adekvat yuqori darajada shakllantirish uchun avvalo, ularning salomatligi, baxtli ekanligiga ishonchini ortirish maqsadga muvofiq.

  1. Bolalarning o’zlarini baxtli xis qilishlari uchun ularning ota-onalari, o’qituvchilari va tengdoshlari bilan ijobiy munosabatni yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq;

  2. Bu yosh davrida o’qituvchining so’zi senzitivligini hisobga olib, bola tomonidan to’g’ri bajarilgan har qanday topshiriq uchun uni rag’batlantirish maqsadga muvofiq;

  3. Bolalarga o’zlariga real adekvat baho berishga o’rgatish va shu orqali ularda shaxs xususiyatlarini normal rivojlanishiga e’tiborni qaratish.


Yüklə 260 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə