Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatiinig mintaqaviy kengashlari



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

 “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatiinig mintaqaviy kengashlari 
faoliyati. 
Jamiyat mintaqaviy kengashlarining yuqori organi besh yilda bir marotaba 
chaqiriladigan konferensiyasi hisoblanadi.
Mintaqaviy kengashlar yuridik shaxs hisoblanadi. Tuman, shahar 
kengashlaridan tushadigan a‘zolik badallari uchun mintaqaviy Kengashlarida 
maxsus hisob raqam ochiladi. 
Umumiy a‘zolarining soniga asosan hisoblanganda a‘zolik badallarinig 25% 
mintaqaviy kengashining o‗zida qoladi, 25% Markaziy kengashiga o‗tkazilib 
beriladi. 
Mintaqaviy kengashlarining mablag‗lari Markaziy kengash tomonidan 
tasdiqlangan smetaga asosan ishlatiladi. 
 “Yoshlik” 
jismoniy 
tarbiya 
va 
sport 
jamiyatii 
mintaqaviy 
kengashlarining meyoriy hujjatlari. 


88 
Mintaqaviy kengashlarining quyidagi meyoriy hujjatlari bo‗lishi lozim: 
-
kengashni tashkil qilish bo‗yicha ta‘sis konferensiyasi qarori; 
-
shahar va tuman kengashlarini tashkil qilish bo‗yicha qaror; 
-
shahar va tuman kengashlarinining ta‘sis konferensiyasi qarorlari: 
-
shahar va tuman kengashlariga saylangan rais va rais o‗rinbosarlarining ro‗yxati: 
-
boshlang‗ich tashkilotlar ro‗yxati: 
-
jimoniy tarbiya jamoasi rahbarlari ro‗yxati: 
-
shahar va tuman kengashlari tomonidan a‘zolik badallarining bajarilishi bo‗yicha 
tahliliy ma‘lumot: 
-
yig‗ilgan a‘zolik badallarnini belgilangan qismini Markaziy kengashga 
o‗tkazganlik bo‗yicha band tasdiqlangan hujjat: 
-
Markaziy kengash tomonidan tadiqlangan daromad va Yillik ish rejasi, 
musobaqalar jadvali. 
 “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatii boshlang„ich tashkiloti 
faoliyatining amalga oshirilishi. 
Jamiyatning boshlang‗ich tashkiloti o‗quv yurtlarida, tashkilotlarda va Xalq 
ta‘limi tizimidagi ta‘lim muassasalarida tashkil qilinadi. 
Maktab jismoniy tarbiya jamoasining kamida 15 nafar a‘zosining xoxishiga 
asosan tashkil qilinadi. 
Tashkil qilingan har bir boshlang‗ich tashkilot jamoa a‘zolarining ro‗yxati 
olinadi va tuman, shahar kengashlarida hisobda turadi. 
O‗z tarkibida 100 nafardan ortiq a‘zolarni biriktirgan, o‗zining zarur sport 
bazasi, kadrlari bo‗lgan va sport ko‗rsatkichlari yaxshi bo‗lgan boshlang‗ich 
tashkilotga yuridik tashkilot maqomi berilishi mumkin. 
Boshlang‗ich tashkilot raisligiga o‗quv muassasa rahbarlari saylanadi va 
o‗zining amalga oshirgan ishlari to‗g‗risida vaqti-vaqti bilan tuman kengashiga 
axborot berib turadi. 
Tashkilot a‘zolarining ixtiyoriy ravishda bergan a‘zolik badallarining 25% 
boshlang‗ich tashkilotning o‗zida qoladi, 75 % tuman kengashi hisob raqamiga pul 
o‗tkazish yo‗li bilan o‗tkazib beriladi. 


89 
Boshlang‗ich tashkilot mablag‗ning o‗zida qolgan qismini tashkilot 
a‘zolarining musobaqalarda ishtirok etishi, musobaqalar o‗tkazish, muassasa sport 
bazasi uchun birlamchi sport jihozlari sotib olishga va boshlang‗ich tashkilot 
nizomida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarish uchun sarflaydi. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə