Yakkabog’ tuman xtb ga qarashli 52– umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy -ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo ‘yicha 2022-2023-o‘quv yili sentabr –dakabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlarning hisoboti



Yüklə 3,64 Mb.
tarix19.01.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#98804
hisobot 6 oylik 52-maktab


Yakkabog’ tuman XTB ga qarashli 52– umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy -ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo ‘yicha 2022-2023-o‘quv yili sentabr –dakabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlarning
HISOBOTI
Yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish, xalqimizning ta’lim-tarbiyaga boy merosidan bahramand etish, milliy qadriyatlarimizni o‘quvchilar ongiga singdirgan holda yosh avlodni tarbiyalashda 2021-2022-o‘quv yili davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
1. Maktab pedagogika kengashi yig‘ilishlarida ta’lim mazmuniga tegishli Prezident farmoni, farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Xalq ta’limi vaziri buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganib tahlil etildi va har bir normativ hujjatlarning yig‘ma jildi tashkil etilib, ma’sul xodimlar biriktirildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “ Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo ‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to’ g‘risida ”gi PQ-4307-son qarori hamda O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining 2017yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va bu sohadagi ishlarni muntazam nazorat qilib borish yuzasidan aniq tadbirlar ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil1 4-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli qarori bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

2022 yil 6-sentyabr kuni karantin qoidalariga rioya qilgan holda “Bilimlar kuni ” tadbiri tantanali ravishta o’tkazildi va “Yangi Ozbekistonda farovon yashaylik ” mavzusida mustaqillik darslari bo’lib o’tdi.






2022yil 16 sentyabr kuni O‘quvchi-yoshlarning bo’sh vaqtlari samaradorligini oshirish “Yot g‘oyalar ta‘siriga tushib qolishlarining oldini olish’’mavzusida ma’rifiy tadbir bolib otdi.






19-sentabr 2022-yil 16 ta sinfda Sinflar kesimida oʼquvchilar oʼrtasida har bir oʼquvchining ijtimoiy pasportini shakllantirish va boʼsh vaqtni mazmunli tashkil etish boʼyicha soʼrovnoma oʼtkazildi va sinflarning ijtimoiy pasporti shakllantirildi.
Oʼquv yili davomida oʼquvchilar oʼrtasida oʼtkaziladigan tadbirlarni koʼtarinki ruxda oʼtishini tashkil etish maqsadida xaftani xar bir kunini ertalabki saflanishda va oʼquvchilarni boʼsh vaqitlarini mazmunli tashkil etish maqsadida belgilangan mavzular asosida tadbirlar tashkil etildi ayniqsa ertalabki saflanishlarda kunning yangiliklari va oʼzbekistonda olib borilayotgan ishlar yuzasidan oʼquvchilar xabardor qilib borildi.
4. 2022-yil 21-sentabr – “Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan rasm, tinchlik timsoli boʼlgan kabutarlarni qogʼozdan yasash va unga tinchlikni daʼvat etuvchi istaklarini yozish boʼyicha tanlovlar hamda “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.




5. maktabida 30.09.2022 kuni 1-oktyabr Oʼqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Ustozim – sizga taʼzim loyihasi tashkil etildi. Bunda maktabda koʼp yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan va yaqinda nafaqa ostonasida turgan oʼqituvchilar maktabga yaqinda kelgan yosh oʼqituvchilar tomonidan tabriklandi va ehtirom koʼrsatildi. Bayram munosabati bilan Yoshi ulugʼ ustozlar tomonidan yosh mutaxassis kadrlarga duolar berildi. Oʼtkazilgan tadbirlar maktab, tuman,ijtimoiy tarmaqlariga joylab borildi.

6. 21-oktyabr 2022-yil maktabda Oʼzbekiston Respublikasining “Oʼzbek tili bayrami” Zulfiyaxonim 107 yoshda bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbiri pandemiya qoidalariga rioya qilgan holda tashkil etildi. Ushbu bayramda oʼquvchi yoshlar tomonidan Oʼzbek tili bayrami munosabati bilan tayyorlangan sherlar raqs va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbirda maktabning ona tili va adabiyot fani oʼqituvchilari tomonidan oʼzbek tilining nechogʼlik buyuk til ekanligi haqida maʼruzalar qilishdi. Maʼruzani maktabning ona tili va adabiyoti fani oʼqituvchisi S.G’oyibova va D.Xolmirzayeva koʼtarinki ruhda tashkil etdi. Bu tadbir ham ijtimoiy tarmaqlarda yoritildi.


21-oktyabr 2022-yil maktabda D.Xolmirzayeva va S.G’oyibovalar boshchiligida 5-11 sinf o’quvchilariga “Matonat maktabi nomli video maruzlar tashkil qilindi. Unda o’quvchilar o’zlariga etarlicha bilim va ko’nikmalar oldilar.





7. 20-oktabr 2022 yil maktabda tuman viloyat va respublika miqiyosida tashkil etiladigan koʼrik tanlovlar va musobaqalarning targʼiboti amalga oshirilib kelinmqda. Xuddi shunday tanlovlardan biri maktab oʼquvchi yoshlari tomonidan tashkil etilgan “Tilga eʼtibor-elga eʼtibor” mavzusida insholar tanlovi olib borildi. Ushbu tanlovning maktab bosqichi oʼtkazilib bayonnomalar rasmiylashtirildi. Tanlovlarda maktabning jami 75 nafardan ortiq oʼquvchi yoshlari faol ishtirok etishdi.
8. O‘quvchi va yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, ular o‘rtasida diniy ekstremizm, huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish bo‘yicha ishlarni tubdan yaxshilash va “Voyaga yetmaganlar bilan ishlash” , maktabdan keyin o’quvchilarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish bo’yicha to‘garaklari tarmog‘ini kengaytirish va ulardagi mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor berildi.
2022-2023 oʼquv yili maktabda doimiy ishlaydigan K.Qodirova bilan hamkorlikda maktab oʼquvchi yoshlarining huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning tartib intizom qoidalari haqida davra suhbatlari hamda umumiy yigʼilishlar oʼtkazilib borilmoqda. Yigʼilish davomida oʼquvchi yoshlarga maktabda, koʼchada va uyda yurish turish qoidalari haqida tushuntirildi. Bunda oʼquvchining kiyinish madaniyati yurish turishi va muomala madaniyati haqida tushunchalar berildi. Maktab maʼmuriyati va psiholog- inspektor tomonidan har haftaning payshanba kuni profilaktika kuni sifatida oʼtkazishga kelishib olindi.
9. 24-oktabr 2022- yil maktabda 24.10.2022 kuni Farovonlik MFY profilaktika inspektori J.Usmonov bilan hamkorlikda maktab oʼquvchi yoshlarining huquqiy savodxonligini oshirish va ularda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida “Huquqini bilgan inson kam boʼlmas” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida oʼquvchilarga ularning huquq va burchlari, hamda jamiyatdagi fuqarolik pozitsiyasi haqida tushunchalar berib oʼtildi. Ushbu davra suhbatidan maktab oʼquvchilari oʼzlariga kerakli fikr va mulohazalarga ega boʼlishdi.
2022 yil 18-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi davlat bayrogi qabul qilingan kunga bag’ishlab “Bayrog’imiz faxrimiz, g’ururimiz” deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi. Unda 8-sinf o’quvchilari qatnashdilar bayroq haqida she’rlar va bayroqdagi ranglar haqida ma’lumot berdilar.
1-dekabr “ Halqaro OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan yoshlar ortasida giyoxvantlik, toksikomaniya va ichkilikbozlikni oldini olish boyicha davra suxbati bolib o’tdi.
2021 йил 7-dekabr kuni 8 – dekabr “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun ”
Umumxalq bayrami munosabati bilan “ Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi .






5 2-umumta’lim maktabida 2022-yil 10-dekab kuni Tarix, tarbiya va huquq” fan oyligi munosabati bilan maktabning targ’ibotchisi G.Saydaliyeva,Tarix fani o’qituvchisi O.Shernazarova va MMIBD o‘rinbosari hamkorlikda Yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etish doirasida “Zakovvot” taddbir so‘ngida faol qatnashgan o‘quvchi yoshlarga maktab ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlanishdi.


Maktab direktori: D.Boboqulov


MMIBDOʼ: I.Berdiyev
Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə