«Yangi yil» bayram tadbiri senariysi


O’quvchi: Salom senga Yangi Yil Jam bo’lishib quvnaymiz Do’stlar bilan birlashib Yurtga shodlik tilaymiz O’quvchi



Yüklə 60 Kb.
səhifə2/4
tarix22.06.2022
ölçüsü60 Kb.
#89938
1   2   3   4
Yangi yilga senariy

O’quvchi: Salom senga Yangi Yil
Jam bo’lishib quvnaymiz
Do’stlar bilan birlashib
Yurtga shodlik tilaymiz
O’quvchi: Yangi orzu umidlar
Bag’ishlading sen bizga
Yangi baxt ham keltirding
Sen bugun uyimizga
Qo’shiq: “Yangi Yil “ (qizlar ijrosida)
Yana odimlaydi soat millari
Hayot sabog’ini eslatar go’yo
Yillar to’ldiradi umr daftarin
Bu,bu yolg’on emas va yoki ro’yo
Yangi Yil bu aytilmagan qo’shiqlar
Biz juda sog’ingan qadrdon diydor
Yangi Yil baxtli kunlarning davomi
Oppoq orzu kabi yoga’ayotgan qor
O’quvchi:
Qor husnidan ruhlanib osmon
Chayqatadi yulduzlarini
Qorga chirmab asrar dalajon
Ko’klam uchun gul islarini
O’quvchi: 
Oyog’iga sehrli kovush
O’tibborar ko’rinmas qudrat
Yaxmalakka sirpangan tovush
Qulog’ingga urilar faqat
O’quvchi: Salom senga Yangi Yil
Jam bo’lishib quvnaymiz
Do’stlar bilan birlashib
Yurtga shodlik tilaymiz
Yangi orzu umidlar
Bag’ishlading sen bizga
Yangi baxt ham keltirding
Sen bugun uyimizga
o’quvchi:Bu bayramni orziqib
Kutgan edik barchamiz
Yangi Yil qachon kelib
Bezatamiz archamiz
Raqs:( sinfimiz qizlari ijrosida)
1- Azizlar endigi navbatni Yangi Yil xandalariga beramiz.Sinfning faol va iste’dodli bolalari davraga kirib kelishadi.
Tadbir yakunida hamma o’quvchilar birgalikda:
Mening hur Vatanim go’zal bo’stondir
Ko’hna tarix ichra sirli dostondir
Oltin vodiylarga kondir bu makon
Jannat monand yurtim O’zbekistondir
Bag’rida ulgayar barkamol avlod
Buyuk Vatanimga tirgak va Qanot
O’g’il qizlar yarar yurtning koriga
Ona Vatanimni aylashar obod
2-boshlovchi: Yurtimizning har bir xonadoniga Yangi Yil omad olib kelsin.Biz yanada a’lo baholarda o’qib yurtimizga fidoyi insonlar bo’lib yetishaylik.
Shu bilan tadbir yakunlanadi.
1-boshlovchi: Quvonch olib kelgin Yangi Yil
Barchaga ulashgin sadoqat vafo
Umidsizga umid,dardmanga davo
O’tgan umrimizni qilib sarhisob
Omad olib kelgin,bizga Yangi Yil
Yana tilak aytay,bering ijozat
Hammaning tilagi bo’lsin ijobat
Qut Baraka olib kelgin Yangi Yil
2-boshlovchi: Deydilar dunyoni qutqarar mehr
Barcha baxtli bo’lsin ko’rsat sen sehr
Yomonliklar bitsin ,bo’lgin yaxshi yil
Quvonch olib kelgin bizgaYangiYil
1- boshlovchi:Assalomu aleykum aziz ustozlar va bilimga chanqoq o’quvchi yoshlar ! Mana bugun Yangi Yil bayrami munosabati bilan tayyorlangan tadbirimizni e’tiboringizga havola etamiz.Yangi Yil bu yangi orzular ,hayot chash masidek to’yingan,oppoq qordek begubor,sof tuygular nishonasidir.

Yüklə 60 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə