“Yetti qaroqchi ”ni tanigan etti tunga adashmas


-§ MAQOL VA IBORALARDA YIL FASILLARINI AKS



Yüklə 279,42 Kb.
səhifə2/6
tarix23.11.2017
ölçüsü279,42 Kb.
#11877
1   2   3   4   5   6

5-§ MAQOL VA IBORALARDA YIL FASILLARINI AKS

ETIRILISHI

Quyosh, oy va yulduzlar harakati, mavsumiy qushlarning fasllar almashinuviga bog’liq ko’chish muddatlari o’simliklar hamda hayvonot olamida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni kuzatish asosida to’plangan hayotiy tajribalar taqvim uchun asos bo’lib xizmat qilgan. Qamariy yil hisobi bilan bog’liq “barot keldi”, “safar qochdi”, “oxir chorshanba”, “yo ramazon” yil fasllari bilan aloqador “yas-yusun”, “boychechak xabari”, “loy tutash”, “qozon to’ldi”, “sumalak beviti”, “shox moylar”, “oblo baraka” yomg’ir yog’dirish, shamol chaqirish va uni to’xtatish kabi janrlardan iborat bo’lib qadimgi dehqonlarning serhosil g’oyasini tashuvchi astral-kultlarga bag’ishlangan.

Ajdodlarimiz qo’llagan an’anaviy vaqt hisobi amallari bilan bevosita bog’liq holda shakllangan bo’lib, oilaviy-maishiy marosim va urf-odatlar o’zining o’tkazilish o’rni va vaqtining mavsumiyligi, tabiatdagi o’zgarishlarning harakat, so’z va aqo’shiq vositasidan bayon qilinishi bilan farqlanadi.

Vaqt hisobini yuritishning “dehqon hisobi”, “chorva hisobi”, “yulduz hisobi”, “to’qish yoki to’g’al hisobi”, “qush qayi yoki dolg’a hosibi”, “muchal hisobi”, “tovush hisobi kabi an’anaviy taqvim usullari bilan aloqalar mif, afsona, rivoyat, naql, qo’shiq-maqol, aytim va ta’birlarni o’z ichiga oladi.

Xalqimiz o’rtasida qo’llanilib kelingan taqvimiy tushunchalarni o’zida aks ettirgan nisbatan qadamiy qatlami mif afsona rivoyat va naqllardir. Kalendar mif hamda afsonalarda vaqt hisobi amallarining kelib chiqishi muayyan taqvimiy tushunchalar mohiyati yil, oy, kun hisobini yurish bilan bog’liq turli xil an’analar mohiyati izohlanadi. Ushbu taqvimlar ma’lum bir mifik obrazlar mavjud bo’lib, bu obrazlar orqali otra-bobolarimiz yaxshilik va yomonlik kuchlari o’rtasidagi ko’rish yaqqol tasvirlab berilgan.

Taqvimga aloqador maqollarda ajdodlarimizning yil fasllari haqidagi kuzatishlari tashqi olam haqidagi tasavvurlari tabiat o’zgatishlariga munosabati va mehnat faoliyati bilan bog’liq hayotiy tajribalar ham o’z aksini topgan.

“Taqvim” so’zining lug’aviy ma’nosi aslida “to’g’irlash”, “tiklash” bo’lib tilimizda “planetalarning hol va harakatlkarini ko’rsatuvchi yillik jadval calendar to’plam ma’nosida qo’llaniladi.

O’zbek xalq taqvimining quyidagi turlari mavjud.

1. Osmon yoritgishlari harakati bilan bog’liq holda kelib chiqqan taqvimlar. a) shmsiy taqvim, to’qish yoki to’g’al hisobi, b) yulduz hisobi, s) muchal hisobi.

2. Dehqonchilik va chorvachilk xo’jaligini yuritish bilan bog’liq taqvimlar a) chorva hisobi, b) yuz hisobi, s) to’qson hisobi, d) chilla hisobi, d) dehqon hisobi

3. Fenologik taqvimlar a) qushqani yoki dolg’a hisobi, b) tovush hisobi.

Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha vaqt hisobini belgilash an’anasi o’rta osiyoda ham poleolit ya’ni tosh asri davrida paydo bo’lga. Jumladan Farg’ona vodiysida istiqomat qilgan qadimgi ajdodlarimizning tasavvurlari, turmush tarsi, urf-odat va marosimlarini o’zida aks ettirgan Saymalitosh petrogliflarini o’rgangan Yu.Golenduxin mazkur chizgilarida astronomic belgilar hamda kosmogonik miflar aks ettirganligini aniqlagan.

Saymalitoshdagi toshlardan birida har birining boshidan 24tadan nur taralib turga 3 nafar quyosh ma’budi bir joyda yonma-yon turgan holatda tasvirlangan bo’lib, Yu.Golenduxinning taxminicha quyoshning chiqishi va botishiga asoslangan vaqt hisobini aks ettiradigan bu shamsiy belgilar bug’doy urug’i yerga qadalganda to hosil yig’ilgunga qadar bo’lgan vaqt (84 kun) ning ramziy ifodasidir. Zero dehqonchilik madaniyati bilan bog’liq “toqson hisobi” hozirgi kung aqadar o’zbek hisobdinlari orasida keng qo’llanishini nazarda tutsak mazkur taqvimiy amalning tarixiy asoslari qadimgi saklar davriga tarqalishi ma’lum bo’ldi.

O’rta Osiyo mifologiyasida quyosh va oy kulti muhim o’rin tutgan. L.I.Rempelning yozishicha, O’rta Osiyo hududida olib borilgan arxeologik qidiruv ishlari chog’ida topilgan buyumlaridagi doira, yarim doira, yulduzcha, qo’shuv alomati shaklidagi chiziqlar qadimgi ajdodlarimizning quyosh bilan bog’liq tasavvurlarini anglati.Quyosh kultesi esa taqvimning kelib chiqishida muhim rol o’ynagan astramifologik asoslaridan biridir. O’zbek xalq taqvimining kelib chiqishi va turli xil ko’rinishlari haqidagi mif , afsona, rivoyat va naqillar, taqvimning muayyan muddatlariga oid maqol, matal, hikmatli so’z va topishmoqlar, yil fasllari va taqvim oylari bilan bog’liq xalq tabirlari, irim-sirim va ishonchlar, fenologik qarashlar, mavsumiy marosim qo’shiqlari “Mavsumiy marosim folklori “ yoki “Taqvim folklori” deyiladi.

Qadimgi turkiy xalqlarining yulduzlar harakatuni kuzatishga asoslangan fenologik qarashlari va astromifologik tasavvurlari o’z aksini topgan. Ajdodlarimiz Temir qoziq Hulkar, Tarozi, Zuhra, Qambar, Umri Zoya va boshqa yulduzlarning osamon gumbazidagi harakatlanish tartibi hamda boshqa yoritqichlar (xususan oy) bilan o’z harakat yo’nalishi davomida (to’nashishi) hodisasini muttasib kuzatib, (yulduz hisobi) nomi bilan yuritiluvchi taqvimni yaratishgan. Zero, chorvachilik xo’jaligini yuritish hamda dehqonchilik ishlarini bajarishda ana shu astronomik qarashlarga amal qilingan. Natijada yulduzlar harakatini kuzatish asosida osmon jismlarining harakatiga oid astronomik miflar va fenologik bilimlardan iborat taqvimiy qarashlar kelib chiqqan.

Xalqimiz bahorda dalaga qo’sh chiqarish hosilni o’rib yig’ib olish, ko’klamda chorvani yaylovga haydash yoki “qo’ton buzish” yangi yaylovga ko’chish, qo’chqor qo’shish va boshqa marosimlarni o’tkazishda muayyan yulduzlar holati va harakatiga qarab ish ko’rgan. Iso Ernazar o’g’lining ma’lumot berishicha Samarqandlik dehqonlar ko’klam qo’sh chiqarar vaqtida yulduzning o’ng-chapini so’raydi. Yulduz o’ng desa qo’sh chiqaradi, yulduz chap bo’lsa qo’sh chiqarmaydi. Shu yulduzni hamma vaqt o’ng qo’lga olib qo’sh chiqaradi. Yulduzning o’ng ekanini bilmay qolsa, chap qo’lga o’tsa ham qo’shni chiqaraveradi. Bu yulduzni manglayga olib qo’sh chiqarmaydi, ko’chmaydi, bir yoqqa savarga jo’namaydi”.

Buxoro viloyatining Olot tumanidagi Sher qishlog’ida yashovchi 79 yashar Durdi Cho’liyevning aytishicha quyosh chiqadigan tomonda 2ta yulduz, ya’ni Qo’sh yulduz bor. Ana shu Qo’sh yulduz osmonda paydo bo’lganda yerga qo’sh solganlar. Olot tumanidagi Yobkent qishlog’ida yashovchi 85 yashar Shosaid Ochilovning aytishicha “Qo’shvon yulduz” degan yulduz bor bo’lib, u ertalab tong yulduzidan oldin ko’rinadi. Shu yulduz ko’ringach dalaga qo’sh kiritadilar.

Tarozi yulduz qator bo’lgandan keyin bug’doy yanchib bo’lmaydi, chunki “Tarozi qator bo’lsa bug’doy ham tasma bo’ladi” degan naql bor. Bu davrda bug’doyning samoni nam tortib yanchilishi qiyin bo’lib qoladi. “Tarozi tug’ilishi-kuz belgisi” tarozi yulduzlar ufq ustida paydo bo’lsa, yoz boshlanadi.

Fasllar, yil, oy, kun nomlari tabiat hodisalari bilan bog’liq tasavvurlar va xalq taqvimi bilan aloqador mifologik qarashlar “Kalendar miflar” deyiladi. Kalendar miflarda ajdodlarimizning fasllar almashinuvi, ob-havodagi o’zgarishlar, chorvachilik va dehqonchilik ishlarini bajarish muddatlari to’g’risidagi iqtisodiy tushunchalari o’z ifodasini topgan. Taqvim bilan bog’liq afsona, rivoyat va naqllar esa xalqimizning vaqt hisobi bilan aloqador turli xil tasavvurlari haqidagi ma’lumot berish tinglovchiga taqvim to’g’risida biror xabar yetkazish vazifasini bajaradi.

Xalqimizning vaqt hisobini yuritish bilan bog’liq taqvimiy qarashlari tizimida vaqtning ma’lum bir muddatlari haqidagi mifologik afsonalar ham mavjud. Shunday mifologik afsonalardan birida aytilishicha qadim zamonlarda Ayamajo’z degan ayol yashar ekan. U bir umr tirnoqqa zor bo’lib o’tibdi. Kunlardan bir kuni umri poyonlab qolganini sezgan Ayamjo’z xudoga iltijo qilib “Ey Parvardigor, bandalaringga ravo ko’rgan ne’matingdan men mushtiparni benasib qilding? Endi bu dunyodan shunda benomu benishon o’tib ketaveraman?” deb yalinibdi. Shunda Xudo muruvvat ko’rsatib qish bilan bahor oralig’idagi yeti kunni unga baxsh etgan. O’shandan buyon bu kunlar Ayamjo’z ya’ni “kampir” kunlari deb atalibdi.

Vaqt hisobi bilan bog’liq bunday taqvimiy afsonalar xalq nasrining qadimiy qatlamiga mansub bo’lib, calendar miflarning rivoji natijasida kelib chiqqan va ular an’anaviy xalq taqvimiga doir tushunchalar mohiyatini oydinlashtirish u yoki bu vaqt hisobi amali haqida ma’lumot berish, tiinglovchiga xalq hisobi to’g’risida xabar yetkazish maqsadida aytiladi.

Taqvim bilan bog’liq o’zbek xalq rivoyatlarida ham voqeylik ma’lum bir tarixioy shaxs yoki hodisa bilan bog’liq hodisa hikoya qilinadi. Ana shunday rivoyatlardan birida muchal hisobining kelib chiqishi haqida ma’lumot berilgan.

“Turk hoqonlaridan biri o’zidan bir necha yil oldin bo’lib o’tgan urushni o’rgatmoqchi bo’lgan, shunda urush bo’lib o’tgan yilni aniqlashda anglashilgan. Bu masala yuzasidan Hoqon qavmi bilan kengashdi va aytdi “biz bu tarixni (aniqlashda) qanchalik yanglishgan bo’lsak bundan keyin ham shunday yanglishdilar, shunday bo’lgach, biz endi 12 oy va osmondagi 12 burjga asoslanib 12 yilga ot qo’yishimiz kerak, toil bizdan keyin yil hisobi shu yillarning aylanishiga qarab olinsin va bizdan keyin yil hisobi shu yillarning aylanishiga qarab ilinsin va bu narsa abadiy yodgor bo’lib qolsin”. Hoqon ovga chiqdi va odamlarga vaxshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi. Bu katta suv edi, odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar shunda 12 hayvon suvdan o’tdi. 12 yilni 12 hayvon ismi bilan atadilar. Eng oldin suvdan o’tgan hayvon sichqon bo’ldi. Shuning uchun yil boshi uning nomi bilan ataladi, shu so’zga yil qo’shib sichqon yili deb atadilar. Undan keyin o’tganlari quyidagi tartibda bo’ldi va ularning har bir yil uchun ism bo’lib qoldi. 1) Sichqon, 2) Sigir, 3) Bars, 4) Quyon, 5) Timsoh 6) Ilon, 7) Ot, 8) Qo’y, 9) Maymun, 10) Tovuq, 11) It, 12) To’ng’iz.

Jonivorlarning daryo tomon haydab borilishi va ularning suvdan o’tish tartibiga qarab muchal yillarining nomlanishi haqidagi bu rivoyat turkiy xalqlar og’zaki nasrining mushtarak epik syujeti asosida shakllangan. Qadim zamonlarda barcha jonivorlar bir joyga to’planishib, qaysi hayvon tong otganini birinchi bo’lib ko’rishi to’g’risida bahslashib qolishdilar. Shunda ular “Kelinglar, bir joyga tizilib turib tong otishini kuzaramiz, qaysimiz quyosh chiqishini birinchi bo’lib ko’rsak muchalning birinchi yili o’shaning nomi bilan bo’lsin” deyishibdi. Jonivorlar bitta baland tepalikka chiqib tong otishini poylay boshlashibdi. Quyosh chiqishiga ozgina fursat qolganda tuya jonivorlarning oyog’I ostida yurgan sichqonni masxara qilib kulibdi. Shunda sichqon tuyaning ustiga chiqib uning ikki qulog’i o’rtasiga joylashib olgan ham ekanki ufqda quyosh ko’rininbdi. Quyosh chiqqanini birinchi bo’lib sichqon ko’ribdi buni bilgan tuya boshini qattiq silkitgan ekan yerga tushgan sichqon g’azillagancha iniga kirib ketibdi. Jahli chiqqn tuya sichqonning orqasidan quvib ketibdi. Jonivorlarning hammasi navbati bilan quyosh chiqqanligini ko’rishibdi va muchalning 12 yili ana shu jonzotlar nomi bilan ataladigan bo’libdi. Quyosh chiqishini birinchi bo’lib ko’rgani uchun muchal hisobining boshi sichqon yili deb atalibdi. Tuya esa bo’yiga ishonib yildan quruq qolgan ekan.

Muchal hisobi haqidagi naqldan tasvirlangan obrazlar majoziy mohiyat kasb etsada unda hayotda ayyorlik maqsadga erishishga kasb etsada unga hayotda ayyorlik bilan maqsadga erishishga harakat qilish misolida ba’zi bir kimsalar qismatiga ishora qilinida. Naqldan “bo’yiga ishingan tuya yildan quruq qolibdi” degan ibratli xulosa chiqarilishi ham shu fikrni ham tasdiqlaydi.

Astronomiyani o’qinish jarayonida mavzular ketma –ketligini saqlagan holda milliy qadriyatlarni singdirib borish muhim omil hisoblanadi.O’zbek xalqi orasida “Asad hosilingni yasad” degan iboralar yuradi. Haqiqatdan “Asad” yulduz turkumi yoki “Asad” burji yozning issiq kunlariga to’g’ri keladi.Bu davrda mevalar, poliz ekinlari diyarli barchasi pishib yetilish vaqti bo’lib hisoblanada,shu sababli “Asad hosilingni yasad” iborasi o’zbek xalqi orasida avloddan avlodga meros sifatida saqlanib kelmoqda. Bunda asosiy e’tibor vaqt masalasiga qaratilgan bo’lib, dehqonlarni ogohlikka davit qilishdan iborat. “Aqrab kelar aqirib-sovuqlarni chaqirib”-bu ibora “Chayon” yulduz turkumiga qarata aytilgan bo’lib bu davr yilning sovuq kunlarining boshlanishi ya’ni oktyab oyining oxiri va noyabr oyining boshlariga to’gri keladi, shu sababli ota-bobolarimiz “Aqrab kelar aqirib-sovuqlarni chaqirib” iborasini sovuq kunlar boshlanishidan darak deb aytib kelishadi. Bunda asosan dehqonchilik ymushlarini o’z vaqtida bajarish nazarda tuniladi. “Sunbulaning ko’sagi, buzoqlarning xo’ragi” iborasi ham xalq orasida ishlatilib kelinadi, bu iborada nimani anglash mumkin “Sunbula” burji yoz kunlari tugab kuzning salqin kunlari boshlanishiga to’g’ri kelad, shu sababli bu davrda hosilga kirgan ekinlar pishmay qolishi mumkinligi haqida aytilgan. Kuzda kechga qolgan hosillar yetilmasdan nobud bolishi mumkin, ya’ni yem xo’rak bo’lishi mumkinligi haqida aytilgan. Haqiatdan quyoshli kunlar kamayib borganligi sababli hosil yaxshi pishib ulgurmaydi. Shuning uchun bobo-momolarimiz “Sunbulani ko’sagi,buzoqlarning xo’ragi” deyishadi. “Hut - sovuqlarni yut” albatta Hut kelganda bizda issiq kunlar boshlanishiga oz kunlar qoladi. Su sababli ham “Hut - sovuqlarni yut” iborasi xalqimiz orasida ko’p ishlatiladi.


6-§ RIVOYATLAR YAHSHILIKKA YETAKLAR

Yetti qaroqchi ”ni tanigan etti tunga adashmas

O’tmishda tungi salqindan foydalanib manziliga oshiqqan karvonlar kompas yoki shunga o’xshash olis va mashaqqatli cho’lu buyobonlarni kezib, adashmay yo’l topganlar. Tajribali sarbonlar tunda etti qaroqchi yoki temir qoziq yulduziga qarab dunyo tomonlarini aniq belgilaganlar va karvon etib borishi mo’ljallangan manzil qayerdaligini aniqlab, o’sha tarafga yo’l boshlaganlar. “Yetti qaroqchini tanigan etti tunda adashmas” maqolaning zamerida ham ana shu hayotiy haqiqat yashiringan. Osmonnig shimoliy yarim sharida ko’rinuvchi bu yulduz turkumi xalqimiz orasida Yetti og’ayni, Yetti qaroqchi, Katta ayiq, cho’mich yulduzi kabi nomlar bilan ham atab kelinadi.

Yetti qaroqchi yulduz turkumi homiy ruhlarning samoviy timsoli deb tasovvur etish an’anasi o’zbek xalq samoviy miflarida ham o’z ifodasini topgan.

Naql qilishlaricha, qadim zamonlarda Qizilqum cho’lida zukko podshoh yashab o’tgan ekan. Uning yetti o’g’li va va bitta sohibjamol qizi bo’lgan ekan. Kunlardan bir kun bu mamlakatga uzoq yurtdan bir zolim podshoh qo’shin tortib kelibdi. Kurashda kuragi yerga tegmagan, yetti yashar tutni bir tortganda qo’paradigan yaroq-aslahalarni sozlab janga otlanishibdi. Uzoq jangu-jadallardan keyin, aka-ukalar dushmanning dodini berib, g’alaba bilan qaytishibdi. Ammo xalq botirlarni shodu xurramlik bilan emas, qayg’u-alamda bosh egib kutib olishibdi. Gap shundaki, dushman xiyla ishlatib, shohning go’zal qizini maston kampirlar orqali saroyda zaharlab o’ldirishga ulgurgan ekan. Og’a-inilar bu shum xabardan xabar topib sherdek o’kiribdi. Qizilqumning oils bir yerida muqaddas bir qabriston bor ekan. Yetti aka-uka singlisining tobutini ko’tarib, o’sha qabristot tomonga yo’l olibdilar. Yigitlar faryodiga na zamin, na falak dosh beraolmabdi. Og’a-inilarning bu qat’iy sadoqati bois Tangri taollo yetti aka-ukani yulduzga aylantirgan emush Aytishlaricha, Yetti qaroqchining oldindagi to’rt yulduzi to’rt tobutkash, qolganlari (cho’michning band qismidagi uch yulduz ) g’am to’la boshlarni egib tobut ortidan bosh egib borayotgan uch aka-uka emish.

Turkiy xalqning samoviy mifologiyasida Temir qoziq yulduzi nafaqat osmon, balki butun olamning qoq o’rtasi deb tasovvur qilingan. IX asrning buyuk tilshunosi Mahmud Qoshqariy bu haqida shunday yozgan: “Qozunuq-qoziq. Qutub yulduzini “Temir qoznuq” deyish ham shundandir. Temir qoziq demakdir. Chunki osmon buning ustida aylanadi”. Yoqutlar qutub yulduzini “Temir yog’och”ga o’xshatadilar naqil qilinishicha, Yer bilan Osmon yaratilib bir-biridan asta uzoqlashayotgan paytda zaminda bir temir daraxt o’sib chiqibdi. Ana shu daraxtning uchi tekgan joy temir qoziq yulduzi emish.

Temir qoziq yulduzining boshqa osmon jismlariga nisbatan o’zgarmas, ya’niy harakatsiz bo’lib tuyulishining sababi, qutub yuiduzi yerning aylanishi o’qiga juda yaqin joylashganida. Shuning uchun ham Yer o’z o’qi atrofida aylanishi tufayli bo’ladigan vaqt aylanasi doirasida zaminda turib kuzatayotgan kishining ko’ziga o’zgarmas nuqtaday bo’lib ko’rinadi. Aslida esa Osmondagi boshqa samoviy jismlar, yulduz va sayyoralar singari, temir qoziq yulduzi ham misli ko’rinmagan fazoviy kenglikda harakat qiladi.

O’zbek xalq samoviy mefalogiyasida, Zuhra, Cho’lpon, Tong yulduzi, Cho’pon yulduzi, Yorug’ yulduz nomlari bilan yuritiladigan Venera sayyorasi bilan bog’liq qarshilar a’lohida o’rin tutadi. Xalq orasida “Tong yulduzi ” nomi bilan mashhur bo’lgan yulduz Quyosh sestemasiga kiruvchi sayyoralardan biri bo’lib, o’zining doim yaraqlab turishi va charag’onligi bilan ajralib turadi. Zuhra sayyorasi ham xuddi Yerga o’xshab Quyosh atrofida aylanadi. Zuhraning ertalab va kechqurun barvaqt ko’rinishi qadimgi ajdodlarimiz turmushida muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan. Tajribali cho’ponlar qo’y-qo’zilarni yaylovga haydash vaqtini zuhraning tongi ko’rinishiga qarab aniqlaganlar. Cho’ponlar Zuhra yulduzi ko’rinishi bilan suruvni o’tloqqa yoyishga odatlanganliklari bois bu sayyora “Cho’pon yulduz” deb ham ataladi.

Tong yulduzi haqida qo’yidagi naqlni aytishgan: “Zuhra” aslida bir kambag’al odamning qizi ekan. Ota-onasi o’lib yetim qolgan bu qizchaga podshoni ishqi tushib, unga sovchi qo’yibdi. Shunda qiz: “O’zimning sevganim bor o’shanga tegaman!”- deb rad javobini beribdi. Alamidan ikki ko’zi qonga to’lgan shoh, makkor ayg’oqchilarni ishga solib, vafodor sevgilisini topdiribdi-da dorga osishni buyuribdi. Xaloyiqni yig’ib: “Kimda-kim shu dorga osilgan yigitning jasadini dordan olib, ko’mishga urinsa, podshoh g’azabiga duchor bo’ladi! ”- deb jar solibdi.

Sevganidan ayrilgan Zuhra tunu kun yig’labdi. Kechasi hamma uxlab, elning oyog’i tingach, yegitning jasadini dordan olib, dafn qilmoqchi bo’libdi. Qizning sevgilisi osilgan dor yog’ochi juda uzun ekan. Qiz dorga tirmashib chiqaveribdi, chiqaveribdi axiyri dorning uchiga etibdi. Qarasa undan narisi osmonga bir qadam yo’l ekan. Shunda qiz : “Zolim podshoh tirik ekan, menga kun bermaydi yaxshisi osmonga chiqib ketaqolay. Bir kunmas bir kun dunyoda zo’ravon podsholar yo’qolar, Ana o’shanda yana qaytib tusharman”,- deb o’ylabdida osmonga chiqib ketibdi. Shundan beri Zuhra har kuni tonggotar mahali osmondan erga asta mo’ralab qo’yar emish.

Mahmud Qoshqariyning qayd qilishicha, qadimgi turkiylar Mezon yulduzlarining “Erantuz” deb ataganlar “Devonnnig” 1 jildida bu atamaga “yulduzlardan Mezon yulduzining nomi bu oy manzillardan biri” deb izoh bergan.

Tarozi - ya’ni Orion esa qadimgi turkiylar tilida qora qush deb yuritilgan. “devonda Feruza tosh” ma’nosidagi, “Jash” so’zini izohlash maqsadida keltirilgan qo’yidagi to’rtlikda Tarozi yulduzlarining osmonda qator bo’lib tizilishi tasvirlangan.



Apamni jaшil jaшб

Сawgyi opuн қаш,

Tiзigli қapa қуш,

Тун, кун уза jурканнур

To’rtlikda tasvirlanishicha Tangri osmonni ko’m-ko’k ya’ni feruza rangda yaratgan hamda unga yulduzlarni sochib yuborgan. Qora qush. Ya’ni tarozi yulduzlar qator bo’lib tizilgach, kunduz o’rnini tun pardasi chulg’ab olgan.

Bobo dehqonlarimiz vaqt hisobi yuritishda boshqa yulduzlar qatori Tarozi yulduzi harakatiga asoslanganlar. Xususan, xorazimlik dehqonlarning “Tarozi qator bo’di” iborasini sharxlagan professor I.Jabborovning ma’lumotlariga qaraqanda. Agar Tarozi ufiq ustida ko’rinsa yoz boshlanganligidan dalolat bergan. Shu bois osmon yoritgichlarining harakatini muttasil kuzatib turgan dehqonlar “Tarozi yotganda yoningga kelsa, yozingga na qoldi?” deydilar.

Xalq orasida “Tarozi chiqsa tong soviydi,Sumbula tug’sa suv soviydi ” degan maqol ham bor. Chunki yoz faslining oxirida erta tongda Quyosh chiqmasdan burun ufuqda Tarozi yulduzi ko’rina boshlashi issiq kunlar oxirlab qolayotganida dalolat bergay Tarozi ko’rinish berishi bilan tong salqinligi sezila boshlaydi. Sumbula yulduzlarining tug’ushi esa yoz fasli nihoyasiga yetib, kuz boshlanganligining alomati deb qaraladi.

Ma’lumki, Tarozi yulduzi oltita yoritgichdan iborat bo’lib hamisha Hulkar bilan yonma-yon yuradi. Tarozi bilan Hulkarning birgalikda aylanishi, ya’ni ular osmon gumbazida Hamish Etti qaroqchi yulduzlari orqasidan “Qorama-qora“ harakatlanishiga etibor bergan ajdodlarimiz bu astronomik hodisa mohiyatini mifologik tasavvurlar asosida izohlashga uringanlar.
7-§ YULDUZLAR MIFALOGIYASI TO’G’RISIDA

Qanday qilib Persiye Andromedani qutqargan.

Yulduzli osmon nomilanishida qahramon Pers haqida mif mavjud. Qadim-qadimda, agarda qadimgi greklarga ishonsak, Efiopiyada podsho Tsefiy va malika hukmronlik qilgan, uning ismi Kassiopeya bo’lgan. Ularning go’zal Andromeda isimli qizi bo’lgan. Malika o’zining qizi bilan juda faxrlangan va u bir kuni o’zining va qizining go’zalligi bilan dengiz miflari mavjudodlari – Nereidalar oldida maqtangan. Ularning juda jahli chiqgan, chunki ular o’zini olamda eng g’o’zal deb hisoblashgan. Ular o’zlarining otasi dengiz Xudosi Poseydonga arz qilishgan, Kassiopeya va Andromedani jazolash uchun. Shunda dengiz hukmdori Efiopiyaga dengiz maxluqi – Kitni yuboradi. Kitning og’zidan olov purkalar, quloqlaridan qara dud vhiqardi, dumi esa uchli tikanlar bilan burkangan edi. Maxluq mamlakatni bo’shatgan va olov purkagan va xalqni o’lim bilan qo’rqitgan. Poseydonning kechirimiga ishonib, Sefey va Kassiopeya o’z qizlarini maxluqqa yedirishga rozi bo’ladilar. Go’zal Andromeda zanjirlar taqilgan xolda tog’da qadalgan bo’lib, o’z vaqtini kutar edi. Shu paytning o’zidadunyoning chetida eng mashhur afsonaviy qahramon –Persey, bir jasorat ko’tsatdi. U sohilga ayollar qiyofasidagi maxluqlar yashaydigan gorgonlar oldiga borgan. Ularning sochlari o’rniga ilonlar pishillab yotgan. Ularning ko’rinishi daxshatli ediki, kim ularni ko’ziga qarasa shu zahoti tosh qotgan. Hech narsa qo’rmas Perseyni qaytara olmagan. Gorgonlarni uxlashidan foydalanib Persey, ularning boshlig’i bo’lgan - eng xunuk Meduzaning boshini chopadi. Shu vaqtning o’zida Meduzaning qornidan qanotli ot Pegas uchib chiqadi. Persey otiga minib Vataniga qaytadi. Uchib kelayotgan vaqtda Efiopiyada u tog’da zanjirband qilingan Andromedani ko’radi, uni yovuz Kit ushlashiga oz vaqt qolgan edi. Jasur Persey yovuz kit bilan jangga kirishadi. Bu jang ko’p davom etadi. Perseyning sehrli sandalchalari uni osmonga ko’taradi va u qilichi bilan Kitning beliga sanchadi. Kit o’kirib prseyga tashlanadi. Persey maxluqqa boshi olingan Meduzaning o’limli ko’zlariga boqtiradi. maxluq tosh qotadi va dengizga cho’kib ketadi. Persey Andromedani qutqarib, uni saltanatga Sefey oldiga olib ketadi.

Xursand bo’lgan Sefey qizini Perseyga turmushga beradi. Efiopiyada ko’p bazmli kunlar bo’di. O’shandan boshlab osmonda Kassiopeya, Sefey, andromeda va Perseyning yulduzlari charaqlab turadi. Yulduzli osmon xaritasida siz Kit va Pegasni ko’rishingiz mumkin. Shunday qilib, qadimgi miflar Yerdagi aksini osmonda topdilar.

Qanday qilib qanotli pegas osmonga “Uchgan”

Andromeda oldida Pegas yulduzi joylashgan, uni oktabr o’rtalarida yarim tunda ko’rish mumkin. Bu yulduz turkmiga mansub 3 ta yulduz va andromedaning Alfa yulduzi figura hosil qiladi, uning nomlanishi astronomlarda “katta Kvadrat” dir. Uni kuzgi osmonda oson uchratish mumkin. Qanotli Pegas Meduzaning Persey tomonidanolingan tanasidan chiqqan, ammo undan hech qanday yomonlikni meros qilmagan. Zevs qizlarning sevimli oti bo’lgan, u Glekontog’idan tuyog’i bilan suv chiqargan.

Yana bir afsonada Pegasning o’rni bor. Podshoning nevarasi Sizifa Bellerofont olov purkaydigan maxluq ximerani o’dirishi kerak bo’gan (Ximera grekcha “echki”). Maxluq sher boshli, tanasi echkiniki, dumi esa ajdarxonikiday edi. Bellerofont Pegas yordamida maxluqni yengadi. Bir kun u uchar otni ko’rib qoladi va unga erishish niyati uyg’onadi. uning utshiga Afina kiradi, u Zevsning sevimli qizi bo’lib, dono va jangchi bo’lgan ko’pgina qahramonlar singaridir. U Bellorofontga egar sovg’a qiladi, uning yordamida u Pegasni tutadi va Ximera bilan janga otlanadi. Osmonga ko’tarilib u maxluqqa o’q uzadi, toki u jon taslim qilmaguncha.

O’zining omadi kamlik qilgamday, Bellerofont qanotli ot yordamida o’lmaydigan makoniga ya’ni osmonga ko’tarilmoqchi bo’ladi. Zevs bundan xabar topadi va g’azablanadi, Pegasni darg’azab qiladi va chavandozni yerga uloqtiradi. Shudan so’ng Pegas osmonga ko’tariladi.



Yüklə 279,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə