Yetakchi rivojlangan davlatlarning dunyo xo‘jaligida tutgan o‘rni



Yüklə 15,77 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü15,77 Kb.
#158147
dokument microsoft word 4


Yetakchi rivojlangan davlatlarning dunyo xo‘jaligida tutgan o‘rni
Sanoati rivojlanib kelayotgan mamlakatlar iqtisodiyotda hamma ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunyo xo‘jaligida ustunlik qiladilar. 90 yillarga kelib ularning rivojlanishi yanada kuchaydi. Chunki ishlab chiqarish yanada rivojlandi va undan tashqari sobiq sosial mamlakatning o‘z mavqeini yo‘qotdi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar (SRM) dunyo yalpi milliy mahsulotning (YaMM) 2\3 qismini yaratadilar. Bularning ichida ayniksa yetakchi rivojlangan mamlakatlar (ERM) – AKSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanada aloxida ajralib turadilar.
Keyingi chorak asrda YeRMda iqtisodiy o‘sish mo‘'tadil ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. 1970 yildan 1995 yilgacha ishlab chiqarishning umumiy hajmi 1,9 marta oshib, bu oldingi yillarga nisbatan sal pastroq bo‘ldi.
Iqtisodiy o‘sish asosan kapitalning jamg‘arilishi, foydaning kupaytirilishi, ishchi kuchlaridan va ITT dan unumli foydalanish natijasida amalga oshirildi. Buning hammasi mehnat unumdorligining yuqori sur'atlarini keltirib chiqardi. Resurslardan unumli foydalanish ham iktisodiy usishga katta imkoniyatlar yaratdi.
Bu yillarda mehnat unumdorligi ayniqsa Yaponiya, GFR, Fransiya. Italiya kabi mamlakatlarda yuqori sur'atlarda o‘sdi.
Natijada boshqa YeRMlar AQShga nisbatan qoloqligini kamaytirib unga yetib ola boshladilar. G‘rabiy Yevropa mamlakatlarida mehnat unumdorligining oshishi ish vaqtining kamayishiga olib keldi.
Jon boshiga mahsulot yetkazishning o‘sish sur'atlari keyingi yillarda biroz pasayganiga qaramasdan bu mamlakatlar ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha duneda eng oldinda turadilar.
Ishlab chikarishni yangi texnologiyalar bilan boyitish yuz berdi Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni boshqarish, EXM, mikroprosessorlar, sanoat robotlari keng kullanila boshlandi.
Ishlab chiqarish tarkibi resurslarni tejash hisobiga takomillashtirilib borildi.
YeRMlar xalkaro iktisodiy munosabatlarda salmokli o‘ringa egalar. Bu kuyidagi iktisodiy jarayonlarning moxiyatida yakkol namoen buladi:
1. Iqtisodiyotning ochiqligi
2. Tadbirkorlik kapitalining xarakati
3. Iqtisodiy yordam.
4. Tashqi savdo.
SRMlar YaMMining 1\5 qismi chet mamlakatlarga chiqariladigan eksportdan va yana shuncha qismi importdan iboratdir. Iqtisodiyotning ochiqligi SRMlarning kichiklarida ayniksa kuchli namoyon bo‘ladi. Ularda eksport va import hissasi YaMMining yarmidan ham ko‘pdir.
Yetakchi rivojlangan mamlakatlarlarning tashqi iqtisodiy aloqalarining asosini kapitallar xarakati tashkil etadi. Butun dunyodagi tadbirkorlik va ssuda kapitalining 75-95% industrial mamlakatlar tomonidan amalga oshiriladi. Moliya mablag‘larini o‘ziga eng ko‘p jalb qiluvchi mamlakatlar bulib AQSh, hamda Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya hisoblanadilar. Resurslar xarakatning asosiy qismi bevosita va portfel' investisiyalari sifatida amalga oshadi.
Moliyaviy resurslar xarakatining 19% ini iqtisodiy yordam ko‘rinishidagi kapitallar xarakati tashkil etadi. Iqtisodiy yordamning 60 %ga yakini sovg‘a sifatida beriladi. Asosiy yordam beruvchi Yaponiya bo‘lib, u rivojlanayotgan mamlakatlarga 13 mlrd. dollardan oshiq mablag‘ ajratdi. Iqtisodiy yordamning 1\4 qismi berayotgan mamlakatlar tovar va xizmatlari ko‘rinishida bo‘ladi. Bu olayotgan mamlakat uchun odatdagi savdoga nisbatan 15 % qimmatroq tushadi.
YeRMlarning jahon tashqi savdosidagi o‘rni ham katta. Dunyo eksportidagi ularning hissasi 1970 yili 71 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1995 yilga kelib bu ko‘rsatkich 69 % dan iborat bo‘ldi. Eksporti eng rivojlanib borayotgan mamlakat Yaponiya hisoblanadi. Tashqi savdoning asosiy qismini qayta ishlangan tovarlarning oldi-sotdisi tashkil etadi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda yuqori texnologiyali tovarlarni eksport qilish kuchaymoqda. 80 yillarda bu ko‘rsatkich AQShda 28 dan 38% gacha, Yaponiyada 25 dan 35 % gacha. GFRda 17 dan 18% gacha ko‘paydi.
YeRMlarning importi ham yildan yilga oshib bormoqda. 70-90 yillarda importning umumiy iste'moldagi hissasi 9 dan 20 %gacha oshdi.
Yetakchi rivojlangan mamlakatlar taraqqietidagi yana bir ajralib turadigan xususiyatlardan biri ularda iqtisodietga davlatning aralashuvi yukori darajada ekanligidadir. Yaponiya, Germaniya, Italiya kabi mamlakatlarda iqtisodietning muhim sohalari davlatning qo‘lida bo‘lib ularni rivojlantirishga xukumatlar katta yordam beradilar.
Lekin 2007 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yetakchi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi.
Asosan yetakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishiga asosiy sabablaridan hisoblanadi:
- norasional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;
- moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;
- qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berilishi;
- moliyaviy audit va professional etika tamoyillarini buzilishi va soxta audit xulosalari taqdim etilishi;
- moliyaviy rag‘batlantirish uslubi sifat ko‘rsatkichlariga emas, balki miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslanganligi;
- yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog‘ozlarni vujudga
kelishi va hokazo.
Ma'lumki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlanishi bilan unga qarshi birgalikda kurashish maqsadida “Katta yigirmalik” mamlakatlar guruhi tashkil etilgan edi. Ushbu guruh tarkibiga yalpi ichki mahsuloti hajmi jahon yalpi ichki mahsulotning 90 foizini tashkil etuvchi 20 ta rivojlangan va rivojlanayotgan yirik davlatlar, jumladan, Argentina, Avstraliya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Meksika, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Turkiya, Fransiya, JAR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari kiradi.
“Katta yigirmalik” (G-20) – jahondagi 20 ta eng boy va rivojlanayotgan yirik davlatlarni o‘z ichiga oluvchi mamlakatlar guruhi bo‘lib, ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot hajmi jahon yalpi ichki mahsulotning 90 foizini tashkil etadi.
“Katta yigirmalik” guruhi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi kurashish samarali chora-tadbirlarini ishlab chiqish va bu boradagi muammolarni birgalikda hal etish maqsadida vaqti-vaqti bilan sammit (yig‘ilish)lar o‘tkazib turadi. Dastlabki sammit 2008 yil noyabrida Vashington (AQSh)da, keyinchalik 2009 yil aprelda London (Buyuk Britaniya)da, Kanada, 2010 yil noyabrda Seul (Janubiy Koreya)da o‘tkazildi.
Xususan, Seul sammitida AQSh va Xitoyning valyuta siyosatlari, Xalqaro hisob-kitoblar bankini nazorat qilish bo‘yicha Bazel' qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan jahon bank sohasi uchun yangi qoidalar, XVFni isloh qilish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, sammit tasdig‘iga jahon iqtisodiyoti o‘sishi va ijtimoiy taraqqiyotning “Seul konsensusi” deb nom olgan yangi konsepsiyasi kiritildi. U “Vashington konsensusi” nomi bilan tanilgan taraqqiyotning oldingi etalonini almashtirishi lozim edi. “Vashington konsensusi” 1980 yillarning so‘ngidan amal qilib, o‘ziga o‘ta liberal (erkin) bozor g‘oyalarini singdirgan edi. Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining vujudga kelishi bilan ushbu g‘oyalar inkor etila boshladi.
Seul sammiti nihoyasida Yakuniy deklaratsiya qabul qilinib, unda xususan, 2013 yilga borib rivojlangan mamlakatlar byudjet taqchilligini kamida 2 barobarga qisqartirish majburiyati belgilandi. “Katta yigirmalik” guruhining navbatdagi uchrashuvlari 2011 yil noyabrida Fransiyada, 2012 yili esa Meksikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ammo, jahon iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur'atlariga erishish yo‘lida hozircha biron-bir jiddiy siljish ko‘zga tashlanmayotganligini qayd etish zarur.
Haqiqatan ham, eng rivojlangan mamlakatlardagi YaIM o‘sish sur'atlari aksariyat hollarda inqirozdan oldingi darajaga yetmaganligini ko‘rishimiz mumkin (7.5.1-rasm).
Yüklə 15,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə