Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi



Yüklə 214,93 Kb.
səhifə3/56
tarix14.02.2022
ölçüsü214,93 Kb.
#83740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi

Tragediya (fojia) teatri – jamiyat tuzumidagi nuqsonlar, insonlarning orasidagi munosabatda jiddiy muammolar, ziddiyatlar, qarama-qarshi fikr, g‘oya, turli yomon xislatlar, hatti-harakatlar kabi masalalar to‘qnashuvi va ularning yechimi fojia bilan tugallanadi.

Komediya (hajviya) teatri – jamiyat tuzumidagi va insonlarni xulq-atvorlarida, yurish-turishlarida, bir-birlari bilan munosabatlarda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar, ziddiyatlar to‘qnashuvi va ularning yechimi kulgi – hajviya orqali amalga oshiriladi.

Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, antik dunyoda, xalq marosimlarida she’r, musiqa, raqslarni bir-birlariga qo‘shib ijro qilish an’anaga aylangan edi. Lekin drama, tragediya va komediyalarga ovozli va cholg‘u musiqalarni, raqs turlarini qo‘shib sahna asarini ta’sir kuchini boyitish eng avval Yunon (Ellada) davlatida eramizdan avvalgi V-VI asrlarda keng qo‘llangan va rivojlangan edi. Ya’ni, yozuvchi – dramaturg “Drama”, “Tragediya” janrlarining asoschilari Esxil, Sofokl va Evripidlarning “Dionis”, “Orfey”, “Evridika” kabi sahna asarlari hamda Aristofen, Filemon va Menandlarning komediyalarida ovozli va chog‘u musiqalar keng qo‘llangan. Bu haqda professor Gruber shunday yozadi: “Qadimgi Yunon “Drama”, “Tragediya”larida turli san’atlarni SINTEZ (qo‘shish) qilish yuksak darajaga ko‘tarilganligini biz hech qachon unutmasligimiz kerak. Bu esa monumental va ommaviy sahna asarlari yaratishda olamshumul ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga insoniyatning eng ulkan yutuqlaridan biridir[2] Shuni aytish joizki, antik dunyoda Qadimgi Yunon davlatida turli sohali ilm – fan falsafa, estetika, etika, logika, badiiy adabiyot, musiqa, raqs va boshqa san’at turlari mukammal ravishda taraqqiy etib, kelgusida jahon madaniyatiga, adabiyot va san’atiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘rinda o‘zbek va O‘rta Osiyo xalqlari ham chetda qolmay manfaatdor bo‘ldilar. Yunon teatr san’atining an’analari esa Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) lashkarlari O‘rta Osiyoni bosib olgandan keyingi davrda tashkil topgan Grek-Baqtriya yunon teatri faoliyat ko‘rsatgani to‘g‘risida M.Rahmonov “O‘zbek teatr tarixi” va “Hamza va o‘zbek teatri”[3] kitoblarida ayrim ma’lumotlar berilgan.

YYevropada eramizning XVI asrida yunon teatrining an’analariga qiziqish boshlandi. Italiyada shu asrning oxirlarida Florensiya shahrida istiqomat qilgan graf Jovanni Bardi di Vernioni o‘z saroyida shoirlar, xonanda va sozandalar, aktyorlarlar, rassomlar doimiy ravishda yig‘ilib, she’riy-musiqiy kechalarda o‘z san’atlari bilan o‘rtoqlashar edilar. Shu yig‘inlarda Qadimgi yunon teatrini qaytadan tiklash fikrini ma’qulladilar hamda, Esxil, Sofokl va Evripidlarninig drama va tragediyalariga murojaat qildilar. Qizig‘i shundaki, bu to‘da a’zolari uy teatrida o‘tkazgan ijodiy tajribalari, birinchilardan bo‘lib kelgusida Italiya va boshqa YYevropa davlatlarida yangi uslubiy musiqali teatr va musiqali drama, musiqali komediya, opera va balet kabi janrlarni bunyodga kelishiga sabab bo‘ladi deb, hech birlarini xayoliga kelmagan ekan. Tajriba jarayonida ba’zi bir kompozitorlar musiqali drama yaratdilar lekin ularning asarlarida ishtirok etuvchi qahramonlarni musiqiy obraziga jiddiy ahamiyat bermaganliklari, hamda ularning ruhiy his-tuyg‘ulariga aloqador bo‘lmagan juda ko‘p intermediya musiqalarni kiritganliklari sababli ular tarixda iz qoldirmadilar.

Musiqali drama janrining shakllanishiga kompozitor, xonanda, skripkachi – sozanda Klaudio Monteverdi “Orfey” nomli musiqali dramasida ilk bor asos qo‘ydi. Uning ijodida musiqali drama (opera) janri mukammal ravishda shakllandi. Ya’ni, janrni hosil qiluvchi asosiy komponentlar: adabiy mazmun (libretto), musiqani barcha turlari va janrlari, raqs san’atining barcha turlari, tasviriy san’at, sahna bezaklari, ishtirok etuvchi qahramonlarning kiyim – kechaklari, (liboslari) va asarni sahna harakatlari bilan uzviy bog‘lanishi orqali mukammal ravishda janr shakllandi. Bu to‘g‘risida kompozitor K.Monteverdi shunday degan edi: “Musiqali spektaklda tomoshabinning vaqtini chog‘ qilaman deb, ermak uchun sayr – tomosha bo‘lib qolmasligi kerak. Sahna asarda musiqaning asosiy vazifasi, uni boy va mo‘’jizali tili, tebranish – harakatlari va turli vositalari bilan boyitish lozim. Men shu talabga o‘z ijodimda amal qildim”[4].

Shunday qilib Italiyada XVI asrlarda yangi uslubiy “musiqali teatr” va “musiqali drama”, “musiqali komediya” janrlari bunyodga keldi. Kelgusi asrdan boshlab “OPERA” (Italyancha “opera” so‘zi harakat, ijod ma’nosini bildiradi) atama bilan aytish odatlandi.

Opera janr sifatida rivojlanish jarayonida “musiqali drama”ga nisbatan bir oz o‘zgarishlar ham bunyodga keldi. Ya’ni “musiqali drama”da ishtirok etuvchi personajlarni dialoglari oddiy so‘z bilan aytilsa, “operada” dialoglar musiqa sadosi bilan birga RECHITATIV (ital. ifodali o‘qish ma’nosini bildiradi) orqali ijro qilinadi. Operada ikki xil rechitativ qo‘llanadi:




Yüklə 214,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə