“Yetti qaroqchi ”ni tanigan etti tunga adashmas



Yüklə 279,42 Kb.
səhifə1/6
tarix23.11.2017
ölçüsü279,42 Kb.
  1   2   3   4   5   6


A.Axmedov, E.Qudratov, X.Pulatov




Ta’limning yangi modeli

jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin

shaxsning shakllanishiga olib keladi.

I.A.Karimov



SO`Z BOSHI

Mustaqil O`zbekistonimizning jahon hamjamiyatining teng huquqli mustaqil davlat sifatidagi yutuqlari qit`alar osha dunyoning turli mintaqalariga yetib bormoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O`zbekistonni iqtisodiy rivojlanishi ustivor yo`nalishlarini Respublikamizning har bir fuqarosi qalbiga jo qilib, umidbaxsh tuyg`ular sari bormoqdalar. Hozirgi paytda xalqimiz oldida turgan eng muhim vazifa, mustaqilligimizning iqtisodiy poydevorini mustahkamlab, jahonning eng ilg`or, rivojlangan demokratik davlatlari qatoridan joy olishdir.

Bunday vazifalarni bajarishda ta`lim sistemasining Oliy ta`lim bosqichi ta`limining ahamiyati keskin ortishi shubhasizdir. Ta`lim kishining butun hayot yo`li davomida zarur bo`ladigan ko`nikma, malaka va madaniy saviyasini yuksaltirib boradi, bilimga intilish va dunyoqarashni shakllantirishga olib keladi. Jahon sivilizasiyasiga zalvarli turtki bergan ajdodlarimiz ilmiy merosini o’rganish yoshlarimiz ongida vatanga bo’lgan mehr tushunchalarini shakillantirish, o‘qitish tizimida «Milliy model»ni takomillashtirish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosiy vazifalarimizdan biri bo’lmig’i lozim.Tariхiy haqiqat shuki, ajdodlarimiz qo’ygan ta’mal toshi ilm-fan ravnaqiga qo’shgan hissaliri хalqimizning qanday imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi.

Ushbu uslubiy-ilmiy ommabop qo’llanma yaratish uzoq yillik pedagogik ilmiy izlanishlar samarasida vujudaga keldi. Bugungi kunda talabalarda milliy qadriyatlarimizni shakillantirish ularda tarihiy jarayonlarni ulmiy jihatlarini izohlab berish orqalu o’quv jarayoni samaradorligini oshirish imkoniyatlari paydo bo’ladi.

1-§ ASTRONOMIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Olam tuzilish haqidagi dastlabki tasavvurlar, juda qadim zamonda eramizdan oldin bir necha minginchi yillarda, ham biror bir davlat shakllanmasdan burun vujudga kelgan edi. O’shanda olam, butun borliq yo’q narsadan yaratilgan degan tushuncha hukmronlik qilardi. Kishilar tabiat hodisalari qanday kuzatilsa, shundayligicha haqiqat sifatida qabul qilardilar.

Jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq ayrim osmon jismlari (Quyosh va Oy), yulduzlar osmoni va uning aylanishi, kishilar hayotida va olam tuzilishi va uning kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarning rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan. Dehqonchilikning ishlarida osmon xodisalari va Yerdagi xodisalar (tun va kunning almashinishi yil fasllari) orasidagi bog`lanishlarni aniqlash - muhim omillardan bo’lib xizmat qilgan.

Quldorchilik jamiyatining shakllanishi, Qadim Misr, Vavilon, Xitoyda quldorchilik monarxlarining vujudga kelishi bilan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, osmon hodisalari bilan yaqindan tanishish orqaligina hal qilish mumkin bo’lgan talay masalalarniqo’o’ydi.

Qadim Shaqš mamlakatlari bilan qo’shni Ioniya, grek falsafasining vataniga aylandi. Birinchi grek materialistlaridan Fales, Anaksimandr va Geraklitlarning faoliyati u yerdagi Milet va Efes shaxarlari bilan bog`liq.

Fales Miletskiy (625-550y. e.o.) – birinchi grek astronomlaridan edi. U e.o. 585 yildagi Quyosh tutilishi haqida oldindan habar berdi. Yer tekis bo’lib, har tomondan suv bilan o’ralgan, dedi u. Uning aytishicha, suv dunyoning birinchi moddiy substanstiyasi. Uning shogirdi Anaksimandr (610-546 y. e.o.) fikricha Yer silindr shaklida bo’lib, ko’rinma dunyoning markazida joylashgan. Yer-suvga ham, boshqa biror narsaga ham tayanmagan holda fazoda muallaq turadi, - deb uqtiradi.

Efeslik Geraklit (540-480 y. e.o.) aslida bevosita astronomik masalalar bilan shug`ullanmasada, biroq olam bitta va doimiy, «u na xudolar va na kishilar tomonidan yaratilmagan»-degan fikrni berdi. Dunyoda hamma narsa oqimda, va o’zgarishda, shuning uchun tabiatni, uning uzluksiz rivojlanishda o’rganmoq zarur, degan edi u.

E.o. VI asrning ikkinchi yarmida Italiyaning shimolida Pifagor maktabi tashkil topdi. Pifagor maktabining geometriya sohasida katta xizmatlari bo’lib, astronomiyada u Yerning sharsimonligini targ`ib qildi. E.o. V asrda o’tgan Filolay esa Yer «markaziy olov»ning atrofida aylanadi degan fikrni berdi. Bu fikr quvvatlanmay tezda unitildi.

Antik kosmologiyada Demokrit (460-370y.e.o.) alohida o’rin tutadi. U, Quyoshning o’lchami Yer va Oy bilan solishtirilganda, ulkanligini birinchilardan bo’lib qayd etdi. Oy o’zidan nur chiqarmay, Quyosh nurlarini qaytaradi, Somon yo’li esa, zich joylashgan yulduzlardir deb uqtirgan.

Osmon jismlari harakatlarini tushuntiruvchi matematik nazariya ham birinchi marta grek olimlari tomonidan yaratildi. Eвdoks Knidskiy (410-355 y.e.o.) Quyosh, Oy, yulduzlar markaziy Yer atrofida aylanma harakat qiladilar deb tushuntirdi. Uning aytishicha, yulduzlar Yerdan bir xil masofada joylashib, koinotni chegarasi hisoblanadi.



Aristotel kosmologiyasi. Aristotel (384 – 322 y.e.o.) o’z asarlarida osmon, Yer hamda ularning harakat qonunlari haqidagi bilimlarni teoremaga soldi. Aristotel astronomik kuzatishlarga tayanib, Yerning va boshqa osmon jismlarining shakllarini o’rgandi. Yer shar shaklida ekanligini uzil-kesil isbot qildi. Shu bilan birga u Yer-Koinotning markazi deb qabul qildi va Koinot cheklangan bo’lib, uning barcha jismlari Yer tomonidan tortilib ushlab turiladi deb uqtirdi.

Ellinistik astronomiya. E.o. IV asrning ikkinchi yarmida, Grestiyadan Hindistongacha bo’lgan katta xududning siyosiy xayotida katta o’zgarishlar bo’ldi. A.Makedonskiy tomonidan bosib olingan hududda yirik imperiya tashkil topib, uning emirilishi oqibatida, Yaqin va O’rta Sharqda grek madaniyati ta’sirida qator yangi mamlakatlar vujudga keldi. Grek madaniyatining Sharqqa kirib borishi va uning Hindiston va O’rta Osiyo madaniyatlarining uyg`unlashishi bilan xarakterlanadigan ellinistik davr ana shunday boshlandi. Aleksandriya kabi yirik shaxarlar tarkib topdi. Bu yerda antik dunyoning eng yirik ilmiy markazi – Alekandriya kutubxonasi tashkil topdi. Uning qoshida muzey va rasadxona ochildi. Aleksandriyalik olimlar ishtirokida matematika va astronomiya sohasida katta yutuqlar qo’lga kiritildi.

Aleksandriyalik Erotosfen (275-195 y.e.o.) Yer sharining aniq radiusini o’lchash metodini taklif etdi. Aleksandriya va Siena orasini 5000 stadiya deb qabul qilib (1 stadiya – 155-180m.), Yer shari aylanasi uzunligini, so’ngra radiusini topdi.

E.o. III asrning birinchi yarmida samoslik Aristarx, Yer, Quyosh atrofida aylanadi degan fikrni o’rtaga tashladi. «Oy va Quyoshning o’lchamlari va o’zaro masofalari» degan asarida Quyosh Yerdan, Oyga nisbatan 18-20 marta narida yotadi. Oy diametri, Yer diametrining 1/3 qismiga to’g`ri keladi, deb ma’lum qildi. Yulduzlargacha masofa, Quyoshgacha masofadan juda uzoqligini aytib, u «Yerning Quyosh atrofidagi sferasi yulduzlargacha masofa bilan solishtirganda nuqta bilan barobar» deydi.

Arximed (287-212 y.e.o.) Quyosh diametri, qo’zg`almas yulduzlar sferasi oilasining 1/1000 tashkil etadi deb qarab, qo’zg`almas yulduzlar bilan chegaralangan sferaga taxminan 1064 ta qum donasi sig`adi deb e’lon qildi.

Gipparx (162-126y.e.o.) xizmatlari tufayli Aleksandriyada kuzatishlar astronomiyasi katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Tropik yilning uzunligini katta aniqlik bilan topildi (365d5h55m16s). U prestessiya hodisasini ham ochdi. U aniqlagan prestessiya kattaligi 100 yilda 1o ni, ya’ni yiliga 36'' (xaqiqiy qiymatidan 14'' kam) ni tashkil etdi. Olim Oyning parallaksini katta aniqlik bilan aniqladi, unga ko’ra Oygacha masofa 59-60 Yer radiusiga teng chiqdi.

Keyinchalik arab xalifatida bu asarning arab tiliga tarjima qilinishi, Sharqda astronomiya rivojiga katta hissa bo’lib qo’shildi. Garchi unda planetalarning sirtmoqsimon harakatining sababi noto’g`ri asosda tushuntirilsada, biroq birinchi marta ko’rinma bu harakatning ko’rinmasligi aniq tan olinib, haqiqatda qanday ekanligini qidirish yo’lidagi dadil qadam edi. Aynan shunisi bilan Ptolemey kosmologiyasi alohida ahamiyat kasb etadi.





Sharq astronomiyasi. Ma`lumki, Movarounnahrda astronomiya ancha rivoj topgan fanlardan edi. Bu yerdan yetishib chiqqan o`nlab vatandoshlarimizning o`z kashfiyotlari bilan jahon astronomiya fani tarixida o`chmas iz qoldirganliklaridan barchamiz faxrlansak arziydi. Bular ichida IX asrlarda fan va madaniyat markazi sanalgan, Bog`dod shahrida shakllangan «Donishmandlar uyi» («Ma`mun akademiyasi»)da faol ishtirok etgan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, X asrda yashab ijod etgan Abu Mahmud Xo`jandiy, XI asrda Xorazmda Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Mansur ibn Iroq, sal keyinroq Umar Hayyom (XI asr), Nasriddin at-Tusiy (XIII asr) kabi buyuk yurtdoshlarimizning ilmiy meroslari-astronomiya fani erishgan dastlabki durdonalardan hisoblanadi. Shuningdek, azim shahar Samarqand etagida Ulug`bek va uning maktabi tomonidan ishga tushirilgan rasadxona va undan undan Koinot qa`riga tashlangan nazar ham faqat Sharqdagi emas, balki jahon fani, madaniyatining «ochilmagan qo`rig`i»ni ochish – Koinotni o`rganishga qo`yilgan buyuk qadamlardan sanaladi.

Kishilarda ana shunday umuminsoniy qadriyatlarni yaratadigan dunyoqarashni shakllantirishda o`zining ulkan hissasini qo`shayotgan ilmu-nujum, bizga ota-bobolarimizdan meros fan hisoblanadi. Bu yurtimiz yoshlari oldiga bunday durdona merosni asrab-avaylash va uni ko`paytirishdek ulug` ishlarga bel bog`lab kirishish vazifalarini qo`yadi. Zero azaldan “ilmi-nujum” sharqda shakillangan va rivojlangan.



2-§ ASTRONOMIYANI O’RGANISH PEDAGOGIK MASALADIR

XXI asr intellektual yoshlar asri deb bejiz aytilmadi, albatta O`zbekistonning rivojlanayotgan astronomiya fani, yaqin kelajakda sizdek iste`dodli yoshlar hisobiga iqtidorli astronom-olimlar safini to`ldiradi va ular yutuqlari bilan ajdod allomalarimiz ruhini shod etadilar, degan umiddamiz.

Yurtimizda iqtisodiy, ijtimoiy, ta’lim sohalarida olib borilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib turmush tarzini yaratish bilan birga, jismoniy va ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim salohiyatini yuksaltirish, milliy mafkurani yaratish va uni ruyobga chiqarishda faol ishtirok eta oladigan raqobatbardosh, barkamol avlod tarbiyalanilib voyaga yetmoqda. Yangilanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlardagi ijobiy o’zgarishlar O’zbekistonni jahonga tanitmoqda, ya’ni o’ziga xos «O’zbek modeli»ni butun jahon tan olmoqda.

Bunday o’zgarishlar va yangilanishlar pedagogika va uning tarmog’i bo’lgan fizika va astronomiyani o’qitish uslubiyoti (xususiy pedagogika) fanlari oldiga hal etilishi lozim bo’lgan yangi, dolzarb muammolarni qo’yadi.

Davlat ta’lim standartlarida belgilab quyilganidek, umumta’lim fanlaridan (jumladan astronomiya fanidan ham) ta’lim mazmunining o’rnatilgan minimumiga erishish barcha o’quvchilar uchun majburiydir. O’quvchining umumta’lim fanlaridan olgan bilimlari akademik litsey yoki kasb hunar kollejini tugatgandan so’nggi amaliy faoliyatida hamda uning oliy ta’lim muassasasida davom ettiradigan keyingi o’qish faoliyatida ham ishonchli vosita bo’lib xizmat qilmog’i lozim.

Ushbu talablardan kelib chiqqan holda astronomiya o’qitish uslubiyoti fani oldida quyidagi dolzarb muammolarni hal etish vazifasi turadi:

- milliylik ruhi bilan boyitilgan, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qamrab olgan o’quv qo’llanmalar va darsliklar yaratish;

-astronomiya o’qitishning umumiy masalalarini tahlil qilish va ularni hal etishda o’quv fanini takomillashtirish;

-ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, umumlashtirish hamda o’quv jarayoniga tadbiq etish;

-astronomiyadan egallangan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda qo’llay olishni o’rgatish;

-yoshlar psixologiyasining o’ziga xosligini e’tiborga olgan holda astronomiya o’qitish jarayonining tahlili, darsliklar, o’qitish vositalari va metodik qo’llanmalardan foydalanishning didaktik talablarini ishlab chiqish;

-astronomiya o’qitish tarixini tahlil etishda milliy merosining boy namunalaridan foydalanish asosida astronomiya o’qitish uslubiyoti rivojlanishining qonuniyatlarini aniqlash;

-o’quvchilarni astronomiya fanining asosiy bilimlaridan: eksperimental faktlardan, tushunchalardan, qonunlardan, nazariya va ularning amaliy qo’llanilishidan xabardor qilish;

-astronomiya o’qitishning asosiy uslubiyotlari bilan tanishtirish;

-eksperimental qobiliyatlarni shakllantirish - asbob va uskunalardan foydalanish, o’lchash natijalarini olish, matematik modellashtirish, qayta ishlash;

-mustaqil bilimlar olish, kuzatish va astronomik hodisalarni fizika qonunlari asosida tushuntirish qobiliyatlarini shakllantirish;

-astronomiya faniga muhabbat va hurmat o’yg’otish, o’quvchilarning bilim va ijodiy qobiliyatlarini o’stirish hamda rivojlantirish;

Ushbu muammolarni hal etish eng avvalo, milliy model talablari asosida ta’lim tizimini yangilash va yangi ijtimoiy muhit sharoitida uni yanada rivojlantirish, takomillashtirish zarurligini ko’rsatadi. Ta’lim sohasida yuzaga kelgan bunday dolzarb muammolarni hal etish asosan, quyidagi tamoyillarga tayanadi.

Birinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda o’tmishni teran his etib, xalqimiz ruhiyatini, uning tarixiy va milliy o’ziga xos jihatlarini, an’ana va urf-odatlarini hisobga olib, tarixiy taraqqiyot davomida to’plangan ma’naviy merosi va milliy qadriyatlaridan oqilona foydalanish orqali amalga oshirilsa, ikkinchidan, jahon ilmiy tafakkuri va ijtimoiy foydalanish asosida ro’yobga chiqarish mumkin bo’ladi.

3-§ ASTRONOMIYA FANINI O’QITISHDA MILLIYLIK

PRINSIPI

Uzoq o’tmishdayoq o’zbek xalqining ilg’or mutafakkirlari olib borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari umumjahon bashariyat fani va madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi. O’zbek xalqi matematik va astronomlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Ulug’bek, Rumiy, Javhariy, Umar Hayyom, Ali Qushchi; faylasuf, muhanddis, ilohiyot va huquq ilmining asoschilari - al-Farobiy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Marg’iloniy, Gijduvoniy, Naqshbandiy, Nasafiy; qomusiy olimlar - Beruniy, Ibn Sino; shoir va mutafakkirlar - Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Mahmud Qoshg’ariy, Bobur, Ogohiy; tarixchi olimlar az-Zamaxshariy va boshqa ko’plab o’tgan ulug’ zotlar, buyuk bobokalonlarimiz bilan faxrlanadi. Tariхiy kelib chiqish bilan bugungi o’qitish tizimini bog’laydigan bo’lsak, ta’lim va tarbiya uzviyligini dinamik rivojlanishiga erishamiz.

Astronomiyani o’qitish uslubiyotida muhim jihat milliy qadriyatlarga suyangan ta’lim bilan hamohang ta’lim-tarbiyani shakillantirish masalasiga to’хtalmoqchimiz. Bunda asosiy e’tiborni inson go’dakligidan allalar tinglab, ertaklar, afsona va rivoyatlar eshitishga moyilligi mavjidlligidan foydalanib zamonaviy bilimlarni shu asos ustida shakllantirishga qaratmoqchimiz.

Ta’limni rivojlantirishda uni zamonaviy teхnologiyalar bilan boyitish asosida tariхiy аn’analarni saqlagan holda milliy qadriyatlarni qamrab olgan “o’zbek modeli”ga o’tishdek dolzarb masala hal eilmog’i lozim. Astronomiya o’qitish uslubiyotida aynan хalq rivoyatlaridan foydalanish o’quvchilarga milliy qadriyatlarni shakllantirish bilan birga ilmiy, aхloqiy, mehr-sadoqat, ota-onaga hurmat g’oyalarni singdiradi.



O’quv jarayonida boy ilmiy-milly merosdan o’quvchi va talabalarni bahramand qilish ta’lim va tarbiya uyg’unligiga erishishda muhim ahamiyatga ega ekanligi hech kimga sir emas. Biz bilamizki, o’quv jarayonini ajralmas qismi bo’lgan tarbiya ham hech kimni befarq qoldirmaydi. O’quv mashg’ulotlarida хalq rivoyatlaridan foydalanish orqali mavzularni mustahkamlashda, o’qitish sifati va samaradorligini oshirishda dasturi amal bo’lib хizmat qiladi. Astronomiya o’qitish uslubiyotini takomillashtirishda mavzular ketma-ketligini saqlagan holda, fan dasturi negizida o’qitishda хalq rivoyatlari bilan boyitish orqali o’quvchi va talabalarda milliy qadriyatlarga bo’lgan hurmatni yanada oshirish mumkin. Yulduz burjlarini astronomiyada belgilanishi kelishilgan holda quyidagi tazda qabul qilingan.

4-§ YULDUZ BURJLARI


T/n

Burji

Belgisi

Nomi




Burji

Belgisi

Nomi

1.





QO’Y

7.





CHAYON

2.





BUZOQ

8.





O’Q OTAR

3.





EGIZAKLAR

9.





TOG’ECHKISI


4.





QISQICHBAQA

10.





QOVG’A


5.





ARSLON

11.





BALIQ

6.





PARIZOD

12.





TAROZI


QO’Y



BUZOQ


EGIZAKLAR


QISQICHBAQA



ARSLON


PARIZOD



TAROZI


CHAYON



O’Q OTAR


TOG’ ECHKISI



QOVG’A



BALIQ


Astronomiyadan yulduz turkumlari mavzusini o’qitishda хalqimizda keng tarqalgan rivoyatlardan ayrimlarini misol tariqasida keltirib o’tmoqchimiz:

O’tmishda tungi salqindan foydalanib manziliga oshiqqan karvonlar kompas yoki shunga o’xshash olis va mashaqqatli cho’lu biyobonlarni kezib, adashmay yo’l topganlar. Tajribali sarbonlar tunda yetti qaroqchi yoki temir qoziq yulduziga qarab dunyo tomonlarini aniq belgilaganlar va karvon yetib borishi mo’ljallangan manzil qayerdaligini aniqlab, o’sha tomonga yo’l boshlaganlar. “Yetti qaroqchini tanigan yetti tunda adashmas” maqolining zamirida ham ana shu hayotiy haqiqat yashiringan. Osmonnig shimoliy yarim sharida ko’rinuvchi bu yulduz turkumi xalqimiz orasida Yetti og’ayni, Yetti qaroqchi, Katta ayiq kabi nomlar bilan ham atab kelinayotganini ta’kidlab o’tamiz.

Yetti qaroqchi yulduz turkumi homiy ruhlarning samoviy timsoli deb tasavvur etish an’anasi o’zbek xalq rivoyatlarida ham o’z ifodasini topgan.

Naql qilishlaricha, qadim zamonlarda Qizilqum cho’lida zukko podshoh yashab o’tgan ekan. Uning yetti o’g’li va bitta sohibjamol qizi bo’lgan ekan. Kunlardan bir kun bu mamlakatga uzoq yurtdan bir zolim podshoh qo’shin tortib kelibdi. Kurashlarda kuragi yerga tegmagan, chinorni bir tortganda qo’paradigan yaroq-aslahalarni sozlab jangga otlanishibdi. Uzoq jangu-jadallardan keyin, aka-ukalar dushmanning dodini berib, g’alaba bilan qaytishibdi. Ammo xalq botirlarni shodu-xurramlik bilan emas, qayg’u-alamda bosh egib kutib olishibdi. Gap shundaki, dushman hiyla ishlatib, shohning go’zal qizini maston kampirlar orqali saroyda zaharlab o’ldirishga ulgurgan ekan. Og’a-inilar bu shum xabardan xabar topib sherdek o’kiribdi. Qizilqumning oils bir yerida muqaddas bir qabriston bor ekan. Yetti aka-uka singlisining tobutini ko’tarib, o’sha qabriston tomonga yo’l olibdilar. Yigitlar faryodiga na zamin, na falak dosh bera olmabdi. Og’a-inilarning bu qat’iy sadoqati bois Tangri taollo yetti aka-ukani yulduzga aylantirgan emish. Aytishlaricha, Yetti qaroqchining oldindagi to’rt yulduzi to’rt tobutkash, qolganlari (cho’michning band qismidagi uch yulduz ) g’am to’la boshlarni egib tobut ortidan borayotgan uch aka-uka emish.

Turkiy xalqning samoviy mifologiyasida Temir qoziq yulduzi nafaqat osmon, balki butun olamning qoq o’rtasi deb tasavvur qilingan. IX asrning buyuk tilshunosi Mahmud Qoshg’ariy bu haqida shunday yozgan: “Qozunuq-qoziq. Qutb yulduzini “Temir qoznuq” deyish ham shundandir. Bizda esa “Temir qoziq” demakdir. Chunki osmon buning ustida aylanadi. Yoqutlar qutb yulduzini “Temir yog’och”ga o’xshatadilar naql qilinishicha, Yer bilan Osmon yaratilib bir-biridan asta uzoqlashayotgan paytda zaminda bir temir daraxt o’sib chiqibdi. Ana shu daraxtning uchi tekgan joy temir qoziq yulduzi emish.

Temir qoziq yulduzining boshqa osmon jismlariga nisbatan o’zgarmas, ya’ni harakatsiz bo’lishining sababi, qutb yulduzi yerning aylanishi o’qiga juda yaqin joylashganida. Shuning uchun ham Yer o’z o’qi atrofida aylanishi tufayli bo’ladigan vaqt aylanasi doirasida zaminda turib kuzatayotgan kishining ko’ziga o’zgarmas nuqtaday bo’lib ko’rinadi. Aslida esa Osmondagi boshqa samoviy jismlar, yulduz va sayyoralar singari, temir qoziq yulduzi ham misli ko’rinmagan fazoviy kenglikda harakat qiladi.

O’zbek xalq rivoyatlarida Zuhra, Cho’lpon yulduzi, Yorug’ yulduz nomlari bilan yuritiladigan Venera sayyorasi bilan bog’liq qarashlar a’lohida o’rin tutadi. Xalq orasida “Tong yulduzi ” nomi bilan mashhur bo’lgan yulduz Quyosh sistemasiga kiruvchi sayyoralardan biri bo’lib, o’zining doim yaraqlab turishi va charag’onligi bilan ajralib turadi. Zuhra sayyorasi ham xuddi Yerga o’xshab Quyosh atrofida aylanadi. Zuhraning ertalab va kechqurun barvaqt ko’rinishi qadimgi ajdodlarimiz turmushida muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan Tajribali cho’ponlar qo’y-qo’zilarni yaylovga haydash vaqtini zuhraning tonggi ko’rinishiga qarab aniqlaganlar. Cho’ponlar Zuhra yulduzi ko’rinishi bilan suruvni o’tloqqa yoyishga odatlanganliklari bois, bu sayyora “Cho’pon yulduz” deb ham ataladi.

Tong yulduzi haqida quyidagi naqlni aytishgan: “Zuhra” aslida bir kambag’al odamning qizi ekan. Ota-onasi o’lib yetim qolgan bu qizchaga podshohni ishqi tushib, unga sovchi qo’yibdi. Shunda qiz: “O’zimning sevganim bor o’shanga tegaman!”-deb rad javobini beribdi. Alamidan ikki ko’zi qonga to’lgan shoh, makkor ayg’oqchilarni ishga solib, vafodor sevgilisini topdiribdi-da dorga osishni buyuribdi. Xaloyiqni yig’ib: “Kimda-kim shu dorga osilgan yigitning jasadini dordan olib, ko’mishga urinsa, podshoh g’azabiga duchor bo’ladi! ”- deb jar solibdi.

Sevganidan ayrilgan Zuhra tunu kun yig’labdi. Kechasi hamma uxlab, elning oyog’i tingach, yigitning jasadini dordan olib, dafn qilmoqchi bo’libdi. Qizning sevgilisi osilgan dor yog’ochi juda uzun ekan, qiz dorga tirmashib chiqaveribdi, chiqaveribdi axiyri dorning uchiga yetibdi. Qarasa undan narisi osmonga bir qadam yo’l ekan. Shunda qiz : “Zolim podshoh tirik ekan, menga kun bermaydi yaxshisi osmonga chiqib ketaqolay. Bir kunmas bir kun dunyoda zo’ravon podshohar yo’qolar, Ana o’shanda yana qaytib tusharman”,- deb o’ylabdida osmonga chiqib ketibdi. Shundan beri Zuhra har kuni tonggotar mahali osmondan yerga asta mo’ralab qo’yar emish.

Bobo dehqonlarimiz vaqt hisobi yuritishda boshqa yulduzlar qatori Tarozi yulduzi harakatiga asoslanganlar. Xususan, xorazmlik dehqonlarning “Tarozi qator bo’ldi” iborasini sharhlagan professor I.Jabborovning ma’lumotlariga qaraqanda, agar Tarozi ufq ustida ko’rinsa, yoz boshlanganligidan dalolat bergan. Shu bois osmon yoritgichlarining harakatini muttasil kuzatib turgan dehqonlar “Tarozi yotganda yoningga kelsa, yozingga na qoldi?” deydilar.

Xalq orasida Tarozi chiqsa tong soviydi, Sumbula tug’sa suv soviydi degan maqol ham bor. Chunki, yoz faslining oxirida erta tongda Quyosh chiqmasdan burun ufqda Tarozi yulduzi ko’rina boshlashi issiq kunlar oxirlab qolayotganida dalolat bergay. Tarozi ko’rinish berishi bilan tong salqinligi sezila boshlaydi. Sumbula yulduzlarining tug’ushi esa yoz fasli nihoyasiga yetib, kuz boshlanganligining alomati deb qaraladi.

Ma’lumki, Tarozi yulduzi oltita yoritgichdan iborat bo’lib, hamisha Hulkar bilan yonma-yon yuradi. Tarozi bilan Hulkarning birgalikda aylanishi, ya’ni ular osmon gumbazida hamisha Etti qaroqchi yulduzlari orqasidan “Qorama-qora“ harakatlanishiga e’tibor bergan ajdodlarimiz bu astronomik hodisa mohiyatini rivoyatlar asosida izohlashga uringanlar.

Shunday qator хalq rivoyatlaridan o’qitish jarayonida keng foydalanish natijasida o’quv jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga o’quvchi va talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantiriladi. Ularda kasbiy ko’nikma va malakalar hosil qilish bilan birga yurtga, ajdodlarga hurmat hamda sadoqat kabi tarbiyaviy tushunchalar shakllanadi.




Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə