Yaylovlarda chorva mollarni boqish jarayonida epizatik kassaliklarni yovvoyi hayvonlarga yuqtirmaslik choralari


Chorva mollari orasida uchraydigan bir qator yuqumli kasalliklar borki, ularni oldini va xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim



Yüklə 22,12 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2022
ölçüsü22,12 Kb.
#97763
1   2   3
YAYLOVLARDA CHORVA MOLLARNI BOQISH JARAYONIDA EPIZATIK KASSALIKLARNI YOVVOYI HAYVONLARGA YUQTIRMASLIK CHORALARI

Chorva mollari orasida uchraydigan bir qator yuqumli kasalliklar borki, ularni oldini va xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim.
Kuydirgi kasalligi. Bu kasallik o‘tkir yuqumli kasallik hisoblanadi va hayvonlarning hamma turlariga, shuningdek, odamga ham yuqadi.
Bu kasallikda hayvon juda ham bo‘shashib, ishtahasi yo‘qoladi, tana harorati 41-42,5ºS ga ko‘tariladi, shilliq pardalari ko‘karadi, hayvon halloslaydi.
Yana o‘qing: Yumshoq o‘yinchoqlarning jo‘yali va nojo‘ya xususiyatlari
Ko‘p hayvonlarning terisida shishlar paydo bo‘ladi, qoramol vaqti-vaqti bilan bezovtalanadi, ich ketishi va siydik qizarishi kabi klinik belgilar namoyon bo‘ladi.
Brutsellyoz kasalligi (qoraoqsoq kasalligi). Mazkur kasallikda hayvonlarda homila tushishi, yo‘ldoshning ushlanib qolishi kasallik belgilari bo‘lib hisoblanadi. Homilaning tushishi ko‘pgina hollarda bug‘ozlikning ikkinchi yarmida kuzatiladi, kasallik insonga yuqadi.
Bunday belgi bilan kasallangan hayvonlarga aniq diagnoz qo‘yilguncha sutini istemol qilmasdan turish kerak.
Tuberkulyoz (sil) kasalligi. Tuberkulyoz kasalligi surunkali o‘tuvchi xarakterli bo‘lib, organizmning o‘pka, ichak, limfa tugunlarida o‘ziga xos turdagi tuberkula tugunaklarini hosil qiladi, bu kasallik bilan insonlar ham kasallanadi.
Quturish kasalligi. Bu kasallik bilan barcha turdagi issiq qonli hayvonlar va shuningdek odamlar ham kasallanadi.
Kasallik belgilari ko‘pchilik hayvonlarda o‘xshash bo‘lib, qo‘zg‘aluvchanlikning ortishi, atrofga javob reflekslarini buzilishi, ishtahasizlik, yeb bo‘lmaydigan narsalarni tishlashi, ko‘plab so‘lak ajratishi bilan xarakterlanadi. Bu holat 2 kun davom etib, hayvonning shol bo‘lib o‘lishi bilan yakunlanadi.
Oqsil kasalligi. Mazkur kasallik qoramollarda og‘ir kechuvchi xususiyatga ega, kasallik og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarida, yelin terisida va oyoqlarda yaralarning hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

Yüklə 22,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə