Yakuniy nazoratni topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar


Ushbu holatda tadbirkor davlat roʻyhatidan oʻtganda qanday hujjatlar talab etilgan? (15 ball)



Yüklə 183 Kb.
səhifə8/18
tarix10.02.2023
ölçüsü183 Kb.
#100606
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Biznes huquqiy YAKUNIY

Ushbu holatda tadbirkor davlat roʻyhatidan oʻtganda qanday hujjatlar talab etilgan? (15 ball)

  • Tadbirkor davlat roʻyhatidan oʻtish jarayonida firma nomi va nomga boʻlgan huquqlardan foydalanish chegarasi qanday tartibga solinadi? Ushbu holat misolida tahlil qiling. (15 ball)

  • Ushbu vaziyatda tadbirkor subyektini qayta roʻyhatdan oʻtkazishni rad etishning huquqiy oqibatlari nimalarga olib kelishi mumkin? (15 ball)

  • Mazkur holatda tadbirkorlik subyektining filiali, vakolatxonasining huquqiy maqomini tahlil qiling. (15 ball)



    KAZUS № 8
    Janubiy Koreyaning “MIGRATION POWER” kompaniyasi O‘zbekistonda 2019-yil 10-yanvar kuni o‘zi 100% ulushga egalik qiluvchi “WORK IN KOREA XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” MCHJni ta’sis etadi va ushbu MCHJni Farg‘ona shahar davlat xizmatlari markazida yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yhatidan o‘tkazadi. Tadbirkor ushbu MCHJ orqali xorijdan ish qidirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga ishga joylashtirish bo‘yicha qonuniy va sifatli xizmatlar ko‘rsatishni asosiy maqsad qiladi.
    2018-yil 16-oktyabrdagi “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan bunday faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab etiladi. Qonun talablariga ko‘ra, bunday litsenziyani olishning shartlaridan biri sifatida litsenziya talabgori 50,000 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida zaxira qilib qo‘yish lozim bo‘ladi. Shu talabdan kelib chiqqan holda hamda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur mablag‘larni shakllantirish maqsadida Tadbirkor MCHJning ustav fondini 100 ming AQSH dollari miqdorida belgilaydi va Tadbirkor o‘z ulushini 2 oy ichida MCHJning hisobraqamiga pul ko‘rinishida to‘liq kiritadi. Shundan so‘ng ushbu MCHJ O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish uchun tegishli tartibda litsenziya oladi va faoliyatini yurita boshlaydi.
    Ammo, keyinchalik 2020-yilning avgust oyida “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish kiritiladi va litsenziya talablari ham o‘zgartiriladi. Qonunchilikdagi o‘zgartirishlar natijasida, endilikda bunday faoliyatni amalga oshirishga litsenziyaga ega bo‘lish uchun korxonaning ustav fondi bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridan (salkam 200 ming AQSH dollaridan) kam bo‘lmasligi talab etiladi. Litsenziyalovchi organ (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) tomonidan MCHJga qonunchilikda yuzaga kelgan o‘zgartirish haqida ogohlantirish xati yuboriladi va ustav kapitalini tegishli miqdorda shakllantirib, Maxsus fondda MCHJ tomonidan zahiralangan summaga qo‘shimcha mablag‘larni kiritish lozimligi talab etiladi. Bu esa tabiiyki Koreys kompaniyasi (Tadbirkor) uchun MCHJning ustav fondini ko‘paytirish uchun qo‘shimcha 100 ming AQSH dollari miqdoridagi investitsiya kiritishni taqozo etadi.
    Tadbirkor o‘zi mablagʻini kiritgan paytda qonunchilikda bunday talab bo‘lmaganligini, bunday o‘zgartirish unga nisbatan qo‘shimcha tashvish keltirganligini ro‘kach qilib O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga e’tiroz bildiradi.
    Shuningdek, bunday talablar qo‘yilsa Tadbirkor faoliyatini yakunlashi va MCHJni tugatishi mumkinligini bildiradi.


    1. Yüklə 183 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə