Yagona, bitta va „poleo



Yüklə 67,19 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.06.2022
ölçüsü67,19 Kb.
#89887
Monopoliya - Vikipediya(1)



Monopoliya
Monopoliya atamasining kelib chiqishi 
bozorga
oid tushunchalardan (yaʼni, 
yunoncha
„monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning 
iqtisodiy
asoslari
aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli:
monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish
maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit 
makroiqtisodiyot
ustidan hukmronlikni amalga
oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — 
iqtisodiyotning
bir sohasida tanho
hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan
fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab
chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar,
sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. M. koʻrinishlari
qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va
boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular
maʼlum mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar.
M. oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega
tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib
bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. M. bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto
bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. M.ning
asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi.
[1]
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, 
ishchi kuchi
 hamda 
mahsulot
ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. Monopoliyaning 6
turi mavjud bo'lib ular: 1.Tabiy monopoliya 2.Legal monopoliya 3.Sun'iy monopoliya
4.Aligopoliya 5.Monopsoniya 6.Sof monopoliya
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 17 kunlar avval Kagansky tomonidan amalga oshirildi
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Iqtisodiyot
 va 
moliyaga
 oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/
w/index.php?title=Monopoliya&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Monopoliya&oldid=2395425

dan olindi 


Yüklə 67,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə