Yakka tartibdagi tadbirkor. Sherikchilik faoliyati



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə6/9
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#181194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YAKKA TARTIBDAGI

Ikkinchidan, kichik sanoat korxonalarni innovatsion klasterlar bilan hamkorligini rag’batlantirish. Ushbu yo’nalish innovatsion tadbirkorlikni ilmiy- tadqiqot tashkilotlari, yirik sanoat korxonalari, moliyaviy tuzilmalar va hukumat organlari bilan klaster bo’g’inlari doirasida kooperatsiya aloqalarini o’rnatishi hisoblanadi. Bu jarayonda ishtirok etayotgan subyektlar uchun o’zaro barqaror manfaatlialoqalarnishakllantirish,tashqivaichki bozorlardaraqobatustunliklarga erishish uchun asos bo’ladi.
O’zbekistonda innovatsion klasterlarni shakllantirish va ularga innovatsion tadbirkorlikni kirishi uchun shart-sharoit yaratish davlatning iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi va u alohida kichik innovatsion korxonalarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilishigina emas, balki turli hajmdagi va turdagi faoliyatni birlashtiruvchi “yuqori texnologiyalar” tizimini rivojlantirishni rag’batlantirishga asoslanmog’i lozim.
Mamlakatda innovatsion tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni ko’rish zarur:

  • respublika va hududiy kichik biznesni rivojlantirish dasturlarini klaster loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari bilan uyg’unlashtirish;

  • innovatsion tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash institutlari faoliyatini barcha darajada tarmoqlararo va ijrochi organlar bilan kelishilgan holda amalga oshirishni ta’minlash.

Klasterlar doirasida innovatsion tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash davlat va xususiy tarmoq sherikligi sharoitida amalga oshirish maqsadga muvofiq vabujarayonlargadavlatvamahalliybudjet mablag’larinigina emas,balki venchur fondlar, yirik kompaniyalar va tijorat banklar kreditlarini jalb qilish zarur. Shu bilan bir qatorda,innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash va jalb qilishga mas’ul bo’lgan franchayzing kompaniyalarni shakllantirish lozim.
Shuningdek,innovatsion klaster subyektlari omonidan olingan kreditlarni kafolatlash tizimini joriy qilish,kredit kooperatsiyasi va sug’urtasini rivojlantirish maqsadga muvofiq.

Yüklə 133,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə