Yadroning tarkibiy qismi


Yadroning siqiluvchanligi



Yüklə 247,26 Kb.
səhifə12/17
tarix23.12.2023
ölçüsü247,26 Kb.
#156201
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-3-v

Yadroning siqiluvchanligi.

  • Yadroning o’tkazuvchanlik modeli.



    Tayanch so`zlar: yadro, model, moment, kvadrupol, magik, proton, neytron, diffuziya, ossilyator, potensial, orbital, simmetriya, garmonik, sferik, deformatsiya, spin-orbital.


    Umumlashgan yadro modeli


    Nuklonlarning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan o‘rtacha sferik simmetrik potensial alohida nuklonlarning harakati va o‘zaro ta’siriga qarab o‘zgarishi mumkin. Nuklonlarning o‘zaro ta’siri esa to‘lgan qobiqdan tashqarida joylashgan tashqi nuklonlarning miqdoriga bog‘liq. Tashqi nuklonlar soni katta bo‘lmaganda yadro potensiali va shakli sferik simmetrikligicha qoladi. Bu holda yadroning o‘yg‘ongan holatlari bir zarrali sathlardan va yadrodagi tebranishlar natijasida hosil bo‘lgan energetik sathlardan iborat bo‘ladi. Tashqi nuklonlarning soni ortishi bilan nuklonlar harakatining yadro potensialiga ta’siri ortadi. Yadro sferik shaklining turg‘unligi kamayadi. Nihoyat, tashqi nuklonlar soni yetarlicha katta bo‘lganda yadroning sferik simmetrik shakli turg‘un bo‘lmay qoladi, yadro deformasiyalanadi. Bunday deforma-siyalangan yadro ma’lum bir o‘q atrofida aylanishi mumkin va unda aylanish energetik sathlari hosil bo‘ladi. Tebranish energetik sathlari pasayadi va bir zarrali sathlar xarakteri ham o‘zgaradi. Tashqi nuklonlar soni yanada ortishi bilan ularning kollektiv harakati ta’siri ortib, to‘la qobiqlardan tashkil topgan yadro o‘zagi ham deformasiyalanishi mumkin.


    Yadro sirti aylanuvchi ellipsoid shakliga ega bo‘lgan hollar uchun Nilson eneriya sathlarini nisbiy joylashishida kutilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni qobiq modeli asosida hisoblab chiqdi. Sferik simmetrik potensialdan nosferik potensialga o‘tganda l va j kvant sonli xarakatning doimiyligi saqlanmaydi. mj momentning yadroni simmetriya o‘qiga proyeksiyasining har bir qiymatiga mos sathlar har xil energiyaga ega bo‘ladi, mj ga nisbatan aynishlik bartaraf qilinadi. Lekin simmetriya o‘qining har ikkala yo‘nalishi ham teng huquqli bo‘lganidan mj ning ishorasiga nisbatan aynishlik saqlanadi. Deformatsiya ta’sirida har bir sath sathga ajralgan va bunda mj ning har bir qiymatiga alohida sath to‘g‘ri keladi. Ajralish kattaligi yadroning deformatsiya parametri ga bog‘liq bo‘ladi.
    Nosferik aksial simmetriyali maydonda xosil bo‘luvchi bir zarrali holatlarni Nilson hisoblagan. U biror yo‘nalishga nisbatan simmetriyaga ega bo‘lgan ossillyator potensialidan foydalandi va kuchli spin orbital ta’sirni hisobga oldi.
    bunda,

    doimiylar, deformasiya parametri.

    Yüklə 247,26 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə