Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti Yesbkit yo'nalishi 38-19guruh talabasi Mirzajonov Shokirjon



Yüklə 195,61 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.12.2022
ölçüsü195,61 Kb.
#97487
Yengil sanoat va to\'qimachilik fakulteti YeSBKIT yo\'nalishi 38 19guruh



Yengil sanoat va 
to'qimachilik fakulteti 
YeSBKIT yo'nalishi 
38-19guruh talabasi 
Mirzajonov Shokirjon 


Mavzu;Tikuv mashinasiga igna va 
moki mehanizmi


Igna – tikuv mashinasining asosiy ishchi organlaridan biri hisoblanadi. Hamma 
mashina ignalari gazlamani teshib, ustki ipni igna plastinasi ostiga olib o‘tish va 
ustki ipdan halqa hosil qilish uchun xizmat qiladi. Ignalar to‘g‘ri va yoysimon 
ko‘rinishlarda bo‘ladi. Yashirin baxya hosil qilib tikish mashinalarida yoysimon 
igna materialning yarim qalinligiga sanchiladi. Yoysimon shakldagi ignalar 
asosan yarimaylana trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi. Moki baxyali tikuv 
mashinalarida esa vertikal harakatlanuvchi to‘g‘ri ignalar qo‘llaniladi. Ignaning 
uzunligi va ish yo‘li orqali tikuv mashinasining konstruktiv parametrlari 
aniqlanadi. Moki – ustki igna ipini ilib olib, uni kengaytirib, o‘z atrofidan 
aylantirib ostki ip bilan chalishtirish uchun xizmat qiladi.


Moki baxyasi hosil bo‘lish jarayonida moki ilmog‘i igna eng pastki holatidan 
ko‘tarilishi paytida hosil bo‘lgan ipning halqasini ilib olib, uni kengaytirib naycha 
ushlagich atrofidan aylantiradi. Moki tashqi diametri bo‘ylab aylantirilgan igna 
ipi moki ipi bilan chalishadi va baxya hosil bo‘ladi. Baxya hosil bo‘lish 
jarayonida to‘g‘ri va yoysimon ignalarning holati rasmda ko‘rsatilgan. Yashirin 
zanjirsimon chok bilan tikuvchi mashinalarda yoysimon igna gazlama 
qatlamining yarim qalinligiga sanchiladi. Bu jarayon ignaning yoysimon 
trayektoriya bo‘yicha harakati orqali ta’minlanadi. Tikuv mashinalarida 
naychadagi ipning uzunligiga qarab normal va katta hajmli mokilar qo‘llaniladi. 
Tikuv mashinasini loyihalash va takomillashtirish jarayonida, uning barqaror 
ishlashi va umrboqiyligini ta’minlash, asosan mokilarni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq 
bo‘ladi.



Tikilayotgan kiyimdagi baxyaqator ko‘rinishi ham moki 
tanlanishiga bog‘liq. Zanjirsimon baxyali tikuv 
mashinalarida moki funksiyasini chalishtirgich bajaradi. Ish 
jarayonida chalishtirgich igna ipi halqasini ilib olib, unga 
o‘zining ipini o‘tkazib, uni ignaning gazlamaga keyingi 
sanchilishiga tayyorlaydi va halqaga halqani o‘tkazish bilan 
baxya hosil bo‘ladi. Harakat yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng va 
chap chalishtirgichlar mavjud.



Yüklə 195,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə