Yaxlit pedagogik jarayon


Pedagogik jarayon qonuniyatlari –



Yüklə 46,99 Kb.
səhifə2/3
tarix28.03.2023
ölçüsü46,99 Kb.
#103366
1   2   3
Yaxlit pedagogik jarayon

2. Pedagogik jarayon qonuniyatlari – bu ob’ektiv mavjud bo’lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorlik, mazkur jarayonning alohida tomoni.
Qonuniyatlar nima va pedagogik jarayonda qanday bog’langan, nima bilan u bog’liqlikda ekanligini ko’rsatadi.
Pedagogik taraqqiyot sifatidagi bu qadar murakkab, katta va dinamik tizimda ko’plab turli tavsifiy aloqalar namoyon bo’ladi.
Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning yagona tas-nifi mavjud emas. SHu sababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko’rib o’tamiz.
I. P. Podlasыy tasnifi bo’yicha:

  • Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy sharoitlardagi tarbiya xarakteri jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, milliy-madaniy o’ziga xosliklari bilan aniqlanadi.

  • Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning o’zaro bog’liqligini, ularning ko’ptomonlama o’zaro ta’sirini, birligini belgilab beruvchi aloqadorlik.

  • Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash – faoliyatning turli turlariga tarbiyalanuvchilarni jalb etish demakdir.

  • Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning ob’ek-ti(shaxs) bir paytning o’zida sub’ekti sifatida aks etsa, tarbiya muva-faqqiyatli amalga oshadi, ya’ni shaxs o’zining faol xulq-atvorini, shaxsiy erkinligini, mustaqilligini, faoliyatdagi ehtiyojini namoyon etadi.

  • Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim odamlar – o’qituvchilar va ta’lim oluvchilarning o’zaro harakatida kechadi.

  • Bola tarbiyasi muvafaqqiyati to’g’ridan-to’g’ri shaxslararo aloqalar-ning intensivligi va boyligiga bog’liq bo’ladi.

  • Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati – ta’lim oluvchining keyingi barcha muvafaqqiyatlarining qimmati uning dastlabki bosqichlar-dagi muvafaqqiyatiga bog’liq bo’ladi.

  • Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi qonuniyati – shaxs rivoji darajasi va sur’ati:

  • irsiyat;

  • tarbiya va o’quv muhiti;

  • pedagogik ta’sir etish usul va vositalarining qo’llanishiga bog’liq bo’ladi.

  • O’quv-tarbiya jarayonini boshqarish qonuniyati – pedagogik ta’sirning samaradorligi:

  • ta’lim oluvchilar va pedagoglar orasidagi qayta aloqalarning intensivligi;

  • ta’lim oluvchilarga ko’rsatiladigan korrektsiyali ta’sirlarning asoslanganligi hamda xarakteri, qimmatiga bog’liq bo’ladi.

  • Pedagogik jarayonda hissiyot, mantiqiylik va amaliyotning birligi qonuniyati – o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligi:

  • hissiy idrokning sifati va intensivligi;

  • idrok etilganning mantiqiy anglanishi;

  • anglanganning amaliy qo’llanilishiga bog’liq bo’ladi.

  • Tashqi(pedagogik) va ichki(bilish) faoliyatning birligi qonuniyati – pedagogik jarayonning samaradorligi:

  • pedagogik faoliyatning sifati;

  • tarbiyalanuvchilarning shaxsiy o’quv-tarbiyaviy faoliyatining sifatini shart qilib qo’yadi.

M. Kodjaspirov bo’yicha:

  • Ijtimoiy shart-sharoitlar bilan shartlanganlik qonuniyati: ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlarga bog’liqligi.

  • Inson tabiati bilan bog’langanlik qonuniyati:

  • shaxsni shakllantirishda muloqot va faoliyatning hal qiluvchilik roli;

  • ta’lim va tarbiyaning ta’lim oluvchilarning yosh va individual o’ziga xosliklariga bog’liqligi.

  • Tarbiviy jarayon mohiyatining shartlanganlik qonuniyati:

  • tarbiya, o’qitish, ma’lumot va shaxs rivoji jarayonlarining o’zaro bog’liqligi;

  • o’quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs va ijtimoiy guruhlarning o’zaro aloqasi.

M.Kodjaspirovning mazkur tasnifi Yu.K.Babanskiyning tasnfiga juda yaqin. Yagona pedagogik jarayonning qonuniyatlari, aynan akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan sodda va tushunarli ochib berilgan:

    • Ta’lim va tarbiya jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga bog’liq holda amalga oshadi.

    • Tarbiya, o’qitish, ma’lumot va rivojlanishning o’zaro bog’liqligi qonuniyati.

    • Tarbiya va o’zini-o’zi tarbiyalashning birligi qonuniyati.

    • Ta’lim va tarbiya jarayonida muloqotning hal qiluvchilik roli qonuniyati.

    • Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.

    • Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o’zaro aloqadorlik qonuniyati.

    • Pedagogik jarayon vazifalari, shakllari, metodlarining o’zaro aloqadorlik qonuniyati.

Yagona pedagogik jarayon qonuniyatlari singari tamoyillari masalasida ham turli qarashlar mavjud. Hatto ba’zi pedagoglar ularni qonuniyat sifa-tida e’tirof etishga moyildirlar. Biroq yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, qonuniyatlar ob’ektiv, eng muhim, barqaror, o’zgarishda, shu bilan birga, aniq sharoitlardagi harakatni ifoda etadi. Pedagogik jarayon qonuniyat-laridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni tamoyillar(printsiplar) deb ataymiz.
Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining ham hozirgacha turli tasnif-lari adabiyotlarda o’z aksini topgan. Agar ularni sinchiklab o’rganib chi-qilsa, tasniflarning bir-biriga yaqinligini ko’rish mumkin. SHu sababli biz quyida ko’pchilik tomonidan tushunarli deb topilgan ikkita (Yu.K.Ba-banskiy, B.T.Lixachev) tasnifini berishni ma’qul deb topdik.
Yagona pedagogik jarayon tamoyillarining Yu.K.Babanskiy bo’yicha tasnifi:

  • pedagogik jarayonning maqsadga yo’naltirilganligi;

  • ta’lim va tarbiya mazmunining ilmiyligi;

  • ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, tushunarlilik;

  • tizimlilik va ketma-ketlik;

  • onglilik, faollik, tashabbuskorlik, ta’lim oluvchilarning ijod-korligi;

  • ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish mehnati bilan aloqasi;

  • ta’lim va tarbiyaning jamoaviy xarakteri;

  • ko’rgazmalilik;

  • ongli talabchanlik bilan birgalikda ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish;

  • ta’lim va tarbiyaning qo’lay metod, shakl va vositalarini tanlab olish;

  • sababiylik, onglilik hamda ta’lim, tarbiya va rivojlanishining amaliy natijalari;

  • tarbiyaga kompleks yondashuv.

B. T. Lixachev tasnifi:

  • o’quv-tarbiya jarayonining ijtimoiy-qadriyatli maqsadga yo’nalganligi;

  • ta’lim oluvchilar faoliyatining turli turlarining o’zaro harakatini tashkil etishga kompleks yondashuvni amalga oshirilishi;

  • butun o’quv-tarbiyaviy ishlarning hayot bilan bog’liqligi;

  • ta’lim va tarbiya jarayonida har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish, jamoada ta’lim va tarbiya;

  • ta’lim oluvchilarga talabchanlik va hurmatning birligi;

  • ta’lim oluvchilar hayotiga rahbarlik qilishda ularning tashabbus-korliklarini hasobga olish;

  • barcha ta’lim oluvchilar hayotini estetizatsiyalash;

  • ta’lim va tarbiyaning boshqaruvchilik roli;

  • ta’lim oluvchilarning bilish, mehnat va boshqa faoliyatlarini rag’-batlantirishni hisobga olish, ularda ishga bevosita qiziqish uyg’otish orqali axloqiy-irodaviy kuchini faollashtirish;

  • ta’lim oluvchilarda barcha turdagi fikrlashni rivojlanishini hisobga olish, ketma-ketlik va tizimlilik;

  • ko’rgazmalilik;

  • tushunarlilik;

  • sababiylik.

Umuman olganda, yagona pedagogik jarayon va uning tarkibiy qismla-rining umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligiga xizmat qiladi.

Yüklə 46,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə