«Yangi yil» bayram tadbiri senariysi



Yüklə 60 Kb.
səhifə3/4
tarix22.06.2022
ölçüsü60 Kb.
#89938
1   2   3   4
Yangi yilga senariy

1-o’quvchi: Oqpaxtadek oppoq qor
Seni kutdik intizor
Pag’alab yog’ib tursang
O’ynab tuymayman zinhor
2-o’quvchi: Yangi Yil bayramini barcha intiqlik bilan kutadi.Ayniqsa bolajonlar uzoq-uzoqlardan yo’lga tushgan Qorbobo hassasining do’q-do’qini ,Qorqizning quvonchini kutishadi.
Keling aziz o’quvchlar davramizga Qorbobova Qorqizni taklif etamiz!
Qorbobo!Qorbobo …..(hammabirovozda )
Davraga Qorbobo va Qorqiz kirib keladi.
Qorbobo:
Assalomu aleykum aziz o’quvchilar shirindan shaker bolajonlar ! Mana siz orziqib kutgan Yangi Yil eshik qoqmoqda.Yangi Yil oilangizga baxt va omad olib kelsin,barchangizga omadli yil bo’lsin!
Kelgusi yilda yanada a’lo baholarda o’qishni davom ettiring!
Qorqiz:
Aziz o’quvchilar ! Sizni bayram bilan yana bir bor qutlayman.Yangi Yilda o’z orzu niyatlaringizga erishib,ota-ona laringizni xursand qilib yuring! Aqlli,odobli bolalar bo’lib ,Vatanimiz ravnaqiga o’z hissangizni qo’shing! Biz Qorbobo bilan a’lo baholarda o’qigan o’quvchilarga o’z sovgalarimizni ulashmoqchimiz.Qani marhamat!
(Yangi Yil sovg’alari tarqatiladi)
1-boshlovchi:Birinchi qor! Daraxtlar oppoq qor bilan burkangan ,shoxlari osilib turibdi.Archa boshida savlat to’kib turgan shox-shabbalari bilan o’zini shohday sezadi.
O’quvchi: Salom senga Yangi Yil
Jam bo’lishib quvnaymiz
Do’stlar bilan birlashib
Yurtga shodlik tilaymiz
O’quvchi: Yangi orzu umidlar
Bag’ishlading sen bizga
Yangi baxt ham keltirding
Sen bugun uyimizga
Qo’shiq: “Yangi Yil “ (qizlar ijrosida)
Yana odimlaydi soat millari
Hayot sabog’ini eslatar go’yo
Yillar to’ldiradi umr daftarin
Bu,bu yolg’on emas va yoki ro’yo
Yangi Yil bu aytilmagan qo’shiqlar
Biz juda sog’ingan qadrdon diydor
Yangi Yil baxtli kunlarning davomi
Oppoq orzu kabi yoga’ayotgan qor
O’quvchi:
Qor husnidan ruhlanib osmon
Chayqatadi yulduzlarini
Qorga chirmab asrar dalajon
Ko’klam uchun gul islarini

Yüklə 60 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə