“Yetti qaroqchi ”ni tanigan etti tunga adashmas



Yüklə 279,42 Kb.
səhifə5/6
tarix23.11.2017
ölçüsü279,42 Kb.
#11877
1   2   3   4   5   6

Gigant planetalar – Yupiter, Saturn, Uran va Neptun gigant planetalarga kiradi.Hamma gigant planetalarning o’z o’qi atrofida aylanishi ancha tez, zichligi esa kam bo’ladi.Ular Quyoshdan juda uzoqda bo’lgani uchun ularning temperaturasi juda past,Yupiterda -1450C,Saturnda – 1800C, Uran va Neptunda bundan ham past.

Yupiter (Mushtariy) – Quyosh sistemasining planetalari ichida eng yirigi hisoblanadi. Yupiterning radiusi 69 ming 150 kilometrni tashkil qiladi. Bu ulkan planeta Quyosh atrofida o’rtacha 778 million kilometrli masofada aylanadi. Planetaning Quyosh atrofida aylanish tezligi sekundiga 13 kilometr bo’lib, 12 yilda bir marta aylanib chiqadi.Yupiterning massasi Yer massasidan 318 marta ortiqdir, hajmi Yernikidan 1314 marta ortiq. Planeta magnit maydoni va atmosferaga

ega.Yupiterning 50 dan ortiq yo’ldoshi topilgan. Ulardan to’rtta eng yirigi 1610- yilda G.Galiley tomonidan topilgan.



Saturn (Halqali Zuhal) – planeta Qadimgi Rimning vaqt va taqdir xudosi Saturn nomi bilan atalgan.Bu planeta sharqda Zuhal, yunonlarda Kronos nomi bilan yuritilgan. Saturnning diametri 120 ming 800 kilometr, Quyoshdan o’rtacha uzoqligi 9,5 astronomik birlik, ya’ni Quyoshdan 1 milliard 427 million kilometr narida yotadi. Halqali bu planeta orbitasi bo’ylab sekundiga 9,6 kilometr tezlik bilan uchib, 29 yil 5 oy 16 kun deganda Quyosh atrofini bir marta aylanib chiqadi.Saturn atrofida eni 60 ming kilometrgacha, qalinligi 10- 15 kilometrgacha halqasi bor. “Halqali gigant” atrofida topilgan jami yo’ldoshlarining soni 30 taga yetgan.

Uran – planeta mashhur astronom V.Gershel tomonidan 1781- yili tasodifan topilgan. Uranning diametri 49 ming 600 kilometr, massasi Yernikidan 14,6 marta katta, o’rtacha zichligi esa 1,6 g/sm3. Bu planeta Quyoshdan o’rtacha 19,2 astronomik birlik masofada uning atrofida aylanadi.Uranning orbital tezligi sekundiga 6,8 km.ni tashkil qiladi va Quyosh atrofida 84 yilda bir marta aylanib chiqadi.Uran sirti temperaturasi -2000 C ga teng.

Planetaning topilgan yo’ldoshlarining soni yigirma bitta bo’ldi.Uran yo’ldoshlari Shekspir asari qahramonlarining nomlari bilan atalgan.



Neptun (qalam uchida topilgan planeta) – planetaning o’rni 1846- yili matematik hisoblashlar asosida aniqlangan.Bu murakkab matematik masalani fransuz matematigi U.Leverye va ingliz astronomi J. Adams hal qilgan edi.1846- yil 23- sentabrda Berlin observatoriyasi astronomi professor Galle planetani Leverye aytgan joydan atigi bir gradus naridan topdi.

Neptunning diametri 50 ming 100 kilometrdir. Zichligi 1,6 g/sm3, Quyoshdan o’rtacha uzoqligi 30,1 astronomik birlik.Massasi Yernikidan 17.2 marta katta. Quyosh atrofida aylanish davri 164 yil-u 280 kun.

Neptun yo’ldoshlarining soni 8 ta.

Pluton – mitti planetalarning yirik vakili.Uning o’rnini ingliz astronomi Forbs 1880- yilda hisoblash yo’li bilan aniqladi.Xuddi shu yili 13- martda Lovell observatoriyasining yosh astronomi K. Tombo fotoplastinkalardan uni qidirib topdi va Lovellning hisoblab topgan planeta o’rni juda katta aniqlikka ega ekanligini isbotladi.Plutonning diametri aniq o’lchanganicha yo’q, o’z orbitasi bo’ylab tezligi sekundiga 4,7 kilometr, yilining uzunligi 248 Yer yilini tashkil qiladi.

Asteroidlar- kichik planetalar bo`lib, asosan Mars va Yupiter orbitasi oralig`ida aylanadi.Hozirgi kunda asteroidlarning soni 2000 dan ortib ketgan.Eng yirik asteroidlar – Serera (ko’ndalang kesimi -1000 km), Pallada (610 km),Vesta (540 km) va Gigeya. Eng kichik asteroidning kesimi 1 km atrofida. Asteroidlarning massalari 1,4x1021 kg dan (Serera) to 1012 kg (Germes) gacha borib, o’rtacha zichligi 2 g /sm3 dan to 7-8 g /sm3 gacha boradi.

Kometalar (“dumli yulduzlar”) – “Kometa” – yunoncha so`z bo`lib, “sochli” degan ma”noni anglatadi. Bu nom ularning Quyosh yaqinida o’tayotgandagi ko’rinishlariga ko’ra berilgan bo’lib, aslida harakatlari davomida ularning ko’rinishlari keskin o’zgarib boradi. Kometa yadro va komadan iborat “boshi” va “dum” dan tuzilgan.

Bolid-osmonda uchib o`tadigan olov shar

Meteroitlar- meteor jismlarning yerga tushgan qoldiqlari. Meteroitlar asosan toshdan, temirdan, tosh-temirdan va ba”zan muzdan iborat bo`ladi.

Meteorlar (uchar yulduzlar) - osmonning “daydi” mayda tosh zarralaridir.Ular kometalar yadrosining parchalanishidan hosil bo`ladi. Meteorlarning kattaliklari millimetrning ulushlarida, massalari esa milligrammlarda o’lchanadi.

Absolyut yulduz kattaligi – yulduzlarning bizdan 10 parsek masofaga keltirilganda aniqlangan ko`rinma yulduz kattaliklari absolyut yulduz kattaliklari deyiladi.

Yulduz yorqinligi- yulduzning nurlanish quvvati bo`lib, u yulduzdan 1sekundda chiqadigan to’la nurlanish energiyasi bilan xarakterlanadi. Yulduzlarning yorqinligi , ko’pincha Quyosh yorqinligi birligida ifodalanadi. Quyoshning undan kelayotgan nurlanish energiyasiga ko’ra topilgan yorqinligi 3,8x1026 W ni tashkil qiladi.

Qizil gigantlar- nisbatan past sirt temperaturasiga (3,4x103 K) ega bo`lib qizil rangda bo`lgan gigantlar. Aldebaran (Savr yulduz turkumining eng yorug’ yulduzi), Arktur (Ho’kizboqar yulduz turkumining eng ravshan yulduzi) kabi yulduzlar gigantlarning tipik vakillaridan hisoblanadi.

Gigant yulduzlar – absolyut yulduz kattaliklari manfiy bo`lib, M=-9 gacha boradigan juda yorqin yulduzlar.

Yulduzlarning spektrlari – yettita asosiy spektral sinflarga guruhlangan. Ular lotin alifbosida ifodalanib, quyidagi tartibda joylashadi:

O-B-A-F-G-K-M.Ma’lum sinfga guruhlangan spektrlar, o’z navbatida, yana o’ntadan sinfchalarga ajratilgan. Masalan, A sinf yulduzlari A0, A1,A2,… A9 sinfchalarga bo’lingan.



Grshprung-Ressel (yorqin spektr yorqinlik) diagrammasi. – Yulduzlarning spektral sinflari bilan ularning absolyut yulduz kattaliklari orasidagi bog`lanishni ifodalovchi diagramma.

Gershprung-Ressel (yorqin spektr yorqinlik) diagrammasi umumiy fizik tabiatga ega bo’gan yulduzlarni turli guruhlarga ajratib, ularning temperaturasi, yorqinligi, spektral sinfi va absolyut kattaliklari kabi parametrlari orasidagi bog’lanishlarni aniqlashga imkon beradigan va yulduzlar fizikasini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etgan diagramma hisoblanadi.



Vizual - qo`shaloq yulduz – qo`shaloqligini teleskop yordamida ko`rish mumkin bo`lgan yulduzlar.

Spektral qo`shaloqlar - o`zaro juda kichik burchak masofada joylashib ularning qo`shaloqligini fotometrik yoki spektral metod yordamida aniqlash mumkin bo`lgan yulduzlar. Spektral qo`shaloq yulduzlarning qo`shaloqligi ularning ustma- ust tushgan spektrlaridagi umumiy chiziqlarning bir-biriga nisbatan davriy siljishidan bilinadi.

Sefeidlar- ravshanliklarining egriligi alohida shaklga ega bo’lib, ularning asosiy fizik kattaliklaridan hisoblangan ko’rinma yulduz kattaligining vaqt bo’yicha o’zgarish davri bir necha sutkadan bir necha o’nlab sutkagacha yetadi. Bunday yulduzlar ravshanligining egriligi Sefey yulduz turkumi yulduzining o’zgarishiga o’xshaganligi uchun ular sefeidlar deb ataladi.

Eruptiv o’zgaruvchan yulduzlar – nisbatan kichik yorqinlikka ega bo’lgan yulduzlar bo’lib, ularning o’zgaruvchanligi vaqt-vaqti bilan qaytalanuvchi chaqnash ko’rinishida bo’ladi. Bunday chaqnashlar mazkur yulduzlardan plazmaning uloqtirilishi (erupsiyasi) bilan tushuntirilgani uchun ham ular eruptiv o’zgaruvchan yulduzlar deb yuritiladi. Eruptiv o’zgaruvchan yulduzlarning tipik vakillari yangi va o’tayangi yulduzlardir.

Yangi yulduzlar - eruptiv o’zgaruvchan yulduzlarning ma’lum bosqichini o’zida aks ettirib, “yangi” degan nom ularga shartli ravishda berilgan. Bunday yulduzlar, aslida eskidan mavjud yulduzlar bo’lib, o’z evolyutsiyasining ma’lum bosqichida chaqnash tufayli ravshanligi 10-13 yulduz kattaligigacha ortib, oddiy ko’z bilan ko’rinadigan yulduzga aylanadi.

To hozirga qadar fanga 300 ga yaqin chaqnagan yangi yulduz ma’lum bo’lib, ularning 150 ga yaqini o’zimizning Galaktikamizda, 100 ga yaqini qo’shni Andromeda tumanligida kuzatilgan.



O’ta yangi yulduzlar - eruptiv o’zgaruvchan yulduzlar bo’lib, yorqinligi keskin o’zgaruvchi (chaqnovchi) yulduzlardir. Ularning chaqnashi portlash hisobiga bo’ladi.Portlash tufayli bunday yulduzlarning ravshanligi bir nech kun davomida o’nlab million marta ortadi.

Yulduz to’dalari yoki g’ujlari – o’nlab yulduzlardan bir necha minggacha yulduzlarni o’z ichiga olib, o’zaro dinamik bog’langan yulduzlarning sistemalari yulduz to’dalari yoki g’ujlari deb yuritiladi. Tashqi ko’rinishiga ko’ra yulduz to’dalari ikki guruhga –sochma va sharsimon to’dalarga bo’linadi.

Sochma yulduz to’dalari bir necha o’n yulduzdan bir necha minggacha yulduzlarni o’z ichiga oladi. Galaktikamizda 800 ga yaqin sochma yulduz to’dalari bo’lib, ularning diametri 1,5 parsekdan 20 parsekkacha boradi.

Sharsimon yulduz to’dalari – o’n mingdan yuz minggacha yulduzlarni o’z ichiga oladi. Sharsimon yulduz to’dalari sochma yulduz to’dalaridan kimyoviy tarkibi bilan farqlanadi. Sharsimon yulduz to’dalarining o’rtacha diametri 40 pk atrofida bo’lib, Galaktikamizda bunday to’dalardan 100 ga yaqini topilgan. Ularning tipik vakili Gerkules yulduz turkumida joylashgan M- 13 deb nomlangan to’da bo’lib, u 20 mingga yaqin yulduzni o’z ichiga oladi, bizdan uzoqligi 24 ming yorug’lik yiliga teng.

Gallaktika – osmondan ko`rinadigan yulduzlarning birgalikdagi alohida yulduz sistemasi. Gallaktikamizda 150 mlrdga yaqin yulduzlar bor.

Elliptik gallaktika – tashqi ko`rinishi ellips yoki doira ko`rinishiga ega bo`lgan gallaktika.

Spiral gallaktikalar - strukturasi aniq spiral yenglardan iborat gallaktika Andromida va bizning gallaktikamiz spiral gallaktikalarining tipik vakillaridan hisoblanadi

Noto`g`ri gallaktikalar – yadrosi bor yo`qligi bilinmaydigan aylanma simmetriyali strukturaga ega bo`lmagan gallaktikadir. Bunday gallaktikalarga misol qilib katta Magellan Bulutini (KMB), kichik Magellan Bulutuni (Kich MB) keltirish mumkin

Radiogallaktikalar– radiodiapazonda nurlanish quvvati optik diapazondagi nurlanish quvvati bilan bir xil tartibda yoki undan ortiq bo`lgan gallaktikalar. Shunday katta quvvatli, bizga yaqin joylashgan radiogallaktikalardan biri “Oqqush A” deb ataladi. Eng uzoqdagisi “Sentavr A” esa Bizning Galaktikamizdan taxminan 2500 Mpk masofada joylashgan.

Kvazarlar – radiodiapazonda juda katta quvvar bilan nurlanadigan Gallaktikamizda tashqi abyektlardan biri.Birinchi kvazar 1960 yilda Uchburchak yulduz turkumidan 16 m kattalikdagi yulduzga o`xshash obyekt sifatida kashf etilib, shartli ravishda 3 C48 nom bilan ataladi.

Galaktikalar soni – osmonning ma’lum uchastkasidagi (aksariyat 1 kvadrat gradusda) galaktikalar soni Nm deganda, shu uchastkadagi yulduz kattaligi m va undan kichik kattalikdagi galaktikalarning soni anglashiladi.Butun osmon sferasida (u jami 41253 kv. gradusni tashkil qiladi) to’g’ri keladigan galaktikalar soni esa 5,4 x 106 ga teng.

Koinotning bir jinsli izotrop modeli-koinotda katta masshtablarda modda bir tekis taqsimlangan fazoning xossalari hamda yo`nalishlarda bir xil (izotrop) bo`lgan koinotning modeli.


9-§ ASTRONOMIK BASHORATLAR TO’G’RISIDA…

Ota bobolarimizning aytishlaricha insonning fe’l-atvorini uning mo’chali va tugilish burji ham o’z ta’sirini ko’rsatadi deyishgan. Bu fikirni albatta fanda astrolog olimlarimiz isbotlab berishgan.

Astrologiya – qadimiy fan va ilohiy san’at, yaxlit bir dunyo qarash hamda dunyoni bilishning o’ziga xos shakllaridan biridir. Bu fan aniq oydin bashorat qilmaydi, balki yuz berish ehtimoli bo’lgan voqea haqida darak beradi.

Astralogiya o’ziga xos maslahatchidirkim, insonda o’z vujudini noxush ta’sirlardanhimoya etish tuyg’usini shakillantiradi, odamdagi o’ziga ishonch hissini mustahkamlashga yordam beradi. Bizning kelajagimiz ko’p ko’rinishli, har bir inson va butun bashariyat o’zi yashab turgan dunyoni qisman o’zgartirish imkoniyatiga ega , zero insonda ilohiy olov uchqunlari mavjudkim, u hayotni betakror va benazir etishga qodir.

Hayot ma’lum qonunlar to’plamiga bo’y so’nadi, astrologiya esa insonga uning maqsadlarini bilishga imkon beradi.U insonni butun borlig’ida mavjud bo’lgan yashirin fazilatlarni kashf etish uchun tayyorlaydi.Insonning xoxish irodasi odam taqdiri hamda uning hayotida yuz berajak voqealarni azal - boshdan peshonasiga yozib qo’yilgan qismat bilan g’aroyib tarzda o’zaro bog’lanadi. Kelajakni bilish maqsadida tolenoma tuziladi.

Tolenoma – geometrik chizma bo’lib, u sayyoralarning, yulduzli osmondagi Oy va Quyoshning ufiqqa nisbatan joylashuvini, insonning bunyod bo’lgan vaqtini aniq ko’rsatib beradi.

Odam bolasi yorug’ olamga kelganida eng avvalo yulduz shulalarining kuchli ta’sirini sezadi. U shu’lalar odamning kelgusidagi ruhiy va jismoniy jihatdan shakillanish kodini uning botiniga jo etadi. Bu shu’lalar esa insonning qaysi davrlarda qanday holatlar ro’y berishi haqida axborot berib turadi.

Manashu yulduz shu’lalarining his qilish ya’ni tugulish davrida yerga qaysi yulduz to’dalarining shu’lalari yetb kelishiga qarab issonlarga nisbiy xarakter va harakatlanishlari uchun umumiy nisbiy yo’riqnoma yaratish qadimdan ma’lum bo’gan. Insonlarning taqdirlarining qaysi davrida nimalarga etibor qaratish kerakligi haqida, nimalarga ko’proq e’tibor berishlari kerakligi haqida ilmi-nujum arboblari o’zlarining tolenomalarini yaratishgan.

Bu albatta isbotlangan, ko’plab buyuk-buyuk insonlar tolenomada aytib o’tilgan ajib qirralar tayanib buyuk ishlarni amalgam oshirishgan.

Biz hozir siz aziz o’quvchilarning hukmiga havola qilayotgan Burjlarga qisqacha tariff qaysidir ma’noda sizni taqdiringizni o’zgartirishga yordam bersa maqsadga muofiq. Ushbu tolenomada qisqacha aytib o’tiladi. Bu faqat dengizdan bir tomchi xolos. Agar siz o’zingizni aniqrog’i olamni o’rganishni xoxlasangiz albatta yulduzlar ilmini chuqurroq o’rganing. Buyuk bobkalonlarimiz Mirzo Ulug’bekning, Ibn Sinoning, Beruninyning va boshqa allomalarimizning yulduzlar joylashuvi haqidagi asarlarini izlab topib o’rgansalar atrofimizni o’rab turgan butun borliq turli ajoyibotlardan turfa ranglardan iborat ekanligini anglashimiz, tasavvur eta olishimiz mumkin.



Hozir biz sizga taqdim etmoqchi bo’lgamn ma’lumotlar ozgina bo’lsa ham bizni o’rab turgan olam ham bizni xuddi ota-onamizdek asrab avaylashi mumkinligini ajoyib do’st kabi omad marralariga etaklashi mumkinligini bilishimizga yordam beradi, qolaversa bu atrofimizdagi tabiatni asrashimiz uni yaqin insonimizdek, hatto o’zimizning bir bo’lagimizdek asrab unga mehr bilan javob qaytarishimiz kerakligi haqida aytib o’tilgn. Yulduzlar haqidagi bilimlarimiz va barchamizga keljagimizni qanday rejalashtirishimizga ko’makchi bo’ladi .Bu bilimlarni egallashda va ularni hayot yo’lingizda qo’llay olishingizga omad tilab qolamiz.

10-§ BURJIY JADVAL.


Burjlar

nomlari

Sana

Homiy sayyorasi

Omadli

Ranglar

Toshlar

Omadli raqamlar

Omadli kunlar

Muhim yoshlar

Qo’y

21.03-19.04

mars

Och qizil,to’q sariq, zangori

Olmos, yoqut,

zumrat

4,7,9,11

Seshanba,

yakshanba

15,30,36,

40,60,66

Sigir

20.04-20.05

Venera,

Oy

Limon rang, sariq, och zangori, barcha ochiq bahoriy ranglar

Feruza, aqiq, zumrad, marmar, nefrit

2,4,6

Dushanba ,

juma

16,21,24,

33,41,50,

60,64

Egizaklar

21.05-21.06

Merkuriy

Limon rang, binafsha rang, kulrang,

och sariq , zangori

Yoqut, tog’ kristali, aqiq

3,12,15,18

Chorshanba yakshanba

10.20.30

.40.50.60

Qisqichbaqa

22.06-22.07

Oy

Oq, och zangori, ko’k, kumush rang

Zumrat, yoqut

2,4,5,8

Seshanba, shanba

25,50,75

Arslon

23.07-22.08

Quyosh

To’q qizil, tilla rang, to’q sariq, qora

Qahrabo, topaz,

olmos

5.9.11

yakshanba

19,39,57,

76

Sunbula

23.08-22.09

Merkuriy

Binafsha, ko’k, zangori

Nefrit, aqiq,

marmar

3,5,6,12,20

chorshanba

21,31,40,

50

Tarozi

23.09-23.10

Venera

To’q zangori, ko’k

Lojuvard,olmos,

sapfir, billur

2,7,8,15

Juma, shanba

8,24,32,

40, 54,64,72

Chayon

24.10-22.11

Pluton

Sariq, to’q qizil, malina rang

Marjon, yoqut, billur

4,8,10,12

Seshanba, shanba

15,30,45,

60

O’qotar

23.11-21.12

Yupetr

Ko’k, zangori, binafsha, to’q qizil

Feruza,zumrad,

aqiq

3,4,9

payshanba

19,36,45,57,75

Tog’ echkisi

22.12-20.01

Saturn

To’q yashil,qora,kul rang, jigar rang

Yoqut, lojuvard, la’l

3,5,7, 8

seshanba, shanba

21,30,50,57

Qovg’a

21.01-20.02

Uran

Kul rang, yashil, ko’k

Yoqut, sapfir, lojuvard

2,4,8,11,13

Chorshanba, shanba

12,32,42, 52,62,72

Baliq

20.02-20.03

Neptun

Qirmizi, binasha rang,yashil

Marvarid,zumrad, sapfir

6,7,11

Dushanba, payshanba

12,24,58,60,72



QO’Y :

Hayot yo’li.

Ushbu yilda shaxsiy munosabatlaringiz ko’ngildagidek kyechadi. Faqat iyulning ikkinchi yarmida noqulay vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Yangi ishga joylashishning ayni payti. Faqat buning uchun mutaxasisligingizni o’zgartirishingizga, qo’shimcha mutaxasislik olishingizga to’g’ri keladi. Yangi ish boshlashingizda sizni qo’llovchilar, hamkorlar ham paydo bo’ladi. Ammo bu borada ehtiyotkor bo’lishingiz darkor. Har qanday va’dalarga ham ishonavermang. O’z kuch va imkoniyatlaringizga tayaning. Sog’lig’ingizga e’tiborli bo’lmasangiz, keyin pand yeyishingiz mumkin. Odatdagi narsalarga o’zgacha nigoh bilan boqing. Kelayotgan yil siz uchun islohotlar, yangilanishlar yilidir. Shunday ekan, hayotiy tamoyillar, ishga yondashuv yo’nalishini yangilashga intiling. Odamlarga o’z foydangizni ko’zlab yoki maqtovu, minnatdorchiliklar kutib emas, beg’araz yaxshilik qiling. Yoz oylariga kelib, biroz oilaviy muammolar, ro’zg’or tashvishlari ortishi mumkin. Qadrdon, dilga yaqin insonlarni behudaga xafa qilish yaramaydi. Ota-onangizni asrab-avaylang, farzandlaringizga ko’proq vaqt ajrating. Yil oxiriga kelib, yaqinlaringiz tufayli ayrim muammolar paydo bo’lish ehtimoli bor. Eski qadrdnlar bilan unitilmas uchrashuvlar kutilmoqda.



Karyera va biznes

Ot yili siz uchun avvalgi yillarga qaraganda ancha omadli keladi. Ammo bu maqsadingizga osongina erishasiz, degani emas. Murodingiz hosil bo’lishi uchun sabr-toqatli, intizomli bo’lishingiz, mehnat qilishingiz lozim.

Yilni kelgusi faoliyatingizni rejalashtirishdan boshlaysiz. Yangi tanishlar orttirasiz. Tavakkal ish ko’rmaganingiz maqqul, har qancha foydali ko’rinmasin moliyaviy firibgarliklarga aralashmang. Yilning birinchi yarmida moliyaviy ishlaringiz baroridan keladi. Fursatdan foydalanib butun kuchingizni kasb faoliyatingizga yo’naltiring.Shunda mansab zinapoyasidan yuqorilay boshlaysiz.

Qo’rquvlarni yengishga qodirsiz. O’z kuchingizga shubha qilmasangiz, omad sizga kulib boqadi. Ishxonada hamkasb va rahbarlaringiz hurmatini qozonasiz. Faqat ehtiyotkorlikni qo’ldan boy bermang. Oilaviy xususiy ish boshlashingiz ham mumkin. Xullas ishingiz ko’payganda, yangi taklif olasiz. Kuz maroqli dam olish uchun qulay payt. Bunga imkoniyatingiz ham yetadl. Shunday ekan , sog’lig’ingizni also unutmang, muhimi “og’riqli” nuqtangiz bo’lmush his-hayajonga ko’p ham berilmang. Yangi yilni farzanflar, do’stlar va qarindoshlaringiz davrasida kutib olasiz. Yil bo’yi qilingan mashaqqatli mehnatdan so’ng miriqib dam olishga nima yetsin.2015 yil siz uchun omadlar yili bo’lsin.



Yüklə 279,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə