Yadroning tarkibiy qismi


-rasm.Atom yadrosining energetik sathlari



Yüklə 247,26 Kb.
səhifə3/17
tarix23.12.2023
ölçüsü247,26 Kb.
#156201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1-3-v

1-rasm.Atom yadrosining energetik sathlari

1-rasmda energiya E0 yadro asosiy holati, E1, E2 lar o‘yg‘ongan holat energiyalari. Har bir yadro o‘ziga xos uyg‘onish energiyalariga ega bo‘ladilar, yadroning uyg‘onish energiyasi qanday yo‘l bilan o‘yg‘onishiga bog‘liq emas.


Barcha yadro jarayonlari energiya saqlanishlik bilan ro‘y beradi.
Atom massalarining aniq qiymati mass-spektrometrik texnika yordamida tajribada aniqlanadi. Mass-spektrometrlarning har xil turlari mavjud. Odatda musbat zaryadlangan ionlar zaryadining ularning massasiga bo‘lgan nisbati e\m, magnit va elektr maydonlarning umumiy ta’siri natijasida ionlar dastasining og‘ish kattaligi orqali aniqlanadilar.
Hozirgi zamon mass-spektrometrlari vodoroddan tortib hamma elementlarning massalarini millionning 0,02 ulushi qadar aniqlikda o‘lchash imkonini beradi.
Atom yadrolari massasini boshqa usullarda ham yuqori aniqlikda o‘lchash mumkin. Masalan, yadroviy reaksiyalar, radioaktiv yemirilishlarda energiya balansini tahlil qilishlik va radiospektroskopik, mikroto‘lqin va boshqa usullar.


.
.Yadroviy kuchlar

Yadro o‘zaro ta’sir kuchining xususiyatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, nuklonlarning o‘zaro yadroviy ta’siri zaryadga bog‘liq bo‘lmas ekan, ya’ni proton bilan proton, proton bilan neytron va neytron bilan neytron orasidagi yadroviy o‘zaro ta’sir bir xil bo‘lar ekan. Bundan tashqari neytron va protonlar massalari bir-birlariga yaqin, spinlari teng, bir xil statistikaga bo‘ysunadi, yadro ichida bir-birlariga o‘tib turadilar. Ko‘zguli yadrolarning spin, juftliklari, o‘yg‘onish energiyalari deyarlik bir xil.


Aytilganlardan proton va neytron elektromagnit o‘zaro ta’sir aniqligida aynan o‘xshash zarralar ekanligi kelib chiqadi. Shuning uchun ham ular nuklon degan umumiy nom bilan ataladi.
Nuklonlarning ta’sirlashuvi zaryadga bog‘liq bo‘lmasligi yana qo‘shimcha erkinlik darajasiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ya’ni yadro kuchlar maydonida aynan bir xil zarra (nuklon) bo‘lishi mumkin zaryadli (proton) yoki zaryadsiz (neytron) ko‘rinishida. Agar yadro ta’sirlashuvida elektromagnit ta’sirlashuvni inobatga olmasak protonni neytrondan farq qilib bo‘lmaydi. U holda ikki zaryad holatdagi dublet deb qarash mumkin.

Yüklə 247,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə