Yog‘larning yod sonini aniqlash
Yog‘larning yod sonini aniqlash Ishni bajarish
tartibi.Konussimon kolbaga 0,1
ml paxta moyi solib, 10
ml xloroformda eritiladi va ustiga 25 ml 0,1 N yodning
spirtli eritmasi qo‘shiladi. Kolbani shlifli tiqin bilan yopib
yaxshilab aralashtiriladi va qorong‘u joyda 2
soat tinch
qo‘yiladi. Bundan keyin oldin reaksiyaga kirmay qolgan
yodni 0,1 N natriy tiosulfit eritmasi
bilan och sariq rang
hosil bo‘lgunga qadar, so‘ng esa aralashmaga 1 ml 1 % li
kraxmal eritmasi qo‘shib ko‘k rang hosil bo‘lgunga qadar
titrlanadi. Yod sonini quyidagi sarhisob qilish tamoyili
asosida hisoblab topiladi. Bunda 1 ml 0,1
N natriy
giposulfitiga 1 ml 0,1 N yod eritmasi (ya’ni 0,01272 g )
ekvivalentligini inobatga olinadi. Kolbaga qancha ml yod
(a) eritmasi solinganligi va teskari ( ikkinchi) titrlashda
sarflangan natriy giposulfit (v)ning miqdorini bilgan xolda
yog‘ bilan bog‘langan yod 130 (a-b)ni aniqlanadi. Bu
farqli ko‘rsatkichni 0,0127 ga ko‘paytirib
tajriba uchun
olingan, yog‘ bilan birikkan yodning gramm miqdori (C)
ni keltirib chiqariladi. Demak yod soni: formula asosida
hisoblabtopiladi.