“Yetti qaroqchi ”ni tanigan etti tunga adashmas


Janubiy osmondagi eng chiroyli yulduz



Yüklə 279,42 Kb.
səhifə3/6
tarix23.11.2017
ölçüsü279,42 Kb.
#11877
1   2   3   4   5   6

Janubiy osmondagi eng chiroyli yulduz

Butun osmonda ham qiziqarli va kuzatish uchun Oriondek yulduz bo’lmasa kerak. U buzoq yulduzi oldida joylashgan. Orion dengiz va grek mifalogiyasi Xudosi – Poseydonning o’gli bo’lgan. U buqalar bilan ov qilishda mashhur bo’lib , o’zini hech qanday jonivor yengolmasligini aytardi. bundan g’azablangan Zevsning rafiqasi Gera unga Chayonni yuboradi. Orion Xios orolini yovvoyi hayvonlardan ozod etadi. Shox qizini qo’lini so’raydi. Podsho rad etadi. Orion qizni o’g’irlab ketmoqchi bo’ladi. Buni bilgan shox undan o’ch oladi: Orionni ichiradi va ko’zini ko’r qiladi. Gelios orionni ojizlikdan qutqaradi, ammo Gera yuborgan Chayon chaqishidan vafot etadi. Zevs uni osmonga shunday joylashtirganki, u istalgan vaqtda uni kuzatadiganlardan qochishi mumkin.



Qanday qilib Veronikaning sochlari osmonda.

Qadimgi sher yulduzni osmonga katta “chegarasi” bo’lgan, u eramizning 243- yilida dumining “uchidan” maxrum bo’lgan.

Egiped shohi Ptolomey Evergentning go’zal rafiqasi, malika Veronika bo’lgan. ayniqsa, uning uzun sochlari jozibali edi. Ptolomey jangga otlanganda uning rafiqasi xudolarga Eri omon qaytsa sochlarini kesishga qassam ichadi. Tez orada Ptolomey jangdan omon qaytadi. Rafiqasining sochi kesik holdaligini ko’rib ranjiydi. Shoxni astronom Konon tinchlantiradi, unga Veronikaning sochlari osmonga joylashganini, bu sochlar bohor oqshomlarini yoritishini aytadi.

Buzoq yulduz turkmi

Qadim greklarda Buzoq yulduzi eng muhim hisoblangan, chunki Yangi yilning birinchi oyi bahor faslidan boshlanadi. Buzoq yulduzi eng qadimiy yulduz bo’lib, u qadimgi insonlarning xo’jaligida muhim o’rin tutgan. Unda Quyosh qishni yengib, bahor va yozni ruxlantiradi. Qadimgi Yegipetda muqaddas buzoq Apis bo’lgan, unga hayotligida va mumiyo holatida odamlar sig’inishgan. Har 25 yilda Apisni yangisiga o’zgartirganlar. Gretsiyada ham uni hurmat qilganlar. Kritda uni Minotavr deb ham atashgan. Ellada, Gerakl, Tesey, Yason kabi qahramonlar buzoqlarni ulug’lashgan. Quy burji qadimda juda e’zozlangan. Yegipes xudosi Amon-Ra qo’y kallasida tasvirlangan, unga olib boriladiganyo’l sfinkslarning quy boshlari bo’lgan. Quy burji deb atalishi bu oltin quy sharafiga nomlangandir. Shuningdek, osmonda yana bir yulduz tasvirlangan, bu - Argo kemasidir. Eng yorqin yulduz Buzoq Aldebaran nomini olgan.



Qayerdan osmonga “Egizaklar” paydo bo’lgan.

Bu yulduzlar bir-biriga yaqin bo’lib, juda yorqindir. Bu ismni ular Dioskura-Kastora va Polluksa – egizaklari kabi argonavtlar, Olimp xudosi Zevsning o’g’illari hamda Leda va yengiltak yer go’zali, go’zal Yelinaning akalari – Troya urishi sababchilari sharafiga qo’yilgan. Kastor yaxshi inson, Polluks esa mushtlashish bo’yicha jarkchi deb etirof etilgan. Ular arganavtlar va kalida ovlari ishtirok etganlar. Bir kuni Dioskuralar o’z o’ljalarini o’gay akalari Idas va Linkey bilan bo’lisha olmaganlar. Ular bilan jangda aka-ukalar qattiq jarohatlanadilar. Kastor o’lganda, Polluks undan ajralishni istamay Zevsdan ularni ajratmaslikni so’raydi.O’shandan beri Zevsning buyrug’iga asosan aka-ukalar yarim yil Aidning saltanatida, qolgan yarim yilni Zevsning Olimpida o’tkazadilar. Tabiatda shunday bo’ladiki, Kastor yulduzi tongda ko’rinsa, Polluks kechasi. Momoqaldiroqdan oldin kema yuqorisida paydo bo’ladigan “Muqaddas Elma Olovi”egizaklar va ularning opasiYelenaning ko’rinishi hisoblanadi.

Qadim Rimda kumush tanga “Dioskura”li yulduzlar tasvirlangan.

Qanday qilib osmonda Qisqichbaqa paydo bo’lgan.

Qisqichbaqa burji – bilinmas yulduzlardan biridir. Bunday deb nomlanishiga bir qancha asos bor. Masalan aytilishicha, Yegipetliklar Qisqichbaqanin osmonga joylashtirilishiga sabab, uni buzg’unlik va o’lim ramzi deb hisoblaganlar. Qisqichbaqa dumi bilan oldinga harakat qiladi. 200 yil oldin Qisqichbaqa yozgi quyosh atrofida nuqtaday bo’lgan. Quyosh bu vaqtda shimolga qarab yurgan va orqaga “dog’lana” boshlagan. Qadim mifologiyada aytilishicha, baxaybat dengiz qisqichbaqasi Geraklga xujum qilgan. Bu vaqtda u Lerne Gidrosi bilan jang qilayotgan edi. Qahramon uni ezib tashlaydi, Ammo Gerakldan nafratlangan Gera uni osmonga joylashtiradi.

Luvrada taniqli Egipet burjlari bo’lib, unda Qisqichbaqa yuqorida joylashgan.

Osmonda Arslon xavflimi.

4.5 ming yil avval yozgi Quyosh yulduzida nuqta bo’lgan. Bu yulduzda Quyosh eng jazirama bo’lgan. Shuning uchun ko’pgina xalqlarda arslon olov ramzixisoblangan.

Assiriylar bu yulduzni “Buyuk olov”, xoldeylar jaziramadandarg’azab bo’lgan arslon deb atashgan. Chunki u har yozda takrorlangan. Ular quyosh issiqlik energiyasini arslon yulduzi oldida joylashgani uchun kuch oladi deb o’ylashgan. Yegipetda esa bu yulduzni yozgi almashinuv bilan bog’laydilar: to’da arslonlar jaziramadan o’zini qutqarish uchun sahrodan Nilgacha borishgan. Shuning uchun Yegipetliklar irrigatsiya kanallarida suvni arslonning boshi va ochiq jang tasviri ko’rinishida dalaga yo’naltirilgan.


Parizod

Parizod burji arslonga yaqin joylashgan bo’lib, bu yulduz gohida arslon tanasi va ayol boshi sifatida miflarda sfinks shaklida tasvirlangan. Qadimga miflar Parizodni Zevsning onasi va Kronosning rafiqasi Reyaga o’xshatishardi. Gohida unda adolat peshvosi Femidani ikki qo’lida tarozi ushlab turgan xolda ko’rishgan. Yana qadimda aytilishicha, unda kuzatuvchilar Femida va Zevsning qizi, bronza asrining oxirida Yerni tashlab ketgan Astreyani ko’rishlari mumkin. Astreya – haqiqat Xudosi, g’o’zallik va beg’uborlik ramzi bo’lib, u Yerni odamlarning jinoyatlari uchun tashlab ketgan. Mana shu xolatda biz Parizodni ko’rishimiz mumkin.

Parizodni Merkuriy va boshoq shaklida tasvirlashadi. Eng Erkin yulduzni Spika deb atashadi. Bunday deb nomlanishiga sabab, Parizod qo’lida “boshoq” ushlab turgan xolda tasvirlanadi, bu qishloq xo’jaligida insonlarga bog’liq yulduz hisoblanadi.

Tarozi yagona “jonsiz” yulduzli burj

Haqiqatdan ham, hayvonlar va yarim hayvonlar burjida Tarozi belgisi mavjudligi antiqa tuyuladi. 200 ming yil oldin bu yulduzda kuzgi tenglik nuqtasi mavjud bo’lgan. Tun va kuning tengligiga sabab, bu turkum “Tarozi”nomini olgan.

Tarozining osmonda paydo bo’lishiga qarab, qadimgi egipetliklar hosilni eski sheva bahor tugashiga qarab birinchi hosilni yig’ib olish kerakligini bilganlar.

Tarozi – tenglik ramzi bo’lib, qadimgi yer egalarining yiqqan hosillarini o’lchashlari kerakligini eslatgan.

Qadimgi greklarda Astreya - tarozi yordamida insonlarning taqdirini o’lchaganlar. Tarozi burjining paydo bo’lishi insonlarga, qonunlarga buysunish kerakligini anglatgan. Gap shundaki, Astreya buyuk Xudo Zevs hamda uning rafiqasi haqiqat Xudosi Femidaning qizi bo’lgan. Zevs va Femidaning buyrug’iga asosan, Astreya doim Yerni “nazorat qilgan” (qo’lida tarozi va ko’zi bog’liq xolda, yolg’onchi, firibgar va boshqa jinoyatchilarni fosh qilganlar).

Shunda Zevs qizining tarozisini osmonga joylashtirishga qaror qiladi.



Haqiqatdan ham yulduz chayonga o’xshaydi.

Quyosh bu payt kuz oxiridaosmon atrofida , tabiat huddi ulayotgandek va qaytib kelayotgandek gavdalanadi. Bu narsa o’tgan yilning barvaqtgi bahoriday xudo Dionisga mosdir quyosh bu vaqtda qandaydir mavjudot tomonidan “chaqib” olingan deyiladi.

Grek mifologiyasida bu Chayon orionni chaqib olgan va Gera tomonidan osmon diametrik sferasida yonma-yon joylashtirilgan. Xuddi o’sha chayon, xudo Geliosning bechora o’g’li faetonni qo’rqitgan. Otasining ogohlantirishiga qaramay, u o’zining olovli gildiragida osmonni aylanmoqchi bo’ldi.

Boshqa xalqlarda bu yulduz turlicha nomlangan. Xindlarning maya qavmi bu nomni Yalagau, yani “qorong’ulik xukmdori” nomi bilan boshlangan.

Ko’pchilik astronomlarning fikricha Chayon eng daxshatli o’lim ramzi xisoblanadi. U Saturn koinotida paydo bo’lganda, ayniqsa qo’rqinchli tuyularkan.

Chayon – bu yulduz turkumi oldida uncha ko’p Yangi yulduzlar chiqishmaydi, bundan tashqari u Yorqin yulduzlar bilan boyitilgan.



O’qotar kimga qarab mo’ljal olar.

Qadim grek mifologiyasida kintavrlardan bo’lgan Xroson va xudo Femidaning o’g’li Xiron birinchi osmon sferasining modulini yaratgan.

Shuningdek, burjlar oldida u o’zi uchun ham joy ajratgan. Lekin uning joyini yozuv kintavr Krotos egallab oladi. U bu joyda yolg’on bilan erishadi va ukotlar yulduz turkumi bo’ladi. Xironning o’limidan so’ng Zevs uni kintavr yulduziga aylantiriladi. Manna shunday qilib osmonda 2ta kintavr paydo bo’lgan. Yovuz Ukotlardan xatto Chayon ham qo’rqqan, chunki u chayonni o’q bilan mo’ljalga olgan.

Gohida ukotlarni ikki yuzli kintavr shaklida ko’rish mumkin: biri orqaga, biri oldinga qaraydi. Bu bilan u Rim xudosi Yanusni eslatadi. Yanus ismi bilan yilning birinchi oyi–yanvar bog’liq. Quyosh esa Ukotlarda qishda joylashgan. Shunday qilib, buning manosi shuki, eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishini timsollaydi, chunki uning bir yuzi o’tmishga qarasa, bir yuzi kelajakka qaraydi.

Ukotlarning markazida Galaktikamiz joylashgan. Xuddi chayondek Ukotlar ham chiroyli tumanlarga boy. O’ylaymanki, bu yulduz turkumi boshqalarga nisbatan, “osmon xazinasi” nomini olishga sharaflidir.

Tog’ echkisi qayerda chopadi?

Tog’ echkisi-echki tanasi va baliq dumli mif mavjudotidir. Qadim greklarda tarqalgan afsonaga ko’ra, Germesning o’g’li, cho’ponlarning ximoyochisi xudo Pan, baxaybat tifondan qo’rqib o’zini suvga otadi. O’shandan etiboran u suv xudosi bo’lib qoladi va unga baliq dumi o’sib chiqadi. Xudo Zevs tomonidan yulduzga aylangan tog’ echkisi suv va to’fonning hukmroniga aylangan. U yerda yomg’ir yuboradi deb faraz qilingan. Boshqa afsonalarda aytilishicha, bu echki Amalteya bo’lib, xudo Zevsni emizgan.

Xindlar esa uni Makara yulduzi deb nomlashgan, chunki mo’jiza ajdarxo - yarmi echki, yarmi baliq bo’lgan. Boshqa xalqlar esa uni yarmi timsoh, yarmi qush tasvirida ifodalashgan. Janubiy Amerikada o’xshash hikoyalar ham mavjud. Quyosh tog’ echkisi yulduziga yaqinlashganda, xindlar Yangi yilni nishonlaganlar , echki kallasi tasvirlangan niqoblarni taqqanlar.

Qadimgi xalqlarda echkini muqaddas jonivor deb hisoblaydilar. Odamlar muqaddas echkilarning po’stini qiyib, xudolarga echkini qurbonlik qilganlar. Bu yulduz turkumi Azazel bo’lib, u echki sifat xudolarning nomini olgan. Bu kabi marosimlarda - 2ta echki ajratib olinib, bittasi qurbonlikka, ikkinchisi cho’lga qo’yib yuborish uchun olingan .

2ta echkidan ruxoniylar birini xudoga, birini Azazelga berishni mo’ljallaydilar. Oldin xudoga qurbonlik keltirilgan, ikkinchisini esa olib kelib qo’li bilan silaydi va shu bilan birga gunohlarini forig’ qiladi . Shundan keyin echkini cho’lga qo’yib yubordi. Cho’l yer saltanatining timsoli bo’lib, gunohlar uchun makon hisoblangan.

2000 yil oldin tog’ echkisi qishki quyosh nuqtasida joylashtirilgan. Qadimgi faylasuf Makrobiyning aytishicha, Quyosh pastki nuqtadan o’tgach, yuqoriga qarab harakat qiladi. Xuddiki tog’ echkisi yuksaklikka intilganday.



Dalv suvni qayerga to’kadi?

Bu yulduz turkumi greklarda – Gidroxos, rimliklarda-Akuarius, arablarda-Soxib al-ma deyilgan. Buning hammasi bir xil ma’noni anglatgan: yani suv to’kadigan odamdir. Dalv yulduzi bilan bog’liq grek mifi borki unda, Dev kalion va uning xotini Pirra – suv toshqinidan ozod bo’lgan tanxo odamlar haqida gap boradi. Bu yulduzning nomlanishi haqiqatdan ham jahonning “butun Dunyo suv toshqini”ga olib boradi, bu ikki daryo yo’lbars va Yevfratdir. Shumer xalqlarida bu ikki daryo Dalvning irmog’idan oqib o’tishi tasvirlangan deyishadi. Shumerning 11-oyi “suvning qarg’ishi oyi” deb nomlangan. Ularning aytishicha, Dalv “osmonli dengiz” markazida joylashgan bo’lib, yomg’irli yil mavsumini beradi. U odamlarni oqimdan halos etuvchi Xudo sifatida ulug’langan.

Yegipetda Dalv yulduzini osmonda kuzatishda, Nil daryosining suv sathi ko’tarilishi ko’proq kunga bog’liq deyiladi. Aytilishicha, suv Knemu Nil daryosiga baxaybot kovshni tashlaydi. Shuningdek, Oq va Moviy Nil daryosidan Xudoning irmog’i oqib o’tadi.Dalv bilan bog’liq afsona bo’lib, unda Gerakl Avgiyevlarning ota-onasini poklashi bilan bog’liq.

Baliq burji

Osmonda yulduzlarning joylashuviga qarab, Baliqlar haqida o’ylashni uqtiradi, ular ip va lentalar bilan bog’langan. Yulduzlarni Baliqlar deb nomlanishi haqida qadimda finikiylarning miflariga bog’liq. Nasl xudosi baliq dumli ayol qiyofasida tasvirlangan. Afsonada aytilishicha, u maxluqdan qo’rqib, o’zini va o’g’lini dengizga tashlaganda, unda dum paydo bo’lgan.

Bu kabi afsona greklarda ham bo’lgan. Lekin unda Afrodita va uning o’g’li Erot baliqqa aylangan deyiladi. Ular dengiz yurishganida yovuz Tifondan qo’rqib o’zlarini suvga otadilar va baliqqa aylanadilar. Afrodita janub Balig’iga, Erot esa shimoliy baliqqa aylanadi.

Oy bilan kun

“Yulduz uchdi, oy tutdi” iborasi xalq orasida ko’p uchraydi.

Bir paytlar Oy bilan Kuner-xotin bo’lishgan ekan. Ular er –xotinlik davrlarida yaxshi yashashibdi. Turmush tirikchiligi odamlarga yaxshilik qilishni ham bab-barobar bo’lib olishgan ekan. Kun kunduz kuni yotog’idan chiqib tirikchilik g’amini yer,Odamlarga iliqlik ulashib, Kech kirgach, uyiga xorib-charchab qaytar ekan. Kun kunduzi uyiga keldimi, Oy pishirgan netganlarini uning oldiga qo’yib, yedirib-ichirgandan keyin uyidan chiqib ketar ekan. Qorong’u bo’lsa odamlar bir-birlarini ko’rolmay qolishar ekanda! Shuning uchun Oy ham kechasi uyidan chiqib, tunni yoritib, odamlarning mushkilini yengillashtirar ekan.

Kundan-kun, oydan-oy o’tib, Oy bilan Kun farzand ko’rishib. Otini yulduz qo’yishibdi. Keyinchalik bitta bolalari ikkita bo’libdi. Bora-bora bolalari shunchalik ko’payib ketishibdiki, sanab sanog’iga, aytib adog’iga yetolmay qolibdilar. Kunlardan bir kun nimadir sabab bo’lib, er-xotin urishib qolishibdilar. Kun zarda qilibdi, oy arazlabdi. Bo’lganda bolalariga qiyin bo’libdi. Kun uydan ketib qolibdi. Onalari Oymomo sal uyquga ketdi deguncha Kun bolalaridan birovini olmoqchi bo’larmishu, Oy bilib qolib, uni yana tortib olarmish. “Yulduz uchdi, oy tutdi” iborasi shundan qolgan ekan.

Hozir ham kun bolalarini ko’rmoqchi bo’lib Oy uyquga ketganda, ularni olib qochmoqchi bo’larmishu Oy uyg’onib ketib? Bolasini olib qolarmish. Kunduzi bo’lsa umuman ko’rsatmasmish.

Kun va tun

Dunyoda bir-biridan go’zal, abjir, dovyurak farishtalar ko’p bo’lar ekan. Ular yerda ham osmonda ham yurib yaxshi odamlarga yaxshilik qilib, yomonlarga yomonlik qilishar ekan. Farishtalar xudoning qudrati bilan hatto hayvonlar, olov, shamol, giyohlar, yulduzlar, bo’ron, bulut kabilarning ham tiliga tushinib, ularni ham nazorat qilib turishar ekan. Ayniqsa Kun bilan Tun tortishib turishar emish. Ular Quyoshni zanjirlab osmonga chiqishiga yo’l qo’yishmas ekan. Kun zo’r kuch bilan har kuni farishtalarning zanjirini uzib chiqar emish, ulardan xafa bo’lib, olishgani olishgan emish. Farishrtalar qanchalik zo’rlik ko’rsatib, kunni bog’lab ushlab turishmasin, baribir u aytgan vaqtida chiqib, aytgan vaqtigda uyquga ketarmish. Shu sababdan insonlar tunda uxlab kunda uyg’onishar ekan.



Oy va qiz.

Qadim zamonda bir kampir va chol bo’lgan ekan. Ularning yakkayu yagona bir qizchasi bo’lgan ekan. Kunlardan bir kun chol bilan kampir kasallikka chalinib vafot etibdi. Vafotlaridan so’ng qizcha amakisi va kelinoyisining qo’lida qolibdi. Ularnikida zug’um stamlarga chidab yashabdi. Kunlarning birida qizcha kelin oyisining qiynoqlariga chidayolmay osmonga qarab yalininb yolvoribdi. Qniydi osmonga chiqib ketib ushbu qiyinchiliklardan qutilardim deb orzu qilibdi. Uning bu gaplarinin eshitib turgan Quyosh, Oy va yulduzlar uni birgalashib osmonga olib ketishibdi. Osmonga olib ketilgan qizchani kim bilan yashashini Quyosh, Oy, Yulduzlar o’zaro muxokama qilishibdi. Oy men bilan qoladi debdi, yulduzlar biz bilan qoladi deyishibdi, oy esa men bilan qoladi debdi. Bir qarorga kelisha olishmaganliklaridan so’ng ular qizchani o’zidan so’rashga qaror qilishibdi va qizchadan so’rashibdilar. Qizcha esa Oy bilan qolishga qaror qilibdi. Oy unga qarabdi va unga uylanibdi, chunki qiz juda ham chiroyli ekan. Oy qizni olib o’zining makoniga olib ketibdi. Qiz nihoyatda baxtiyor ekan. Oy to’lganda unga tikilsangiz, o’sha o’sha qiz xursand kulib turgan holatda ko’rasiz. Oy uni yeru ko’kka ishinmasdan o’zi bilan qayerga borsa olib yurarmish. Ba’zi-ba’zidaqizni yo’qotib qo’ysa, yuzi kuyib, butunlay qorong’ulashar ekan. Keyin uni topib olib, suyunganidan yana yorishib, to’lishib ketar ekan.

Bu rivoyatda nima demoqchi bo’lishgan oddiy xalq? –Oyning harakatlanish fazalari va Oyning tutilishi haqidagi bilimlarni berishda ishlatish mumkin.

Yetti qaroqchi” yulduzi haqida yna bir afsona

Roviylar andoq qiladilarki, qadim o’tgan zamonda Yettita qaroqchi yashagan ekanUlar bir-birlaridan baquvvat, kelishgan, chiroyli ekanlar. Kunlardan bir kuni Yetti qaroqchi Yer sultoning yakka-yu yolg’iz husn-jamolda tengi yo’q qizini-malikani o’ilashib, osmonu falakka olib chiqib ketishibdi. Yer sultoning man-man degan paxlavoni bo’lgan ekan.sulton anashu paxlavonni yoniga chaqirib:

-Yetti qroqchi osmondan tushib, yolg’iz qizimni olib qochishdi.Qizimni yerdanmi, osmondanmi topib olib topib olib kelsang boshing tengi oltin beraman,- debdi. Paxlavonning o’zi ham sultonni qizini ko’zini tagiga olib qo’ygan ekan, darrov rozi bo’libdi. Yetti qroqchi Qutub yulduzining oldigacha borishibdi va u bilan ushrashishgach biz Yerga tushib Yer sultoninig qizini o’g’irlab olib qochib keldik. Nasib qilsa unga uylanamiz. Endi esa Yer sultoning Paxlavoni ortimizdan quvlab kelyapti yordam ber Qutub yulduzi deyishibdi.

Yer odami bu yergacha chiqa olmaydi, qizni qo’lga tushiribsizlarmi endi u sizlarniki. Qo’rqmasdan shu yerda Osmonu falajda yashayveringlar, - deb ularni tinchlantiribdi.Odamni qo’li yetmagan, oyog’i yetmagan joy yo’q ekan.Yer sultoninig paxlavoni Qutb yulduzigacha yetib boribdi.

Paxlaon-Yer sultoning yakkayu yagona qizini yeti qroqchi o’g’irlab shu yerga olib kelibdi, uni axtarib keldim debdi. Qizni olib borib otasiga topshiray ikki orada adovat paydo bo’lib qon to’kilmasin, Qutb yulduzi sen Yetti qroqchoga ayt yaxshilikcha qizni qaytarib bersin, - debdi.

Shunda qutb yulduzi :

-men qayoqdan bilay, balki qizingizni o’zi ularni xoxlagandir,- debdi.

-Yo’q debdi Paxlavon,-ular majburan olib qochishgan.

Qutb yulduzi:

-Unday bo’lsa, o’zing izlab top. Men aralashsam bo’lmaydi.Yetti qaroqchi keyin meni tinch qo’yishmaydi,- debdi.

Paxlavon Yetti qaroqchi va qizni axtarib ketibdi. Ammo ularga yetolmay hali ham izlab quvlab yurarmish. Yetti qaroqchi bo’lsa, Qutb yulduzining yon-atrofida Paxlavondan qochib uning atrofida uzluksiz aylanaverarmish. Hozir ham biri ikkinchisini quvlar, biri ikkinchisidan qochib yurarmish…..



Oy haqida afsona

Qadimda bir chetki qishloqda bir Shirin degan qiz b’lgan ekan U juda ham chiroyli husn-malohatda tengi yo’q ekan. U balog’at yetgan sari go’zallashib chiroyli bo’lib ketaveribdi. Osha zamonda dunyo bo’yicha oy o’zini chiroyli sanab, yer yuzida yurar ekan. Hamma go’zallikda tengi yo’q deb Oyni maqtar ekan. Shirin balog’atga yetib, go’zalligi kundan-kun orta borgach, odamlar Oyni maqtamay, Shirinning chiroyini tillarda doston qilishibdi. Bunga oyning jahli chiqib “Nahotki men turganimda Shirinni maqtasa, Shirin bilan men xusnimizni o’lchashib ko’raylik-chi, so’ngra meni kim ekanimni bilib qo’ysinlar”,- debdi. Shirinni o’z qoshiga chaqirib: “Sen kimu, men kim?” El og’zida sening husning ovozasi olamni tutyapti. Kel ikkimiz o’zimizni taroziga solib, tortib ko’raylik-chi, kim chiroyli bo’lsa, tarozida ma’lum bo’ladi” - debdi. Shirin xijolat chekib: “Husnda siz ziyodasiz, qo’ying meni uyaltirmang. Men husn davosini qilmayman,” - debdi. Bunga oyning jahli chiqib: “Sen husn davosini qilmasang, go’yo odamlar nazarida sen mendan chiroyli emishsan. Bir tarozida tortishib sinashmasak bo’lmaydi”,-debdi. Shirinni qo’yarda-qo’ymay tarozi oldiga olib boribdi. Tomoshaga haloyiq yig’ilgan ekan. Oy mag’rurlanib: “Mana Shirinu mana men, ko’rarsizlar hozir, husnda kim g’olib ekan?”- deb yalpayib tarozining bir pallasiga chiqib olibdi. Shirin uyalib, noiloj o’ng oyo’ini “bismillo” deb tarozining bo’sh pallasiga qo’ygani ham yo’q ekan, Oy laylak bo’lib osmonga chiqib ketibdi. Hijolatdan Oy qaytib yer yuziga turolmay, shu-shu osmonda qolib ketgan ekan.



Oy bilan yulduz

Oy bilan yulduz kunlarning birida bir birlarini sevib qolishibdi .Lekin bu Quyoshga yoqmabdi. U qatiy turib ularning sevgisiga monelik ko’rsatibdi. Oy va Yulduz sevgilarida qatiy turaverishibdi. Bundan g’azablangan Quyosh ularga zug’um qilib ularga azob berib quvlabdi. Yulduz qochib qutilib qolibdi, lekin Oy unga ro’baro chiqib urushoqchi ekan, Quyosh uning yuzini tirnab olibdi. Shun kundan buyon Oyning yuzida dog’ paydo bo’lgan ekan. Oyning yuzidagi dog’ anashundan emish.

Bu rivoyatda yulduz uchishi, Oyning yuzida dog’larning bo’lishi haqidagi astranomik bilimlarimizni boyitishga tasavvur etishimizga yordam beradi.

Hulkar yulduzlari haqida afsona

Qadim zamonlarda bir podshoning go’zal va maloxatli 7 qizi bo’lgan ekan. Ularga oshiqlar juda ko’p bo’lib holi jonlariga qo’yishmas eka. Kunlardan bir kuni qizlarga yovuzlik podshosining o’g’illaridan sovchi kelibdi. Qizlar bun aslo rozi emasliklarini aytishibdi. Yovuzlik podshosining o’g’illari Devlar qizlarga 3 kun muxlat berishibdi,agar rozi bo’lishmasa ularni majburlab olib ketishlarini aytibdi. Bundan jahillari chiqqan qizlar samoga yulduzlarga aylanib uchib ketishibdi.Samoda Savr yulduz turkumidagi tarqoq yulduzlar orasiga borib yashirinishibdi. Hulkar yulduzlar to’dasida 200da ortiq yulduz bo’lsada 7tasi aniq ko’rinib turadi. Hulkar yulduzlardan 6tasi yorug’ bittasi xiraroq ko’rinishining sababi podshoning kenja qizi mexnatkash va kamtar ekan shu sababli barchadan uyalib xijolat tortib turarkan.



Hafta kunlari haqida afsona

Rivoyat qilishlaricha Oymomo yerga hukunronlik qilgan ekan. U har doim yerdagi holatni bilibturish maqsadida yerga o’zining elchilarini yuborib turarkan. Barcha elchilarini ma’lumotlarini har 7 kunda tahlil qilib chiqarkan yerdagi axvolning yaxshi yomonligiga qarab har 7 kunda Oyning kayfiyati o’zgarib turarkan. Yerdagi vaziyatni bilib goh yig’lar goh g’azablanarkan. Bu ahvol Oyning sog’ligiga zarar qilmasligi uchun unga maslahatchilari shunday maslahat berishibdi. Yerdagi holatlarni tahlil qilish uchun har bir kunni o’zingizni ishongan yaqinlaringizga ajratib bering .Ular shu kun uchun boshlari bilan javob berishsin deyishibdi.

Bundan xursand bo’lgan Oymomo o’zi boshchiligida kunlarni taqsimlay boshlabdi.

Dushanba-Oy kuni

Seshanba-Mars kuni

Chorshanba –Merkuriy kuni

Payshanba-Yupiter kuni

Juma-Venera kuni

Shanba-Saturn kuni

Yakshanba-Quyosh

kuni deb bo’lib beribdi qarasa o’zining eng ishonchli yaqinlari shular ekan, o’sha kundan buyon yetti kun qayta takrorlanib kelar ekan. Bu esa fanda Oy fazalari har yetti kunda o’zgarishini ko’rsatadi.



Yulduzlar haqida afsona

Rivoyat qilishlaricha qadimda Oy va Quyosh er va xotin bo’lib ,ahil inoq yashashgan ekan ular ming yillar davr yashashib va ko’plab yaxshiliklar qilishibdi. Ularning bu yaxshiliklarini ko’rgan olloh ularga bitmas tuganmas xazina hadya qilibdi. Xazina duru marvarilar, zumrad toshlardan iborat ekan. Oy bilan Quyosh Ollohdan benihoya minnatdor bo’lib mingbor shukronalar aytishibdi. Mehri daryo Quyosh va Oy bor boyliklarini nochor va bechoralarga tarqatish maqsadida Yerga borishmoqchi bo’lishibdi. Buni ko’rgan Olloh ularga yer ahli bu boyliklarni ko’rib bir-birini qirib tashlashadi va ularning bir-birlariga bo’lgam muxabbatlari boyliklarni ko’rib jaholatga aylanadi debdi. Bu gaplarga ishonishmagan Oy va Quyosh duru gavharlarni yerliklarga hadya qilishibdi. Oradan qisqa vaqt o’tishi bilan yer ahli bir-birlarini boylik uchun qirib boshlabdi.Bu holni ko’rgan Olloh barcha duru gavharlarni osmonu falakning yuqorisiga hatto Oy bilan Quyoshning qo’llari yetmaydigan joyga maxkamlab qo’yibdi. Aytishlaricha osmondagi yorqin, hammani o’ziga tortib yaraqlab turuvchi yulduzlar anashu qimmatbaho toshlar ekan. Ular ollohning ixtiyorisiz yerga tusha olishmas ekan.Bu afsonadan yulduzlarning juda ham balandlarda ekanligini ko’rsatib turibdi.



Yüklə 279,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə